Nazorat savollari
1.Elektr motor ekspluatatsiyaga qanday qabul qilinadi?
2.Elektr motor izolyasiyasiga yuklanish rejimlari ta’siri qanday bo‘ladi?
3.Elektr motorda namlik almashuvi haqida aytib bering?
4.Elektr motorlarda qanday texnik qarov va joriy ta’mir tadbirlari
bajariladi?
5.Maxsus elektr motorlar ekspluatatsiyasini ayting?
6.Elektr motorlarning ekspluatatsion ishonchliligini qanday usullarini bilasiz?
216
28-mavzu: Elektr qizdirish vositalari ekspluatatsiyasi.
Reja:
4.
Elektr qizdirish vositalari.
5.
Elektr qizdirish vositalarining pasport kattaliklari.
6.
Qizdirish vositasi.
Elektr qizdirish vositalarini ishlab chiqarish sharoitida o‘rnatishga energiya
nazorati organlaridan ruhsat olish zarur.
Ruhsat olish uchun quydagilar tayyorlanishi zarur:
-
elektr qizdirishning samarali echim ekanligini texnik - iqtisodiy asoslangan
hisoblari;
-
o‘rnatishi mo‘ljallangan elektr qizdirish vositalarining pasport kattaliklari,
tipi, nomi, tayyorlangan korxona ko‘rsatilgan ruyhati;
-
elektr qizdirish vositalarining maksimal yuklama davrlarida ishlash rejimi
umumiy yuklamani kamaytirish tadbir choralari ko‘rsatilgan, texnik iqtisodiy
hisoblari bilan asoslangan quvvatlarning ulanish grafiklari. Quyidagi xolatlarda
elektr qizdirish vositalarining ulanishiga ruhsat olinmaydi:
-
agar elektr qizdirish vositasi inkubatsiya va jo‘jalar turgan joyini qizdirish
uchun ishlatilsa;
-
yosh hayvonlarning joyini qizdirish va ularni nurlatish;
-
ona cho‘chqa, qo‘y, sigirlar poli elektr qizdirishli bo‘lsa;
-
ozuqalarni parlash uchun ishlatiladigan par qozonlari, sut tovar fermalarida
sut idishlarni yuvish uchun va sug‘orish uchun iliq suv olishda ishlatilsa;
-
maydon 100 m
2
gacha bo‘lgan ishlab chiqarish xonalarni isitishda va issiq
suv ta’minotida, (maishiy xonalar, vagonlar, ustaxonalar, veterinar sanitar
punktlari, idoralar, omborlar, tozalash punktlari, nasoslar xonasi, yoqilg‘i quyish
shoxobchasi), agar ular issiqlik ta’minot tizimidan uzoqda joylashgan bo‘lsa
(L>600 m va elektr qurilmalar quvvati 20 kVt gacha bo‘lsa).
Elektr qizdirish vositalaridan fodalanishda tarmoqqa ulanishga texnik shartlar
rayon elektr tarmoqlari tomonidan beriladi. Elektr qizdirish vositalari energiya
nazorati, yong‘in nazorati, xo‘jalikning elektrotexnik xizmati, qurilish montaj
tashkiloti, va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlaridan tuzilgan ishchi guruh
tomonidan ekspluatatsiyaga qabul qilinadi.
Komissiya quydagilarni tekshiradi:
- texnik hujjatlar (tasdiqlangan loyiha, elektr qizdirish vositalar posporti, izolyasiya
qarshiligini ulchash aktlari, erga ulanish qarshiliklari va elektr qizdirish vositalar
potensialini tekshirish o‘lchash aktlari);
- bajarilgan ishlarni ishchi loyihaga va elektr va yong‘in xavfsizligi texnikasi
normativlarga mos ravishda ekanligini;
- elektr qizdirish qurilmasini ishga yaroqliligini, iste’mol quvvati va ishchi haroratini
pasport ko‘rsatgichlariga to‘g‘ri kelishi. Komissiya ishi akt bilan rasmiylashtiriladi.
Elektr qizdirish vositalarining ishlab chiqarish ekspluatatsiyasida ularning
texnologik samaradorligini oshirish tadbirlari amalga oshiriladi. Bunda
elektrotexnik xizmat xodimlari elektr qizdirish qurilmalarini to‘liq but holda
217
bo‘lib, yangi samarali elementlar bilan to‘ldirib, yangi samarali elementlar bilan
to‘ldirib turadi, texnologik, biologik va agrotexnik talablardan kelib chiqib,
optimal ish rejimlarini belgilaydi va nazorat qiladi. Energosistema ish rejimlari
bilan energiya istemoli grafigini korrektirlaydi va minimal energiya iste’moli
oraliqlarida ishlab turishini tashkil qiladi.
Elektr qizdirish vositasining samarali butlash (komplektlash) elektr qizdirishining
imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirish imkonini beradi.
Elektr energiyasining cheksiz bo‘lina olishi va elektr energiyasini
uzatishning minimal energiya yo‘qotishlari bilan bajarilishi elektr qizdirish
vositalarini bevosita qizdirish obyektlarida o‘rnatish va amalda har qanday
qizdirish uslubi va tiplaridan foydalanish imkonini beradi. Elektr qizdirish optimal
haroratni, texnologik rejimlarni aniq, avtomat ravishda ushlab turishni ta’minlaydi.
Shuning uchun qishloq va suv xo‘jaliklaridagi nisbatan past haroratli va
energiya hajmli texnologik jarayonlarda elektr qizdirish vositalarini qo‘llash
samaralirok bo‘ladi. Bunda energiyani uzatish isroflari kamayadi, kapital
mablag‘lar tejaladi, elektr energiyasi sarfi kamayadi. Markaziy issiqlik sistemalar
yirik komplekslar, katta energiya iste’molchilarida samarali bo‘lib, hozirda keng
tarqalgan mayda va o‘rta kattalikdagi fermer xo‘jaliklarida elektr qizdirish
imkoniyatlarini hisoblab chiqish zarur. Elektr qizdirish uslublari, vositalarini ham
eng optimali tanlab olinishi mumkin. Masalan qishloq xo‘jaligi obyektida
(fermada) elektrokaloriferni elektr qizdirish poli to‘shaklari (kover) bilan
almashtirish mikroklimat yaratish uchun zarur elektr energiya iste’molini 23marta
kamaytiradi. Elektr qizdirish qurilmalari ish rejimlarini to‘g‘ri tanlashni faqat
qizdirish texnologiyasini yaxshilamay yana ularni energiya iste’moli maksimumida
ajratib, tungi minimumda ishga tushirib, grafikni tekislash imkonini beradi. Bunda
elektr qizdirish vositalari tizimiga issiqlik akkumlyasiyalovchi (yig‘uvchi)
elementlar qo‘shiladi. Issiqlik yig‘uvchi element sifatida issiqlik izolyasiyali suv
baklari olingan. Suv bak idishi hajmi issiq suv iste’moli grafigiga, issiqlik
sig‘imiga suvning maksimal haroratiga, minimal haroratga va elektr qizdirish
qurilmasining ishlamay turish vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. Eng samarali elektr qizdirish
qurilmasi kechki va kunduzgi maksimumda tarmoqdan ajratiluvchilaridir. Yana
ularning qulayligi to‘liq avtomat rejimda ishlashi va kompaktligidir.
Energiya – issiqlik ta’minoti tizimida
energiya
tejovchi
sistemalarni samarali ekspluatatsiya qilish elektr qizdirish qurilmasining
o‘rnatilgan quvvatini pasaytirish va elektr energiya sarfini kamaytirish imkonini
beradi. Bu borada issiqlik almashinuvchi ventilyasiya sistemasi, er osti yoki
quyosh energiyasidan foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya resurslaridan
foydalanish, sanoat va qishloq xo‘jaligi chiqindilarini qayta ishlab energiya olish
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Issiqlik tashuvchilarni (issiq suv, havo) retserkulyasiya
qilish ham 20-30 % issiqlik energiyasini tejash imkonini beradi. Izlanishlar yana
qator energiya manbaalarini tejash yo‘llarini ko‘rsatishi mumkin.
Elektr qizdirish qurilmasining texnik ekspluatatsiyasi o‘z vaqtida texnik qarovlar
va ta’mir tadbirlarini o‘tkazib, ularni yuqori ishonch bilan ishlab turishga
yo‘naltirilgan tadbirlar kompleksidir. Elektr qizdirish qurilmasining texnik
qarovlari reja asosida 2 oyda bir marta qurilmaning o‘rnatilgan joyida o‘tkaziladi.
218
Texnik qarovlar texnologik jarayon rejimlari oralig‘ida elektr qizdirish
qurilmasining tipaviy texnik qarovlari quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi: tashqi
tomonini changdan tozalash, kontakt ulanishlarini tekshirish zarur bo‘lganda
tozalash, erga ulanish tarmoqini tekirish, elektr qizdirish qurilmasini tarmoqqa ulab
ko‘rish, ish ko‘rsatkichlarini tekshirish.
Joriy ta’mir elektr qizdirish qurilmasida har yili, turgan joyda bajariladi.
Demontaj qilinmaydi, lekin zarur bo‘lsa ayrim qismlari echib olinadi, masalan
qizdirish elektrodlari. Qizdirish elementini ta’miri, sozlashi, avtomatlashtirish
vositalarini rostlash maxsus stendi, ustaxonada bajarilishi lozim. Ta’mir hajmi
elektr qizdirish qurilmasining konstruksiyasiga bog‘liq. Barcha elektr qizdirish
qurilmalari uchun quyidagi jarayonlar bajariladi: chang va iflosliklardan tozalash
(kompressorda yuqori bosimli havo yordamida), qismlarga ajratish va barcha
asosiy qismlarni bevosita ko‘rib chiqish, tekshirish, nosozliklarni yo‘qotish,
boshqarish sxemasini ishlashini tekshirish, qizdirish elementlari izolyasiyasi va
erga ulanish qarshiligini o‘lchash, elektr qizdirish qurilmasini tarmoqqa ulab, ish
ko‘rsatkichlarini pasport qiymatlariga mosligi tekshirib ko‘riladi, uning barcha ish
rejimlarida ishlatib ko‘riladi. Ba’zi bir elektr qizdirish qurilmasida qo‘shimcha
ravishda yana quyidagilar bajariladi: elementli suv qizdirgichlar ustidagi kuyindi
qoplamasi tozalanadi. Bakning ichki devorlarida va qaynoq suv quvurlaridagi
qoplamalar tozalanadi, qayta oqim klapanini, to‘kish va bosimli suv yo‘lidagi
kranni yuvish va tozalash. Harorat regulyatori va saqlovchi klapanni ishga
yaroqliligini tekshirish, defektli qismlarni tuzatish, bo‘yash, tashqi korpusini
tozalash va bo‘yoq qilish. Elektrodli elektr suv qizdirgichlarda-elektrodlar
yuzasidagi kuyindini tozalash, bak ichki devorlari va quvurlarni tozalash, Yuvish;
elektrodlar izolyatorini artish va tozalash; eyilgan prokladkalarni almashtirish,
rostlovchi mexanizmlarni ravon yurishini tekshirish, elektr suv qizdirgichlarni
o‘rnatish, quruq holda elektr qizdirgichlar izolyasiyasini tekshirish, erdan
izolyasiyalangan qozonlarda izolyasiya qarshiligini o‘lchash, erga ulanish
konturini tekshirish; suvni sovuq va qizigan holatidagi elektr qarshiligini o‘lchash,
qurilmani suvga to‘ldirish va ularni ishga yaroqliligini ko‘rish;
Elektr kalorifer qurilmalarida-ichki yuzasini tozalash, bo‘yash; elektr qizdirish
elementlarini holatini tekshirish, eyilgan
prokladkalarni almashtirish; ventilyatorni elektr tarmog‘ini tekshirish;
Elektr qizdirish qurilmalari ishlatilgan texnologik jarayonlar ishonchliligiga qat’iy
talablar qo‘yiladi, ularning turib qolishi qishloq xo‘jaligi xonalarida mikroiqlimni
va mahsulot sifatini buzilishiga olib keladi. Ularning elektr qizdirish qurilmasi
elementlariga etarli ehtiyot qismlar bo‘lishi zarur. Extiyot qismlarga quyidagi
normalar belgilangan (1 yilga) mavjud qurilmalar miqdoridan % larda olingan:
elektr qizdirish elementlari –60-80 %, harorat relesi va boshka avtomatik vositalari
–14-40
%, zolyatorlar-45 %, klapanlar-27 %, prokladkalar-40-60 %.
|