25-mavzu: Transformator moyining ekspluatatsiyasi.
Reja:
1.
Kichik quvvatli transformatorlar.
2.
Quvvati 100 kVA gacha bo‘lgan kuch transformatorlar.
3.
Moyning holati.
Sanoatdagi transformatorlardan farqli ravishda qishloq va suv xo‘jaligida
o‘rta va kichik quvvatli transformatorlar ishlatiladi. Quvvati 100kVA gacha
bo‘lgan kuch transformatorlarda (U 10kV) ekspluatatsiya davrida moydan namuna
olinmaydi, moyning sifati uning profilaktik sinovlari natijalariga ko‘ra baholanadi.
Moyning holati transformatorning holati haqida ma’lumot bera oladi. Ishonchli
ishlab turishi uchun transformator moyi Yuqori sifatli bo‘lib, standart
ko‘rsatkichlarda bo‘lishi kerak. Shu sababli kuch transformatorlarining
ekspluatatsiyasida uning moyi doim nazoratda bo‘lib qoladi. Yangi keltirilgan moy
pasporti bilan qabul qilib olinadi. Moyning sifati unda gi aralashmalar borligi bilan
belgilanadi. Agar moyda 0.01-0,02% namlik bo‘lsa, moyning teshilish kuchlanishi
4-5 barobar pasayadi. Buning sababi suv tomchilari (80)qutblanuvchi bo‘lib
yagona zanjirlar hosil kiladi va elektr maydon bo‘ylab elektrodlar orasida tortiladi.
Shu suv zanjirlari bo‘ylab moy teshiladi. Zajir hosil bo‘lishi uchun moyning
kamgina namlanishi etarli bo‘ladi. Keyingi moy namligini oshishi teshilish
kuchlanish miqdoriga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ya’ni parallel suv tomchilari zanjirlari
paydo bo‘ladi xolos. Notekis elektr maydon Yuqori kuchlanganligi ta’sirida yirik
suv tomchilari paydo bo‘lib, u bak ostiga cho‘kadi. Ular elektr maydon
tashqarisida bo‘lib moyning teshilish kuchlanishiga ta’sir qilmaydi.
Transformatorning ekspluatatsiyasi davrida namlik moyga tashqi muhitdan
tushishi mumkin yoki oksidlanish jarayonlarida kimyoviy reaksiya mahsuloti
sifatida paydo bo‘ladi. Moyda begona aralashmalar bo‘lishi ham uning sifatini
pasayishiga olib keladi. Parafin moyda erib uning ilashimliligini oshiradi va
quYuqlashtiradi. Ajratkichlar moyida parafin bo‘lishi ruhsat etilmaydi. Ko‘mir
moy uchun xavfsiz, lekin u moydagi suv miqdorini oshiradi. Moyni eskirishida
paydo bo‘ladigan cho‘kma va quyqasi gigroskopik bo‘lib, o‘ziga nam tortadi va
ko‘p namlik to‘plashi mumkin. Ular qutblanishi va elektrodlar orasida suv
zanjiridek tok yo‘li uchun ko‘prik hosil qilishi mumkin. Qattiq izolyasiya sirtida
cho‘kib qolgan shlam qatlami ularda kuchlanish qoplanishiga (perekr
ыtie) olib
kelishi mumkin. Bundan tashkari cho‘kmalar (shlam) chulg‘amlar orasida
sovituvchi moy aylanish kanallarini yopib qo‘yib transformatorni sovitish
sharoitlarini yomonlashtiradi.
Moyda oksidlanish tashqi muhit tarkibidagi kislorod, harorat ortishi va
begona aralashmalar ta’sirida yuzaga keladi. Bu faktorlar har birining alohida
ta’sirlari kuchsiz bo‘lib, birgalikdagi ta’siri ko‘prok xavf tug‘diradi. Begona
aralashmalardan moyni filtrlab tozalanadi, moyning kimyoviy tarkibi regeneratsiya
qilib tiklanadi.
Moyni quritish. Energosistemada moy ikki uslubda quritiladi: moy orqali
quruq azot yoki (uglekisliy gazni) karbonat angidrid haydab. Oddiy atmosfera
sharoitida, moy ustida 20-30kPa vakuum hosil qilib, 2,5-5,5k Pa qoldiq bosim va
198
atmosfera bosimida moyni purkab. Quritish jarayonini tezlashtirish uchun moyni
40-50°S gacha qizdiriladi va 8-12kPa qoldiq bosimda jarayon bajariladi.
Uncha katta bo‘lmagan ta’mir korxonalari sharoitida moyni 25-35°S
haroratgacha qizdirib tindirib quritiladi. Tindirish-oddiy quritish usuli, lekin u uzoq
vaqt talab qiladi. Qizdirib quritish ham, ayniqsa o‘z bakida, o‘zining toki bilan,
ancha sodda va arzon uslub, lekin uzoq muddat qizdirilsa qizdirilgan moy o‘z sifat
ko‘rsatkichlarini yo‘qota boradi.
Moyni tozalash. Ekspluatatsiya davrida moy faqat namlanmay ifloslanib
ham boradi. Suv va mexanik aralashmalardan moy sentrifuga qilib va filtrlab
tozalanadi. Sentrifuga moydan undan og‘irroq bo‘lgan begona aralashmalarni
ajratish uchun xizmat qiladi. Moy harorati bunda t= 45-55°S bo‘lishi zarur. harorat
past bo‘lsa, moy quruqroq, ilashimlirok bo‘ladi va suv va aralashmalar yomon
ajraladi. Harorat yuqori bo‘lsa (t>70°C) suv moyda erib parlanib, moydan yomon
ajraladi. Bundan tashqari yuqori harorat moyni tez eskirishiga olib keladi.
Filtrlashda moy karton, qog‘oz, material, silikogel yoki shunga o‘xshash
mayda teshiklari (tirqishlari) bo‘lgan g‘ovak muhitdan siqib o‘tkaziladi. Filtrlash
filtr-pressda bajariladi. Karton, qog‘ozlar faqat filtrlamay moy tarkibidagi namlikni
ham tutib qoladi. Shuning uchun yuqori gigroskopligi bo‘lgan yumshoq, g‘ovak
karton ishlatiladi. Lekin bunday filtr shlam va ko‘mirni yomon tutib qoladi, ko‘p
qog‘oz tola ajratib chiqaradi. Filtr pressda yumshoq karton bilan qattiq karton
aralash qo‘llanilib moyni tozalanish sifati oshiriladi. Moyni 40-50°S haroratda
filtrlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Harorot oshsa kartonni gigroskopikligi
pasayadi va suvni moyda erishi kuchayadi. Kartonni vaqtivaqti bilan tozalab
turiladi. Karton toza moyda yuviladi, chayiladi, quritiladi va yana qayta filtrga
o‘rnatiladi. 1 t moyni tozalash uchun 1 kg karton ishlatiladi.
Filtr-press sentrofugadan keyin ishga tushiriladi va moydagi qoldiq suv va
shlamni tozalaydi. Bunda moy yaxshi tozalanadi va elektr mustahkamligi ortadi.
Filtr-pressning ahamiyatli tomonlari shundaki, u atmosfera haroratida ishlaydi,
moy, havo bilan aralashmaydi, moydagi mayda ko‘mir zarrachalarini tutib qoladi.
Sentrofuga emulsiyalarni moydan ajrata oladi. Filtr press esa emulsiyali moylarni
tozalay olmaydi. Sentrofuga ishlab turgan transformator moyini bakida tozalashda,
xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda ishlatilishi mumkin. Filtr-presslarda
moyning kislotalik raqamini kamaytirish uchun filtrlovchi muhitga qo‘shimcha
ravishda silikogel ishlatiladi.
Moyni regeneratsiya qilish. Ekspluatatsiya davrida moy oksidlanadi
(eskiradi), bunda uning kimyoviy tarkibi o‘zgarib boradi, kislota va smolalar hosil
bo‘ladi, birdaniga yangi moy tarkibida bo‘ladigan tabiiy oksidlanishni to‘xtatuvchi
elementlar parchalanadi. Moy eskirishi natijasida transformator izolyasiyasining
emirilishi tezlashadi. Ayniqsa organik asosli izolyasiya emiriladi. Lekin eskirishda
moyning 3-5% qismini tashkil qilgan uglevodorodlar emiriladi, moyning qolgan
qismi (95-97 %) sifatli, o‘zgarishsiz bo‘lib qoladi. Shuning uchun moyning
eskirgan qismidan tozalab u regeneratsiya qilinishi mumkin. Moy dastlabki sifat
ko‘rsatkichlariga qaytishi mumkin va u 5-7 yil yana ekspluatatsiya qilinishi
mumkin. Lekin regeneratsiyadan keyin moy barqarorligini qisman yo‘qotadi va u
profilaktik
sinovlardan
o‘tkazib
turilishi
zarur.
Statistik
ma’lumotlar
199
transformatorlarning 30% avariyalari moyi sifatsiz bo‘lganligidan ekanligini
ko‘rsatadi. Moyning va oxir oqibat transformatorning xizmat muddatini oshirish
uchun qator chora tadbirlar ko‘riladi.
1.
Moyni tashqi atmosfera bilan kontakti butunlay yoki qisman
yo‘qotiladi. Evropa davlatlarida kichik transformatorlarni butunlay germetik qilib
ishlashadi. Fransiyada moy havodan azot qatlami bilan ajratiladi, ya’ni bakning
moysiz
qismida
vakuum
hosil
qilib,
azot
bilan
to‘ldiriladi. (yirik
transformatorlarda). Bakning ustki qismidagi azot uchun qopcha o‘rnatiladi. Qop
elastik bo‘lib harorat o‘zgarishi bilan hajmini o‘zgartiradi.
Rossiya transformatorlari moy kengayish kamerasi bilan chiqariladi. Kamera
bak tomiga o‘rnatiladi. Qo‘shimcha kamera moyning havo bilan kontakt Yuzasini
minimal bo‘lishini ta’minlaydi. Yirik transformatorlarda rasshiriteliga filtr
o‘rnatilib, u havoning namligini va kislorodini ushlab qoladi.
2.
Ekspluatatsiya davrida transformator moyining harorati pasaytiriladi.
Transformator baki yorqin ranglar bilan bo‘yoq qilinadi. Ventilyasiya sitemasini
samarali ishlab turishi ta’minlanadi.
3.
Moyga maxsus stabilizatorlar yoki ingibitorlar qo‘shiladi. Ular
antioksidlovchi bo‘lib, moyni barqarorlashtiradi. Prisadkalar oksidlanish
jarayonlarini to‘xtatibgina qolmay yana moyni metall ta’sirlaridan ham himoya
qiladi. Moy dastlabki hom ashyosi (neft) tarkibiga qarab turli tarkibli bo‘lishi
mumkin. Shuning uchun yangi moy olib kelingan bo‘lsa, uni bakdagi moyga
qo‘shishdan oldin moydan namuna olib tekshirib ko‘rish, moy idientiv bo‘lsagina
moyni qo‘shish mumkin. Moy uchun mos ingibitor tanlanadi.
4.
Quvvati 160 kVA va undan katta bo‘lgan transformatorlarda moyni
muntazam regeneratsiya qilib turish uchun termosifon filtrlar ishlatiladi. Bu usul
transformator moyini xizmat muddatini uzaytirishning eng takomillashgan
uslublaridan bo‘ladi.
Termosifon adsorbent bilan to‘ldirilgan va patruboklar
(quvurlar) orqali bakning ustki va pastki qismi bilan
bog‘langan silindrik idish bo‘lib, bakdagi moyning pastki va
uqori qismi haroratlari farqi natijasida moy aylanishini
ta’minlaydi (6.5-rasm). Moy termosifon filtrdan o‘tganda suv,
kislotalar, smola, shlamdan tozalanadi.
6.5-rasm. Termosifon filtrning konstruksiyasi: 1,5–
bunkerlar;
2–to‘r to‘siq; 3–absorbent; 4–filtr korpusi; 6,7–
patrubkalar.
Termosifon filtrdagi silikatel massasi moy masasining
0,25..1,5 %ni tashkil kerak. Silikagel miqdori ko‘proq bo‘lsa moy sifatliroq bo‘lib
tozalanadi. Silikagel miqdori filtoning xizmat muddatini belgilaydi.
Filtrni ulab qo‘yish yoki ajratib qo‘yish mumkin yoki umuman echib qo‘yish,
boshqa transformatorga o‘rnatilishi mumkin.
Sorbentlar, agar moy kislotalik raqami 0,1 mg KONdan ortsa, transformator
(quvvati
630
kVAgacha
bo‘lsa)
almashtiriladi,
yuqoriroq
quvvatli
transformatorlarda esa 0,1 mg KON va suvda erigan kislotalar miqdori 0,014 mg
200
KON dan ortiq bo‘lganda. Sorbentni filtrga solishda uning namlik miqdori 0,5%
dan kam bo‘lishi zarur.
Kam quvvatli qishloq xo‘jaligi tarmoklaridagi kuch transformatorlarida
termosifon filtri bo‘lmaydi.
Kuch transformatorlarini ekspluatatsiya va ta’mir sharoitlarida bak tomidagi
qopkasida so‘ruvchi patronlar o‘rnatiladi. Transformatorlarga ta’mir paytida
termosifon filtr yoki namlikni shimuvchi patron o‘rnatilishi mumkin (6.6-rasm).
Filtrdagi ishlab bo‘lgan absorbent 600700
0
S gacha qizdirilganda unda tutilib
qolgan barcha organik moddalar kuyib ketadi aktiv yuzasi to‘la tiklanadi.
Termosifon filtrlarda silikogelga namlikni aktiv tutib qoluvchitseolit qo‘shish
yaxshi natijalar beradi. Agar seolit silikogelga nisbatan 1 : 5 tarkibida filtrga
qo‘shilganda transformator moyining elektr mustahkamligi avval ortadi (W
atm
=77-
84 %)36 kV/sm dan 46,8 KV/sm gacha, keyin asta sekin pasayib boradi, 6 oydan
keyin 25,5 kV/sm bo‘ladi. Siolit olti oy ekspluatatsiya davrida 56 % namlikni
o‘zida tutib qoladi.
Filtrda siolit miqdori 1:2,5 gacha oshirilganda siolitning samarali ishlash
muddati 8-10 oyga etdi. Bu esa Respublikamiz sharoitida havo namligi yuqori
bo‘ladigan mavsumni to‘liq egallash imkonini beradi. Mavsum oxirida esa
absorbent filtrdan olib tiklanadi yoki yangisi yuklanadi (oktyabr-may). Bir
mavsumda siolit o‘z massasining 35-50% miqdorida namlikni ushlab qoladi. Moy
elektr mustahkam bo‘lib qoladi.
5.
Muntazam ravishda moy sifati rejaga ko‘ra tekshirib turiladi. Zarur
bo‘lsa tozalanadi, Texnik ekspluatatsiya qoidalariga ko‘ra ekspluatatsiyada bo‘lgan
transformator moyi quyidagi muddatlarda sinab turiladi:
6.
6.-rasm. Namlikni shimib oluvchi patron
konstruksiyasi: 1–korpus; 2–absorbent.
- Termosifon filtrsiz ishlab turgan transformatorlar
uchun 1 yilda 1 marta (qisqartirilgan analiz);
- Termosifon filtri bo‘lgan kuch transformatorlari
uchun uch yilda 1 marta (qisqartirilgan analiz).
- Transformator va moyli apparaturalarni kapital
ta’miridan keyin;
- Transformator chulg‘amlari va chiqishlari izolyasining tg va S
2
/S
50
me’yoridan yuqori bo‘lsa. Transformator moyining tg o‘lchab ko‘riladi.
Agar transformator gaz relesida yonuvchi gaz qayd qilinsa, navbatdan
tashqari moy namunasi olinib, alangalanish harorati aniqlanadi.
|