• 21-mavzu: Kabel elektr tarmoqlarini ta’mirlash. Reja: 1. E
  • Mutaxassislikka kirish




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/75
    Sana06.02.2024
    Hajmi5,43 Mb.
    #152291
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75
    Bog'liq
    Elektr uskunalarini tamirlash

    Nazorat savollari
    1. Kabel tarmoqlari ekspluatatsiyasi eng murakkab masalalari? 
    2. Kabel tarmoqida zaralanishjoylari qanday aniqlanadi? 
    3. Kabelning zaralanish joyini topishda qo‘llaniladigan uslublar? 
    4. Kabel tarmoqlarida zararlanish joylarini aniqlash jarayonlari? 


    185 
    21-mavzu: Kabel elektr tarmoqlarini ta’mirlash. 
    Reja: 
    1. Ekspluatatsiya davomida kabel izolyasiyasi va kabelning metal 
    qoplamalari. 
    2. Kabelning metal qobig‘i. 
    3. Kabel qobig‘i yemirilishi. 
    Kabellar yerga yotqizilganligidan tashqi ta’sirlardan himoya qilinganligidan 
    u uzoq vaqt xizmat qiladi, ishonchli ishlab turadi. Ekspluatatsiya davomida kabel 
    izolyasiyasi va kabelning metal qoplamalari ta’mir qilinadi.
    Kabelning metal qoplamasi yer ishlari bajarilishida yoki korroziya 
    natijasida zararlanishi mumkin. Agar kabel qoplamasi zararlansa uning ichki 
    izolyasiyasiga namlik o‘tmasdan kabel soz holda ishdaligida tuzatiladi. Kabelning 
    metal qobig‘i zararlangan bo‘lsa, uning ta’miri quyidagi ketmaketlikda bajariladi:

    zararlangan kabelning metall qobig‘i ikki tomonidan kesib ajratib olinadi.

    ustki ikkinchi qatlam lentasi nam bo‘lmaganligi tekshirib ko‘riladi. - 
    zavodda kabelga qilingan qoplamasini chetlari ochilib razbortovka qilinadi (ochib 
    chegarasi qo‘yiladi ).

    kabelni germetikligi tiklanadi.

    Kabelni har ikki tomonida ochilgan kabel tolalariga qo‘rg‘oshin trubka 
    qo‘yib kundalang ulanish joylari va bo‘yinlari kovsharlanadi. Quyish teshigidan 
    kabell massasi quyilgach teshiklari ham yopiladi. yangi quyilgan qoplama kabel 
    bronyasi bilan ulanadi, kabelni himoya qiluvchi cho‘yan qobig‘ichiga 
    mahkamlanadi va erga yotqiziladi, agar kabel ochiq o‘rnatiladigan bo‘lsa ustidan 
    po‘lat truba kiydiriladi.
    Agar kabel qobig‘i emirilishi uning ichki qismi ham nosoz holga kelgan 
    bo‘lsa, izolyasiya nam tortib qolgan yoki mexanik zararlangan bo‘lsa, kabelning 
    shu qismi kesib olib tashlanadi (kamida 3 metr) va shu markali kabel bo‘lagi 
    ulanadi. Kabel ikki tomonidan ikkita mufta yordamida ulanadi. Kabel ulanish joyi 
    ilon izi qilib, uzunligiga zapas qoldirib yotkiziladi. Kabel izolyasiyasining ta’miri 
    agar kabel tolalarida izolyasiya nosozligi topilsa va u bir joyda bo‘lsa, kabel 
    tarmog‘i kesilmasdan tuzatilishi mumkin. Buning uchun kabel izolyasiyasi ochib 
    tolalari orasi ochilishi uchun shu joyda kabel uzunligida zapas bo‘lishi kerak, yani 
    kabel izolyasiyasida namlik bo‘lmasligi zarur. Kabel ochilgach unga yangi 
    izolyasiyalovchi lenta o‘raladi ustiga qo‘rg‘oshin trubka kiydirilib teshigidan kabel 
    massasi quyiladi. Keyin ta’mir jarayoni kabel qobig‘ini ta’miriday mahkamlanadi. 
    Kapital ta’mirda kabel tarmoqlaridagi oxirigi o‘rnatilgan muftalarni yangisiga 
    almashtiriladi va germetiklanadi. Kabelni muftalarini germetiklash uchun epoksid 
    kompaudidan foydalaniladi. Izolyasiyasi tiklangan kabel tolalari epoksid kompaudi 
    bilan quyilgach ustidan qalay yoki alYuminiy trubka kiydiriladi. Ustidan 15-20 
    mm masofada x.b. lenta bilan o‘raladi. Unga ham epoksid kompaundi surtilgan 
    bo‘ladi. Agar epoksid kompaud ikki tomonidan oqib chiqsa, u tozalab artiladi 
    (benzin yoki atsetonga botirilgan latta bilan).
    Kabelli tarmoqlar elektr uskunalarini o‘rnatish qoidalariga, shu bilan birga 
    texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda bajarilgan bo‘lishi kerak, 


    186 
    shundagina u foydalanishga qabul qilinadi. Ularga ekspluatatsiyadan oldin albatta 
    pasport qilinadi. Pasportda kabelli elektr uzatish tarmoqlari haqida ma’lumotlar, 
    uni sinov xujjatlari, ekspluatatsiya davridagi ko‘rilgan chora tadbirlar ko‘rsatiladi.

    Download 5,43 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish