Nazorat savollari
1.
Elektr maishiy jihozlar, qizdirish vositalari ekspluatatsiyaga qanday qabul
qilinadi?
219
2.
Elektr maishiy jihozlar ekspluatatsiyasi qanday tashkil qilinadi?
3.Qanday EQQga ruhsat olinadi?
4.
EQQ ga qanday tartibda ruhsat beriladi?
5.
Elektr yoritish vositalari ekspluatatsiyasi qanday bajariladi?
6.
Elektr nurlatish qurilmalar ekspluatatsiyasi qanday bajariladi?
7.
Elektron-ion texnologik vositalari ekspluatatsiyasi qanday bajariladi?
220
29-mavzu: Yoritish qurilmlarining ekspluatatsiyasi.
Reja:
1) Yoritish qurilmlari, ularning turlari va vazifalari.
2)Yoritish qurilmlarining ekspluatatsiyasi.
3) Qurilmlarining ekspluatatsiyasi davomida yuzaga keladigan nosozliklar va
ularni bartaraf etish tartiblari.
Yoritish qurilmlarining ekspluatatsiyasi
Qishloq va suv xo‘jaligi elektr iste’molchilari ichida eng ko‘p qismini
yoritish va nurlatish vositalari hisoblanadi. Ular nisbatan kam quvvatli bo‘lsada
(P=0.025-10kV), elektr energiya iste’molining 8-10% salmog‘ini tashkil qiladi.
Xonalarni, maydon va yo‘laklarni, bino va inshoatlarni yoritish normal ish
faoliyatini olib borishga, harakatlanishga, dam olishga qulay sharoit yaratadi,
insonlarning turmish sharoitini yaxshilaydi.
Elektr yoritish va nurlatish vasitalarining ekspluatatsiyasida elektr uskunalarni soz
xolda ushlash, yoritish va nurlatish rejimlariga rioya qilish, energiya sarfini
kamaytirish, elektr uskunalarning texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash
borasida muntazam tashkiliy va texnik tadbirlar amalga oshirib turiladi.
Eskirgan lampalarni almashtirish. Ishlab chiqarish korxonalarga turli xil yorug‘lik
manbalari ishlatilib kelinmoqda. Ularning ba’zilari eski loyihalar asosida
o‘rnatilgan bo‘lib, past texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarga egadirlar.
Hozirda katta xonalarni yo‘lak va maydonlarni yoritishda mavjud cho‘g‘lanma
lampalar, lyumenessent lampalar bilan almashtirilmoqda. Lyumenessent lampalar
kam energiya iste’mol qilib, yaxshi yoritilganlik hosil qiladi. Yorug‘lik nurlarining
to‘lqin uzunligi kunduzgi tabiiy yorug‘lik nurlariga yaqin bo‘lib, xizmat muddati
5-8 barobar ko‘proqdir. Masalan 100 Vt quvvatli cho‘g‘lanma lampa 1500 lYumen
yorug‘lik oqimi bersa, 40 Vt li lYumenessent lampa 3000 lYumendan ko‘proq
yorug‘lik oqimi beradi. Bundan tashqari lampalarda ekspluatatsiya davomida
yorug‘lik oqimi kamayib boradi. Masalan xizmat muddati oxirida cho‘g‘lanma
lampada yorug‘lik oqimi 15% kamayadi, lYuminessent lampada- 45%, Yuqori
bosimli DRL lampada-
30%. Suning uchun, ayniqsa razryadli lampalarni, xizmat muddati bitgach (8-
10 ming soat) yangilariga almashtirish, yangi yorug‘lik manbalari o‘rnatish kerak
bo‘ladi.
Yorug‘lik qurilmalarining ish rejimlarini avtomatlashtirish elektr energiya
iste’molini tejash, lampalarning xizmat muddatlarini oshirish, optimal yoritish
rejimini ta’minlash imkoniyatini beradi. Tashqi maydonlar, ko‘chalarni yoritish
tizimini avtomatlashtirish uchun FR-2, FRM, AO tipli fotorelelar, programmali
boshqarish qurilmalari (PRUS) va boshqalar ishlatiladi. Programmali rostlash
tizimlari yordamida ichki xonalarni va tashqi yoritishni ishchi rejimi, navbatchi
rejimi, avariyali rejimi va boshqa rejimlari tanlab ishga tushiriladi. Texnologik
jarayonlarni tungi smenalarda optimal rejim bilan ishlab turishni ta’minlaydi. Turli
xil qishloq va suv xo‘jaligi obyektlarida elektr yoritish vositalarini
markazlashtirilgan holda boshqarish uchun impulsli teleboshqarish tizimlari,
kompyuter tarmog‘i bilan bog‘langan tizimlar ishlab chiqilgan. Boshqarish
221
tarmog‘i o‘rniga obyektdagi 0,4 kV li tarmoqdan foydalansa bo‘ladi. Yoritish
tarmog‘ida nominal kuchlanishni ushlab turish ayniqsa cho‘g‘lanma lampalar
uchun muhimdir. Kuchlanish pasayganda lampaning yorug‘lik berishi tez pasayib
boradi. Kuchlanish ortganida esa lampaning xizmat muddati tez qisqaradi.
Masalan, agar kuchlanish 10% ga ortiq bo‘lsa, cho‘g‘lanma lampa 1500 soat
o‘rniga T=300 soatgina ishlay oladi, 15% ga ortiq bo‘lsa, T=90 soatni tashkil
qiladi. Yoritish tarmoqlarida kuchlanish ortishi nazorat qilinadi. Kuch
transformatorining ikkilamchi chulg‘amida kuchlanish avtotransformatorlar,
tiristorlar, rezistorlar yordamida chegaralab turiladi. Ular kuchlanishni
stabillashtirib yoki chegaralab turish rejimlarida bo‘lishlari mumkin. Bunday
qurilmalar bir necha guruh yorug‘lik manbalari tarmog‘ida kuchlanishni avtomat
rostlab turadi. PUE qoidalari bo‘yicha yoritish tarmog‘ida kuchlanishni o‘zgarishi
±2,5% deb belgilangan. Kuchlanish xavfi lampalar transformatorga yaqin yoki
tarmoq oxirida bo‘lsa mavjud bo‘ladi. Chunki past kuchlanishli tarmoqlarda
optimal tarmoq uzunligi 0,2-0,4 km bo‘lib, bu masofa har doim ham shunday
bo‘lmaydi. L=500 metrdan ortsa kuchlanish me’yoridan past bo‘lib ketadi.
Transformatorga yaqin joylarda esa kuchlanish me’yoridan Yuqori bo‘ladi.
Kuchlanish past bo‘lishi lyumenessent lampalarni ishga tushirishda ko‘proq
seziladi. Yorug‘lik manbalari toza saqlash. Ko‘pchilik yoritgichlar, lampalar
shisha sirtli bo‘ladi va ularni tozaligi, changi artilganligi, yorug‘lik berish
ko‘rsatgichlariga ta’sir qiladi.
Yorug‘lik nurlaridan samarali foydalanish uchun xonalarning ichki
devorlarini oq va ochiq ranglarga bo‘yash oynalarni oq pardalar bilan to‘sish zarur.
Agar xona devorlari va shifti oq rangda bo‘lsa, yorug‘lik nurining qaytish
koeffitsienti
η= 75% bo‘ladi. Devorlar chang yoki suvoq bo‘yicha qolgan bo‘lsa η
= 10-15% ni tashkil qiladi xolos.
Shuning uchun xona devarlari yoritgichlar sirti belgilangan muddatlarda
tozalab turiladi. Yoritgichlarni tozalashda ular tarmoqdan ajratib qo‘yiladi. Kuchli
chang ajralib turuvchi xonalarda (ozuqa sexi, paxta tozalash sexi) 15 kunda bir
tozalab turiladi. Boshqa binolarda obyekt harakteriga qarab 1 oydan 4 oygacha bir
marta tozalab turiladi.
Nurlatish qurilmalarining nurlatish rejimlari ufirmetrlar yordamida nazorat
qilib turiladi. Ular ultirabinafsha (OBU, OBSh, OBNU) yoki infraqizil nurlar
(SSPO, ORI, EO, ORK-2, OU-4) yoki unvirsal (KKUF, «LUG») bo‘lishi
mumkin. Har bir qurilmaning ekspluatatsiyasi sharoitlaridan kelib chiqib texnik
qarov muddatlari belgilanidi. Texnologik talablardan kelib chiqib har bir
qurilmaning ish rejimlari belgilanadi. Qurilmalar eskigan sari ularni ish muddatlari
(nurlatish vaqti) ortib borishi zarur. Agar lampadan chiqayotgan nurlar intensivligi
30% dan ortiq pasaysa, u yangisiga almashtirilishi zarur. Nurlatish qurilmalari
ishlatilganda xonalar shamollatilib turilishi, tirik organizimlariga ta’sirlari hisobga
olib ish rejimlari aniqlanishi zarur. Barcha sanitar va xavfsizlik texnikasi
qoidalariga rioya qilib ishlar bajarilishi zarur. Xizmatchilar maxsus ko‘zoynak,
himoya kiyimida bo‘lishlari lozim.
Yoritish va nurlatish vositalarining texnik ekspluatatsiyasi ularni ishonchli
ishlab turishini ta’minlovchi texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlarni o‘z
222
ichiga oladi. Yoritgichlarni texnik xizmati reja asosida 3-6 oyda bir marta o‘tkazib
turiladi. Texnik xizmat ko‘rsatish tadbirlari texnologik pauza vaqtlarda lampalarni
o‘rnatilgan joyda o‘tkaziladi. Tipaviy ish hajmi quydagilarni o‘z ichiga oladi:
yoritilganlik, yorug‘lik nurlari miqdorini o‘lchash; chang va iflosliklardan tozalash;
qurilmalarning ishchi holati tekshiriladi, lapalarning quvvati va boshqa
ko‘rsatgichlari rejim ko‘rsatgichlariga to‘g‘ri kelishi tekshiriladi, shisha kolba va
to‘siqlar butunligi, korpusda yoriqlar yo‘qligi ko‘riladi, patron ko‘zdan kechiriladi
va
tozalanadi,
ulanish
kontaktlari
tekshirib
tozalanadi,
bo‘shashgan
maxkamlanishlar qotiriladi, armaturaga kirish joylarida simlarning izolyasiyasi
tekshiriladi, korpusi erlanganligi tekshiriladi, armatura holati, lampaning
joylashganlik holati ko‘rsatiladi. Gazrazryadli lampalarning ishga tushirishi
rostlash vositalarining holati tekshiriladi: drossel, kondensator va starter ishga
yaroqli bo‘lishi zarur. Yoritish va nurlatish kurilmalarning joriy ta’miri yillik
texnik qarov va ta’mir grafigi asosida 12-24 oyda bir bor o‘tkaziladi. Joriy ta’mir
yoritgichlarni joyidan echib olib, maxsus joyda yoki ustaxonada ta’mir qilinadi.
Bunda quydagi tadbirlar bajariladi: qurilmani tozalash, qismlariga ajratish,
nosozliklarni aniqlash, izolyasiyasini tekshirish, zarur bo‘lsa to‘g‘irlash, bo‘yoq
qilish; to‘suvchi romini oq rangga bo‘yash, sxemani yana yig‘ish detallarni joyiga
mahkamlash, simlarning izolitsiyasini, kontaktlari sozligi, lampalarning butunligi
tekshirib ko‘riladi. To‘liq yig‘ilgan qurilmalarni ishchi holati tarmoqqa ulab
tekshirib ko‘riladi, yorug‘lik oqimi o‘lchab ko‘riladi.
Gazrazryad lampali yoritgich va nurlatgichlarda yana himoyalovchi shisha
to‘siq va romning holati, rezitorlar sozligi, kondensator, drossel, staterlarning
ishchi holati tekshiriladi. Zarur bo‘lsa, nosozliklar joyida yo‘qotiladi. Yoritgich va
nurlatgichlar ekspluatatsiyasida uzilishlar bo‘lmasligi uchun elektrotexnik xizmat
ba’zasida ularning ehtiyot qisimlari bo‘lishi zarur. Mavjud lampalar miqdoridan
foizlarda: cho‘g‘lanma lampalar uchun- 100%; gazrazriyadli lampalar 20…40%;
patronlar- 2%; startyorlar- 6%; drossel- 3%; himoyalovchi shisha to‘siqlar- 12%;
zichlovchi rezina baldoqlar- 20%.
Yoritish va nurlatish qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga
rioya qilmaslik, ularning samarali ishlashini pasaytiradi va xizmatchi xodimlar va
hayvonlarni elektr toki bilan shikastlanish xavfini oshiradi. Elektr qurilmalarida
avariya sodir bo‘lganda qattiq qizish hollari vujudga keladi, bu holat detallarni o‘ta
qizishiga va yong‘in chiqishiga yoki portlashiga olib kelishi mumkin.
Yoritish
va
nurlatish
qurilmalarini ekspluatatsiyaga
qabul
qilib
olinayotganda quyidagilar tekshiriladi:
1) qurilmalar
tomonidan
haqiqiy
yoritilganlik
yoki
nurlatilganlikni
ta’minlaganligi;
2) o‘tkazgich simlarni markasi, ularning ko‘ndalang kesim yuzasi va
joylashtirish usulini loyihaga mosligi;
3) o‘tkazgich simlarni ulash sxemasi va fazalar bo‘yicha yuklanishlarni
taqsimlanishi;
4) saqlagich elementlarni loyihaga mosligi;
5) izolyasion tayanchlarni, apparatlarni, detallarni, konstruksiyalarni qotirish
ishonchligi;
223
6) o‘tkazgich simlarning izolyasiya qarshiligini me’yorlarga mosligi.
Yoritish va nurlatish qurilmalarini ekspluatatsiya qilishdan maqsad
qurilmaning hamma elementlarini soz holatda ushlash va ularni samarali ishlashini
ta’minlash. Qurilmalar yaratayotgan o‘rnatilgan darajadagi yoritilganlikni yoki
nurlatilganlikni ta’minlash uchun tarmoq kuchlanishining qiymatini hamda
yoritgich va nurlatgichlarning umumiy holatini tekshirib borish kerak. Kuchlanish
qiymatini haddan tashqari o‘zgarishi sabablarini aniqlab, uni tezda bartaraf qilish
kerak. Yoritgichlarni tozalab turish katta ahamiyatga ega, chunki chang hisobiga
ularning FIK hamda yoritilganligi 1,5…2 marta kamayishi mumkin. Yoritgich va
nurlatgichlarni tozalash davri ularni qanday sharoitda ekspluatatsiya qilinishiga
bog‘liq: ko‘p changli xonalarda-oyiga to‘rt marta; kam changli xonalarda-oyiga
ikki marta; tashqi yoritishda-yiliga uch marta.
Normal muhitli xonalarda izolyasiyaning holatini ikki yilda kamida bir marta
va og‘ir muhitli xonalarda yiliga kamida bir marta tekshirish kerak. O‘tkazgich sim
izolyasiyasing qarshiligi ikkita yonma yon turgan saqlagichdan keyin uzgichlarni
yoqilgan, eruvchan quyma olib quyilgan va lampa burab olingan holatida
o‘lchanadi. Izolyasiya qarshiligining qiymati 0,5 Mom dan kam bo‘lmasligi kerak.
Nurlatish qurilmalarini ishlatish uchun ularga nurlatish rejimining grafik-
jadvali tuziladi. Tarmoq kuchlanishining o‘zgarishi 5% Yuqori bo‘lganda berilgan
nurlanishni nurlatish rejimiga mos o‘zgartirish kerak bo‘ladi. UB nurlari manbalari
yaratayotgan nurlatilganlikni ma’lum davrlarda ufimetr bilan tekshirib turish kerak.
Lampani eskirish davri oshib borgan sari mos ravishda nurlatilganlik vaqtini ham
oshirib borish kerak. Yoritish qurilmalarining oldinga Yurish-qaytish harakati
avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Qurilma to‘xtaganda avtomatik ravishda tarmoq
kuchlanishi uziladi.
Nurlatish yoki yoritish qurilmalaridan foydalanayotgan xizmatchilar texnika
xavfsizligi bo‘yicha kamida III-guruh kvalifikatsiyasiga ega bo‘lishi kerak.
Ayniqsa, nasos stansiyasida nurlatish qurilmalaridan foydalanganimizda
xizmatchilarni xavfsizligiga e’tibor berishimiz zarur, chunki nasos stansiyasi o‘ta
xavfli xonalar kategoriyasiga kiradilar
|