• 27-mavzu: Elektr motorning texnik qarovi va joriy ta’miri. Reja: 1. E
  • Mutaxassislikka kirish




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet65/75
    Sana06.02.2024
    Hajmi5,43 Mb.
    #152291
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75
    Bog'liq
    Elektr uskunalarini tamirlash

    Nazorat savollari:
    1. 
    Elektr motor ekspluatatsiyaga qanday qabul qilinadi?
    2. 
    Elektr motor izolyasiyasiga yuklanish rejimlari ta’siri qanday bo‘ladi?
    3. 
    Elektr motorda namlik almashuvi haqida aytib bering?
    4. 
    Elektr motorlarda qanday texnik qarov va joriy ta’mir tadbirlari
    bajariladi?
    5. 
    Maxsus elektr motorlar ekspluatatsiyasini ayting? 


    208 
    27-mavzu: Elektr motorning texnik qarovi va joriy ta’miri. 
    Reja: 
    1. 
    Elektr motorning texnik qarovi. 
    2. 
    Texnik qarov ish hajmi. 
    3. 
    Texnik qarov o‘tkazish muddatlari motor tipi. 
     
    Elektr motorning texnik qarovi va joriy ta’miri 
    Elektr motorning texnik qarovi turgan joyida demontajsiz amalga oshiriladi. 
    U qismlarga ajratilmaydi. Texnik qarov ish hajmiga quydagilar kiradi: motorni 
    chang va ifloslanishlardan tozalash; erga ulanish tarmog‘ining sozligini tekshirish, 
    motorning qismlarining mahkamlanishini tekshirish, qizishi, ish harorati va titrash 
    darajasi, shovqinini o‘lchash, ulanish kontaktlarini tozalab, yana mahkamlanish, 
    izolyasiya qarshiligini o‘lchash, nosozliklarni yo‘qotish. Faza rotorli motorlarning 
    kontakt xalqalari va 
    щetkalarining holati tekshiriladi. Texnik qarov o‘tkazish 
    muddatlari motor tipi, atrof muhit sharoiti, ishlab turgan ish mashinasining holatiga 
    qarab o‘rnatiladi.
    Qishloq va suv xo‘jaligidagi 4A, 5A, D, AI seriyali asinxron motorlarning 
    texnik qarovi 3 oyda bir marta o‘tkaziladi. Cangli, namligi yuqori xonalarda 
    o‘rnatilgan motorlarda (ozuqa maydalagichlar, nasoslar, drobilkalar, go‘ng 
    transporterlari va hokazo) 45 sutkada bir marta texnik qarov o‘tkaziladi. Shunday 
    davriylikda ochiq atmosferada yoki naves ostida o‘rnatilgan motorlarda ham 
    texnik qarovlar o‘tkaziladi. Sut tovar fermalaridagi vakuum-nasoslar Yuritmalari 
    uchun 1,5-2 oyda bir marta texnik qarovi o‘tkaziladi. Har bir guruh ish 
    mashinalari xilma xil motorlarida texnik qarov davriyligi zavod yo‘riqnomalarida 
    (PPZESX) POOR bo‘yicha yoki joylardagi yo‘riqnomalarga ko‘ra o‘rnatiladi.
    Elektr motorlarning joriy ta’miri maxsus guruhlar tomonidan bevosita ishlab 
    chiqarish - elektrotsex yoki elektrik xonasida yoki maxsus ta’mir sexlarida 
    bajariladi. Bunda motor tarmoqdan ajratiladi, erga ulanish tarmog‘idan ajratiladi, 
    joyidan echib olinadi. POOR sistemasiga ko‘ra motorning joriy ta’mirida quyidagi 
    jarayonlar bajariladi: texnik qarovidagi jarayonlar, ish joyidan echib olish, ta’mir 
    stoliga 
    olib 
    kelib, 
    qismlarga 
    ajratish, 
    chulg‘amlarini 
    tozalash, 
    stator 
    chulg‘amlarining izolyasiyasi qarshiligini o‘lchash, agar zarur bo‘lsa uni quritish, 
    podshipniklarni yuvish - tozalash, tekshirish, kerak bo‘lsa almashtirish, motor 
    klemmalar qutisi va chulg‘amlari oxirlaridan chiqqan simlarning holatini 
    tekshirish, qayta yig‘ish, moylash, yurishida sinash, buyoq qilish, motorni ish 
    joyiga o‘rnatish, ish mashinasi bilan sentrovka qilish, yuklama ostida sinash. Faza 
    rotorli motorlarda yana kontakt xalqalari, shetkalarining holati tekshirib ko‘riladi. 
    Zarur bo‘lsa, kontakt xalqalari silliqlanadi, shetkalar kontakti butun Yuzasi 
    bo‘yicha etarli bosim bilan o‘rnatilgan bo‘lishi zarur. Shetkalar tez eyiladi, shuning 
    uchun ular, yo‘riqnomada ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarga javob bermasi, 
    almashtiriladi. Elektr motorlar texnik qarovi va joriy ta’mirida quritilganda metall 
    yuzasi bilan izolyasiya qoplamasi (lak) orasida yupqa bo‘shliqlar qoladi. Bu 
    bo‘shliqlar ekspluatatsiya yoki saqlash davrida yana namlik tortib olib, 
    izolyasiyasini yaroqsiz holga keltirishi mumkin. Shuning uchun joriy ta’mirda 


    209 
    elektr motorlar quritilganidan keyin vannalarda izolyasiyalovchi lakga 
    shimdirilishi zarur. Motorni qo‘shimcha lak bilan shimdirish ta’mir texnologiyasini 
    murakkablashtiradi. Maxsus vanna, lak, lakni sifatli saqlovchi sig‘imlar kerak 
    bo‘ladi. Bundan tashqari elektr motorning ta’mir muddatlari ham ortadi. Ta’mir 
    muddatlari texnologik agregatning ish sikllari oshmasa, joriy ta’mir texnologik 
    jarayonga xalaqit bermay amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. Aks holda ta’mirga 
    olingan motor o‘rniga rezerv motor o‘rnatish kerak bo‘ladi.
    Qishloq va suv xo‘jaligi obyektlarida o‘rnatilgan 4A seriyali uch fazali 
    asinxron motorlarning joriy ta’mir davriyligi ular ishlab turgan muhit sharoitiga 
    qarab, quruq muhitlarda 24 oydan, zax muhitlarda 18 oy va o‘ta zax va kimyoviy 
    faol gazlar bo‘lgan muhitlarda 12 oygacha bo‘ladi. Eski seriyali asinxron 
    motorlarda, kapital ta’mirlangandan keyin ishlab turgan bo‘lsa, joriy ta’mir 
    muddatlari 3-6 oyga qisqartiriladi. POOR sistemasida elektr uskunalarning joriy 
    ta’mir va texnik qarov muddatlari turli sharoitlarni hisobga olmaydi. Shuning 
    uchun har bir texnologik mashinada ishlab turgan elektr motorning texnik qarov va 
    joriy ta’miri muddatlari ishlab chiqilgan yillik ekspluatatsiya grafigiga, 
    ekspluatatsiya kartasiga, ishlab turgan rejimiga elektr ta’minot sharoitlariga va 
    boshqa ekspluatatsiya sharoitlariga qarab belgilanadi. Elektr uskunalar texnik 
    qarovi va joriy ta’miri muddatlarini belgilashda ularning diagnostikasi natijalariga 
    e’tibor qilinadi. Diagnostika elektr uskunalarda soz holda ishlab turganida va 
    ta’mir oldidan o‘tkaziladi va bo‘lg‘usi ta’mir hajmi aniqlanadi.
    Sifatli o‘tkazilgan diagnostika tadbirlari elektr uskunalar resurslarini aniqlab 
    beradi, o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan, ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
    ekspluatatsiyaga yaroqsiz bo‘lgan elektr uskunalar, ularning qismlari ro‘yhatdan 
    chiqarilib yangisiga almashtriladi. Natijada texnologik mashinalarning behosdan 
    to‘xtab qolishi, avariya holatlari, elektr uskunalarning butkul yaroqsiz holga kelib 
    kolishining oldi olinadi. Resursi tugab borgan va ko‘rsatkichlari chegaraviy ruhsat 
    etilgan qiymatlarga kelgan jihozlarni ta’mir qilish ularning ishonchliligini oshiradi, 
    texnologik mashinalarning uzluksiz ishlab turishini ta’minlaydi.
    Elektr motorlarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirishi uchun qator 
    tadbirlar o‘tkaziladi. Qishloq va suv xo‘jaligidagi elektr motorlarni ishdan 
    chiqishiga asosiy sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin: og‘ir atrof muhit sharoiti 
    (Yuqori namlik, tok o‘tkazuvchi chang, kimyoviy faol gazlar, quyosh, yog‘in 
    sochishlar va hakozolar), avariyaviy ortiqcha yuklanishlar, to‘liqsiz fazada 
    ishlashdan va boshqa avariyaviy rejimlardan himoyalanish darajasining pastligi va 
    boshqalar. Og‘ir muhit sharoitlarini hisobga olib, elektr motorlarning 
    ishonchliligini oshirish uchun elektr motorlarni agressiv muhitlarda ishlashi uchun 
    mo‘ljallab ishlab chiqariladi va ularni konstruktiv ishlanishi, bo‘yicha to‘g‘ri 
    modernizatsiya qilinadi, ta’mir paytida nozik qismlari almashtiriladi. Yana elektr 
    motorlar agressiv muhitdan boshqa xonaga chiqariladi, agar bunga texnologik 
    jarayonni amalga oshirish imkoni bo‘lsa. Elektr motorlarning ishonchliligini 
    oshirish uchun zavoddan alohida muhitlarda ishlash uchun mo‘ljallangan motorlar 
    ishlab chiqarilmoqda. Ularning belgilanishida «SX» bo‘lsa, demak ular qishloq 
    xo‘jaligi sharoitilari uchun mo‘ljallangan bo‘ladi, masalan 4AL2SCX 4ASX 


    210 
    konstruksiyali motorlarning ulanish kontaktlariga qo‘shimcha ishlov berilgan, 
    sifatli bo‘yoq qilingan bo‘ladi.
    4AM, 5A, AI seriyali motorlar modernizatsiya qilingan bo‘lib, oshirilgan 
    ishonchlilikka ega bo‘ladi. Ular qo‘shimcha izolyasiyalangan bo‘lib, 
    himoyalanish darajasi yuqori qilib ishlangan. Hozirda sanoatda ishlab 
    chiqarilayotgan motorlar quvvati 0,06 kVt dan 400 kVt gacha, 0,4kV 
    kuchlanishda, tezligi 3000, 1500,1000,750 ayl/min bo‘lib, ishlanishi oshirilgan 
    himoyali universaldir, ular Yuqori namlik, kimyoviy faol muhitlarda (namligi 80-
    10%, ammiak miqdori 20-40 mg/m
    3
    , CO
    2
    - 0,03-0.88 mg/m
    3
    , N
    2
    S-10-90 mg/m
    3

    changlanish darajasi 240g/m
    3
    gacha) ishonchli ishlay oladi. Hozirgi kunda ham 
    ishlab chiqarish sharoitlarida eski seriyali asinxron motorlar ishlab turibdi va 
    ularning ekspluatatsiyasida, texnik qarov va joriy ta’mir muddatlarini belgilashda 
    ularning konstruktiv ishlanishini hisobga olish zarur.
    Elektr motorlarning ishonchliligini oshirish uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan 
    uslub lak bilan shimdirishidir. Lakni ingibitorlar bilan to‘ldirish va jarayonni 2-3 
    bor takrorlash kutilgan natijalarni beradi. Ingibator lak qatlamiga erib 
    difundiyalanadi va elektr uskunadagi bo‘shliqlarni to‘ldiradi, namlikni singib 
    o‘tishini to‘xtatadi. Ingibator sifatida BDN ingibitori olinishi mumkin. U dietilanil, 
    benzotiazol va paranitorfenollarning atsetondagi eritmasi bo‘lib, ingibitorlar 
    umumiy lak massasining 6% ini tashkil qiladi. Stator chulg‘amlarining yon 
    tomonlari yana bo‘yoq purkalib, bo‘yoq qatlami bilan qoplanadi va vannaga 
    botiriladi. Kuzatuvlar ko‘rsatadiki, ingibitorlar bilan to‘yingan lak bilan motorlar 
    izolyasiyasi kuchaytirilganda ularda izolyasiya qarshiligi ekspluatatsiya davrida 4-
    5 marta yuqori bo‘lib qoladi.
    Elektr motorlarni ekspluatatsiya davrida stator chulg‘amlarining yon 
    tomonlari eng ko‘p qiziydi, ya’ni issiqlik emirilishi eng yuqori bo‘ladi. Stator 
    chulg‘amlarining izolyasiyasini atrof muhit ta’siridan himoya qilishni kuchaytirish 
    uchun u epoksid smolasi bilan kapsullanadi. Bunday uslublar yuqori namlik, 
    kimyoviy faol gazli muhitlarda qo‘l kelishi mumkin. Bunda ishonchi 
    ekspluatatsiya muddatlari 8-10 yilga uzayadi. Lekin kapsullash texnologiyasi 
    murakkab bo‘lib, u faqat maxsus sex yoki zavodda kapital ta’mirlash paytida 
    o‘tkazilishi 
    mumkin. 
    Undan 
    keyin 
    kapsullangan 
    chulg‘amlarni 
    ta’mir 
    texnologiyasi murakkablashadi.
    Elektr motorlarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish uchun ularni 
    alohida xonaga olib chiqish mumkin, agar texnologik jarayon shunga yo‘l quysa, 
    ya’ni texnologik agregat bevosita obyektda bo‘lishi shart bo‘lmasa. Bunda 
    texnologiya murakkablashishi mumkin, qo‘shimcha tok tarmoqlari talab qilinadi, 
    demak qo‘shimcha mablag‘lar zarur bo‘ladi. Shuning uchun og‘ir muhit sharoiti 
    bo‘lgan ishlab chiqarish texnologiyalarini loyihalash va montaj jarayonida bu 
    amallarni bajarish nazarda tutilishi zarur. Loyiha hisoblariga ko‘rsatilgan harajatlar
    kiritib yuboriladi va texnik-iqtisodiy asoslanadi.
    Elektr uskunalarni montajida ham motorlarni ishonchli ishlashi, ularni atrof 
    muhit ta’siridan himoyasi hisobga olinishi zarur. Masalan tomda o‘rnatilgan 
    ventilyatorlarga (nasos stansiyalari, parrandachilik, chorvachilik fermalari, 
    issiqxonalar, ustaxonalar, paxta, don punktlari va boshqa joylarda) havoda 


    211 
    kondensatlangan suv tushib, uning izolyasiyasini ishdan chiqarishi mumkin. 
    Ventilyasiya trubalari o‘qi bo‘ylab tomadigan suv tomchilaridan motor himoya 
    qilinadi, yoki o‘qi bo‘ylab siljitib, chetroqqa o‘rnatiladi. Bunda elektr motorlarni
    to‘xtab qolishlari kamayadi, ular ishonchli ishlab turadi. Izolyasiyani namlanib 
    qolishdan saqlash uchun, motorlar davomli ishlamay turganida, chulg‘amlarini, 
    motorni qizdirib turilishi mumkin. Bunda motor ichida zarur mikroiqlim hosil 
    bo‘ladi va namlik izolyasiyadan haydalib, motorning quruq va sifatli bo‘lishi 
    ta’minlanadi. Tok bilan motorni qizdirishda motor chulg‘amlari turli sxemalarda 
    tarmoqqa ulab quyiladi. Bunda motor turgan joyida tarmoqdan ajratilib, uchchala 
    faza chulg‘amlari kondensatorlar orqali ulanishi, bir fazasi tiristor orqali ulanishi 
    yoki ikki tiristorli sxema bo‘lishi mumkin (7.4-rasm). Bunda motorga berilgan tok 
    miqdori uning to‘xtab turgan holida atrof muhitdan 5,0-10
    0
    S ga harorati Yuqoriroq 
    bo‘lishini ta’minlab turishi zarur. Bunda motorga namlik va kimyoviy faol gazlar 
    singib kirmay qoladi. Yuqoridagi sxemalar tarmoq quvvat koeffitsienti miqdorini 
    oshirish imkonini ham beradi.
    Kondensatorlar batareyasi motorda biror faza yo‘qolgan rejimlarda ma’lum 
    bir muddatga motorni to‘liqsiz faza rejimida ishlab turishiga imkon beradi. 
    Texnologik jarayon davom etib turishi mumkin va motor 25% gacha ortiqcha 
    yuklanib ishlab turadi. Agar uning normal ekspluatatsiya rejimida yuklanishi 25-
    30% ga past bo‘lsa, bunday rejimda uzoq vaqt ishlab turishi mumkin. Texnologik
    mashina uzluksiz ishlab turadi.
    7.4-rasm. Elektr motorning chulg‘amini quritish sxemasi. 
    (a)-kondensator (S) bilan, (b)-bir tiristorli sxema bilan, (v)-ikki 
    tiristorli sxema bilan elektr motorning cho‘lg‘amini quritish sxemasi.
    Bundan tashqari yulduzcha sxemada ulangan kondensatorlar batareyasi 
    motorni himoya qilishi ham mumkin (7.5-rasm). Bu erda kondensatorlar batareyasi 
    sig‘imi quyidagicha aniqlanadi. Agar ular yulduz sxemada ulangan bo‘lsa quvvati 
    10 kVt gacha motorlar uchun:
    S=1,3(1+2R
    n
    ), agar aylanish chastotasi p= 3000 ayl/min bo‘lsa,
    S=3(1+R
    n
    ), agar p= 1500 ayl/min bo‘lsa,
    S=3,7(1+R
    n
    ), agar p= 1000 ayl/min bo‘lsa, S=3,5(3+R
    n
    ), agar p= 750 ayl/min 
    bo‘lsa.


    212 
    Agar motor quvvati 10 kVt dan yuqori bo‘lsa:
    S=10+R
    n
    , , p=3000, 1500,1000 ayl/min bo‘lsa
    S=30+2R
    n
    , , p=750 ayl/min bo‘lsa
    R
    n
    ,- kVt larda olinganda S- mikrofaradalarda bo‘ladi.
    Eski seriyali motorlarda sxema qo‘llanilganda kondensatorlar sig‘imlari 35% 
    ga oshirib olinadi.
    Motorlar individual kondensatorlar batareyasiga ulanganda texnik xavsizligi 
    qoidalariga rioya qilish zarur, chunki ular kuchlanish ostida doimiy qoladi. 
    Ekspluatatsiyaga ulash oldidan va muntazam ravishda kondensatorlarning sig‘imi 
    va tarmoq cos si nazorat qilib turiladi.
    Tiristorli sxemalar qo‘llanilganda motorga o‘rtacha 0,1 I
    H
    tok kelib turadi, 
    bu tok motorni quruq bo‘lishini ta’minlaydi. Bu sxema ishlab turganida magnit 
    Yuritkich va kontaktlarda titrash yuzaga kelishi mumkin, ularning mahkamlanish 
    qismlari tekshirib turiladi, motor kontakt joylari, sentrovkasi tekshiriladi. Ikki 
    tiristorli sxemalarda bu kamchiliklar yo‘qotiladi. Odatda qizdirish toki (25-50%) I
    n
    bo‘lganda sxema ishonchli ishlab turadi. Quritish toki 0,25 I

    bo‘lganda tiristor 
    orqali o‘tgan tokning nosinusoidalligi K 5% bo‘ladi. Elektr motorlar ishonchli 
    ishlab turishi uchun ular ishonchli ximoya vositalari bilan ta’minlanishi PUE va 
    TEQ bo‘yicha ekspluatatsiyasini tashkil 
    qilinishi zarur.
    7.5-rasm. Asinxron motorni faza 
    yo‘qolishi rejimidan
    kondensatorlar yordamida himoya qilish 
    sxemasi.
    Respublikamiz 
    sharoitida 
    ko‘plab 
    meliorativ nasos stansiyalari ishlab 
    turibdi, ular er ostiga tuproq sho‘rini 
    yuvib 
    tushgan 
    suvni 
    oqava 
    suv 
    kanallariga chiqarib turish uchun xizmat 
    qiladi. 
    Sirdaryo, 
    Jizzax, 
    Xorazm, 
    Qoraqalpoq, 
    Buxoro 
    viloyatlari 
    erlarining 
    ko‘pchilik 
    qismi erlari 
    sho‘rlanishi yuqori bo‘lib, ular qish 
    mavsumida yuviladi. Suv tuproqdagi 
    tuzlarni yuvib er ostiga tushadi. Demak, 
    meliorativ 
    (drenaj) 
    nasoslari 
    sho‘rlangan-tuzli suvni haydaydi. Ular 
    kimyoviy faol muhitda ishlab turadi. Shuning uchun meliorativ nasos stansiyalari 
    uchun maxsus, suv ostida ishlab turishga mo‘ljallangan, germetik motorlar ishlab 
    chiqariladi. Bunday motorlar chuqurligi 250 metrgacha bo‘lgan quduqlarda 
    ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, aholini ichimlik suv bilan ta’minlovchi nasos 
    stansiyalarida ham ishlatiladi. Respublikamizning qishloq aholi yashash 
    punktlarida ko‘pchilik suv ta’minoti tizimida shunday nasoslar ishlatiladi. Har bir 
    aholii yashash punktlari ishlab chiqarish korxonalari o‘z suv ta’minot tizimiga ega. 
    Ularda 3 fazali, quvvati 2-65 kVt bo‘lgan PEDV tipli asinxron elektr motorlar 


    213 
    ishlatiladi (suv to‘ldirilgan, suvga cho‘ktirilgan holatda ishlaydigan elektr motor). 
    Ular diametri 140-230mm bo‘lgan quvurlarda o‘rnatiladi.
    Bunday motorlar yagona seriyali asinxron motorlardan farq qilib 
    cho‘lg‘amlari maxsus simdan tayyorlanadi, rotori suvda yumshatiluvchi 
    podshipniklarga ega bo‘ladi, korpusi butunlay germetik ishlangan bo‘ladi. Suv 
    ostida ishlovchi nasoslar to‘xtovsiz ishlab turishi, yuqori FIK bilan ishlashi, 
    xavfsiz ishlatilishi zarur. Bularni ta’minlash uchun quyidagi tadbirlar bajariladi:
    - er osti suvlari debiti, satxi, bosimi, tozaligi nazorat qilib turiladi, nasosni 
    suvli ishlashini ta’minlovchi rejimlari tanlanishi zarur;
    - nasoslar yuqori FIK bilan barqaror ishlashini ta’minlovchi tarmoq gidravlik
    ko‘rsatkichlari saqlab turiladi. Suv yig‘ish baklari etarli hajmda bo‘lishi zarur;
    - elektr motor ulanishlarida sifatli kuchlanish bo‘lishi nazorat qilinadi;
    - elektr motorni va boshqarish 
    щitini o‘z vaqtida va sifatli texnik 
    ekspluatatsiya tadbirlarini o‘tkazib turilishi.
    Suv ostida ishlaydigan nasos motorlari ishga tushirishdan oldin distillangan 
    suvga to‘ldiriladi. Stator chulg‘amlarining korpusiga nisbatan izolyasiyasi o‘lchab 
    ko‘riladi, 
    R
    iz 
    5mom bo‘lishi zarur (
    t
    sug 
    200
    S ), chiqish simlari ta’minlovchi tarmoqqa 
    ulanadi. Ulanish joylari izolyasiyalanadi metall trubka kiyitiladi va suvga 
    to‘ldirilib yana izolyasiya qarshiligi o‘lchab ko‘riladi, 1,5-2,0 soatdan so‘ng 
    izolyasiya qarshiligi doimiy bo‘lib qolishi zarur. Nasos qurilmasini quduqqa 
    tushiriladi, 1,5 soatdan keyin izolyasiya qarshiligi ta’minlovchi tarmok orqali 
    o‘lchab ko‘riladi 
    R
    iz 
    5M Om bo‘lib qolishi zarur. Suv quvurini tekshirib ko‘rib 
    keyin nasos agregati ishchi tushiriladi. 
    Щitdagi ampermetr bilan motor yuklamasi 
    nazorat qilinadi. 
    I
    ish 
    I
    n
    bo‘lishi zarur. 5-6 sutka davomida ekspluatatsiya qilingach 
    ishchi tok ampermetr shkalasida belgilab qo‘yiladi. Keyinchalik bu belgi bo‘yicha, 
    nasos yuklamasi nazorat qilib turiladi. Motorning ishchi holati tekshirib turiladi.
    Suv ostida ishlovchi motorlarning texnik qarovi har oyda o‘tkaziladi. Bunda 
    motor er ostida suvda qoladi va quyidagi tadbirlar bajariladi:
    -motorning toki (yuklanishi) va kuchlanishini o‘lchab ko‘riladi. Agar normal 
    kuchlanishda tok kuchi 20-25 % gacha ortgan bo‘lsa motor qismlari eyilganligini 
    bildiradi va u joriy ta’mir qilinadi,
    -motorni tarmoqdan ajratilgach to‘la sovigach, 40-45 minutdan keyin , 
    ta’minlovchi kabelni ajratib olib, u orqali motor chulg‘amlari izolyasiyasi 
    o‘lchanadi. Izolyasiya kattaligi avvalgi qiymatidan 2-3 barovar kamayib ketgan 
    yoki 5 M Omdan past bo‘lsa, uning izolyasiyasida nosozlik borligidan darak 
    bo‘ladi,
    -elektr motorni soz holdaligiga ishonch hosil qilingach, mayda defektlari
    yo‘qotilgach, u tarmoqqa ulanadi. Suv quvurini tekshirib nasos ishga tushiriladi. 
    Ampermetrda motor toki nazorat qilinadi, u nominal qiymatidan ko‘p bo‘lmasligi 
    zarur (7.6-rasm).
    7.6-rasm. Suv 
    ostida 
    ishlovchi 
    motorlarning iste’mol tokining tarmoq 
    kuchlanishiga bog‘likliq funksiyasi.


    214 
    1-ESV 10-63-65; 2-ESV 8-16-140; 3-ESV 6-10-235.
    Motor ulangan tarmoqdagi kuchlanish doim bir xil bo‘lishi zarur. 
    Kuchlanishning 
    o‘zgarib 
    turishi elekt 
    motorni 
    qizishiga, 
    rezinametall 
    podshipniklarning eyilishiga olib keladi. Oxir oqibatda motor tarmoqdan ortiqcha 
    Yuklanish toki iste’mol qiladi, u qizib ishlaydi, izolyasiyasi eskirib yaroqsiz holga 
    keladi.7.1-jadvalda suv ostida ishlaydigan elektr motorlarning asosiy nosozliklari 
    va ularni yo‘qotish uslublari keltirilgan.
    7.1-jadval
    Suv ostida ishlaydigan elektr motorlarning asosiy nosozliklari va ularni yo‘qotish 
    uslublari
    T.r. 
    Nosozliklar 
    Asosiy sabablari 
    Yo‘qotish
    uslublari 





    «Pusk» tugmasi 
    bosilganda ampermetr 
    yuqori tok ko‘rsatadi, 
    motor ishga tushmaydi 
    Ta’minlovchi tarmoq 
    kuchlanishi past. 
    Rotor tormozlanib 
    qolgan 
    Kuchlanishni 
    me’yoriga etkazish. 
    Rotorni aylantirib 
    ko‘rish 

    Nasos titrab ishlab 
    turibdi, ampermetr 
    Balansirovka buzilgan. 
    Nasos 
    Nasosni quduqdan 
    ko‘tarib nosozligini 
    ko‘rsatishi barqaror 
    emas 
    sentrovkasi buzilgan 
    podshipniklar echilgan 
    yo‘qotish kerak 

    Nasos ishlab turganda 
    suv yo‘q, tok salt ishlash 
    miqdorida 
    Kirish trubkasi 
    ifloslangan. qaytish 
    klapani yopilib qolgan 
    Tozalash 

    Haydash kanalida suv 
    bosimi past 
    Motor notekis 
    aylanmoqda. Nasos 
    detallari eyilgan. 
    quduqda suv satxi 
    pasaygan 
    Dvigatel aylanish 
    yo‘nalishini 
    o‘zgartirish, nasosni 
    almashtirish, suv 
    tortish quvurlarini 
    almashtirish 
    Suv ostida ishlab turgan elektronasos komplekti metall tuzli suv ta’sirida 
    korroziyaga uchraydi, izolyasiyasi tezroq eskirib boradi. Bu jarayon motor ishlab 
    turganida ham to‘xtab turganida ham davom etadi. Motorni ichki korroziyasini 
    oldini olish uchun zavoda tayyorlangandayoq u distillangan suv bilan to‘ldiriladi, 
    suvga ingibitor qo‘shiladi. Ingibitor tarkibida utropin-2,4 g/l, natriy nitrati-1,09 g/l, 
    kaliy xromat-0,6 g/l bo‘ladi. Ingibitorlar motor qismlarini korroziyasini 
    sekinlashtiradi. Izolyasiyasiga ham emiruvchi ta’sirni kamaytiradi. Motorning eng 
    ta’sirchan joyi ta’minlovchi kabelga ulangan joyi bo‘lib, ular alohida yopishqoq 


    215 
    lenta bilan o‘raladi va lak bilan qoplanadi. Ingibitorli distillangan suv bilan 
    to‘ldirib ulanish joyi qo‘shimcha laklangan motor xizmat muddati 2-2,5 barobar 
    ortganligi kuzatilgan. Ingibitor arzon tarkibli bo‘lib, oddiy laboratoriya sharoitida 
    tayyorlanadi. Distillangan suvda eritilgan ingibitorlar oddiy yopiq idishda uzoq 
    vaqt o‘z sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qoladi. Shuning uchun ingibitorli eritma 
    zarur proporsiyada tayyorlab olinadi va zaruratga qarab ishlatiladi.
    Demak er osti suvlarida ishlayotgan motorlar ekspluatatsiyasi alohida e’tibor 
    talab qiladi va tegishli amallar bajarilganda Yuqori ekspluatatsiya ishonchliligini 
    ta’minlanadi.

    Download 5,43 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish