• 26-mavzu: Elektr motorlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish. Reja: 1
  • Mutaxassislikka kirish




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/75
    Sana06.02.2024
    Hajmi5,43 Mb.
    #152291
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75
    Bog'liq
    Elektr uskunalarini tamirlash

    Nazorat savollari:
    1.Transformatorni yaroqliligi qanday aniqlanadi?
    2.Transformator qanday quritiladi?


    201 
    3.Transformator moyi ekspluatatsiyasi haqida ma’lumot bering?
    4.Moy sifati qanday aniqladi?
    5.Moy qanday tozalanadi?
    6.Moy regeneratsiyasi haqida ma’lumot bering?


    202 
    26-mavzu: Elektr motorlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish. 
    Reja: 
    1.Elektr motorlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish. 
    2. Yirik motorlar. 
    3. Motorni mahkamlash. 
     
    Barcha elektr motorlarni ekspluatatsiyaga qabul qilib olinishi zarur. Kichik 
    quvvatli motorlar yog‘och tarada olib kelinadi. Yirik motorlar esa yog‘och yoki 
    metall romlarda transportirovka qilinadi. Tashish va ortish tushirishda barcha 
    ehtiyot choralari ko‘rilishi, motorlarni mexanik zararlanishdan saqlash zarur. 
    Elektr motorlarni ekspluatatsiyaga qabul qilishda u ko‘zdan kechiriladi. Motor 
    bilan texnologik agregat va uzatma bir karkasda bo‘lsa, hammasi ko‘rib chiqiladi. 
    Bundan tashqari boshqarish shkafi, ishga tushirish-himoya vositalari ham ko‘rib 
    chiqiladi. Valning erkin aylanishi tekshiriladi, motorni aylanish yo‘nalishi strelka 
    bilan ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Motorni mahkamlanish boshmoqlari tekshirib 
    ko‘riladi, ularda yoriqlar bo‘lmasligi zarur. Ularnish qutisi mexanik zararlanmagan 
    bo‘lishi zarur. Boshqarish-himoya vositalari motor oldiga o‘rnatilishi zarur, agar 
    boshqarish pulti boshqa erda bo‘ladigan bo‘lsa, uning ishchi holati va 
    ko‘rsatkichlarini ko‘rsatib turuvchi signal elementlari bo‘lishi zarur.
    Elektr motor o‘rnatiladigan fundament massiv bo‘lishi, kamida elektr motor 
    vaznidan 15-20 barobar massaga ega bo‘lishi zarur. Tarmoq kuchlanishini 
    o‘lchab turuvchi voltmetr, yuklamasi uchun esa ampermetr va signal lampalari soz 
    bo‘lishi zarur.
    Elektr motorni eksplutatsiyaga qabul qilishda izolyasiya qarshiligi o‘lchab 
    ko‘riladi. Izolyasiya qarashligi kamida 0,5 M Om bo‘lishi kerak. Odatda zavoddan 
    kelib tushgan motorlarda izolyasiya qarshiligi R
    iz 
    20 M Om atrofida bo‘ladi. Ishga 
    tushirish, himoya vositalarining izolyasiyasi ham kamida R
    iz 
    0,5M Om qarshilikda 
    bo‘lishi kerak. O‘rnatilganda motorlarni fazalaridan tashqari korpusi erga ulanish 
    tarmog‘iga ulanadi: R
    er 
    4Om bo‘lishi zarur. Erga ulanish konturi zararlanishlardan 
    himoya qilingan bo‘lishi zarur.
    Elektr motorni ishga tushirishdan oldin fazalarining boshi va oxirlari 
    tekshiriladi. Valning erkin aylanishi ko‘riladi, Izolyasiyasi qarshiligi o‘lchab 
    ko‘riladi, ishga tushirish - himoya vositalarining sozligi tekshiriladi. Tarmoq 
    kuchlanishi va motor fazalar ulanishi mosligi tekiriladi, fazalar simmetriyasi 
    o‘lchab aniqlaniladi. 
    Uch fazali asinxron elektr motorlar tarmoqqa to‘liq kuchlanishga to‘g‘ridan 
    to‘g‘ri ulanadi. Motorni ishga tushirishda tarmoq kuchlanishining pasayishi
    U
    N
    -tarmoq nominal kuchlanish, V
    I
    N
    -motorni ishga tushirishdagi tok miqdori, A
    Agar kuchlanishning pasayishi 15… 20% dan kam bo‘lsa, asinxron elektr 
    motorlar tarmoqqa to‘liq kuchlanishga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishi ruhsat etiladi. 
    Aks holda maxsus sxemalar yoki vositalar qo‘llaniladi. Elektr motorni ishga 
    tushish holati ish mashinasi bilan birga ham tekshirib ko‘rilishi zarur. Motorni 
    ishga tushirishda tok miqdori nominal tokga nisbatan 5-7 barobar ko‘tarilishi 
    mumkin. Motorning tokini ishga tushirishda chegaralash uchun qisqa tutashtirilgan 


    203 
    rotorli asinxron motorlarda bir necha uslublar qo‘llaniladi: agar normal ish 
    rejimida motor stator chulg‘amlari uchburchak sxemada ulangan bo‘lsa, uni ishga 
    tushirishda Yulduz sxemasida ulanadi, ishga tushirib bo‘lgach, uchburchak 
    sxemasiga o‘tiladi; motor ishga tushirishda avtotransformator yoki reaktor orqali 
    ulanadi, yirik elektr motorlarda; agar rotori faza chulg‘amli bo‘lsa rotor 
    chulg‘amlariga qo‘shimcha qarshilik ulanadi. Yuqoridagi uslublar - sxemalar 
    motorni to‘xtatish yoki tezligini o‘zgartirishda ham qo‘llanilishi mumkin.

    Download 5,43 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish