224
30-mavzu: Maishiy uy-ro‘zg‘or elektr uskunalarining ekspluatatsiyasi.
Reja:
1) Maishiy uy-ro‘zg‘or elektr uskunalarining turlari, vazifalari.
2)Uy-ro‘zg‘or elektr uskunalarining ekspluatatsiyasi davrida yuzaga
keladigan nosozliklar turlari.
3) Maishiy uskunalarining ekspluatatsiyasi.
Zamonaviy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish obyektlari va uy ro‘zg‘or
xo‘jaliklari yirik elektr energiya iste’molchisi bo‘lib qolmokda, 30 % ga yaqin
elektr energiyasi ularga to‘g‘ri keladi. Elektr uskunalari va asboblari yoritish, ovqat
pishirish, suv qaynatish,
binolarni isitish, turli elektr maishiy mashinalarida
ishlatilmokda. Ular aholi turar joy binolarida, oshxonalar, bolalar bog‘chasi,
klublar, magazinlar, pochta bo‘limlarida, shifoxonalarda ishlab turibdi.
Bunday
elektr uskunalar ro‘yhatiga quyidagilar kiritilishi mumkin: SPO, va boshqa tipli
cho‘g‘lanma lampali yoritgichlar, SKL, SKZL tipli lYuminessent lampali
yoritkichlar, DRL, DNAT tipli yuqori bosimli lampali yoritgichlar va projektorlar,
elektr qizdirish asboblari (plitkalar, kaloriferlar, kaminlar,
suv qizdirgichlar va
boshqalar), kirish-taqsimlash qurilmalari va
taqsimlash
щitlari (VRU, ShV, ShE,
ShS-1M va boshqa tipli), elektr o‘tkazgich simlar, sovitgichlar va muzxonalar,
konditsionerlar, changYutkichlar, kir yuvish mashinalari,
teleradio apparatlari,
kompyuterlar.
Elektr maishiy qurilmalarning texnik xizmati 3-6 oyda 1 marta
foydalanilayotgan joyida o‘rnatiladi. Bunda quyidagilar bajariladi: yoritgichlar va
elektr qizdirish qurilmalarining TXK va joriy ta’mir tadbirlari yuqorida ko‘rib
o‘tilgan edi. Elektr plitkalar uchun elektr tarmog‘i shtepsel vilkasidan bilan korpus
orasida elektr izolyasiya tekshiriladi, korpusi bilan erga ulangan tarmoq orasida
potensial yo‘qligi o‘lchab ko‘riladi. Quvvat regulyatorlari ishi tekshiriladi, shkaflar
va taqsimlash
щitlari uchun-chang va iflosliklardan tozalash, erga ulanish
konturining sozligi tekshiriladi, kontakt ulanishlari va mahkamlanish joylari
mahkamlanadi. Izolyasiyalovchi elementlari almashtiriladi. Joriy ta’mir
bir yilda
bir bor bajariladi. Ta’mir amallari murakkabligiga qarab qurilmalarni o‘rnatilgan
joyida yoki xo‘jalikning elektr ustaxonasida bajariladi. Tipaviy ishlar hajmiga:
tashqi qismini tozalash, qismlarga ajratish, simlarni detallarini tozalash, Yuvish,
nosoz elementlarni tuzatish yoki almashtirish, qurilmani yig‘ish, ishlatib ko‘rish.
Ish joyiga o‘rnatib ishga tushirish.
Elektr maishiy jihozlarning ta’miri bilan elektr maishiy xizmat ko‘rsatish
ustaxonalari shug‘ullanadi. Ular aholidan tushgan bu yurtmalar bo‘yicha
xonadonlarda o‘rnatilgan joyda ta’mir tadbirlarini bajaradilar.
Elektr maishiy
jihozlarning nomenklaturasining ko‘payishi bilan ularga xizmat ko‘rsatishni
yaxshilash maqsadida profilaktik xizmat ko‘rsatish joriy etilmoqda. Bunda
qimmatbaho jihozlarning nosoz elementlarini almashtirib yoki tuzatib ishonchli
soz ishlash muddatlarini oshirish mumkin, ulardan samaraliroq foydalanish
mumkin. Ta’mir bazalarida barcha elektr maishiy jihozlar
uchun ehtiyot qismlar
zapasiga ega bo‘lish kerak. Elektr maishiy jihozlarga abonentli profilaktik xizmat
ko‘rsatish tizimi 2 xil tadbirlarni o‘z ichiga oladi: texnik xizmat ko‘rsatish (ko‘rik,
225
rostlash, moylash, diagnostika), nosozliklarini topish, eyilayotgan detallarni
almashtirish, ishdan chiqqan detal va qismlarni tuzatish va almashtirish.