Mutaxassislikka kirish




Download 5,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/75
Sana06.02.2024
Hajmi5,43 Mb.
#152291
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75
Bog'liq
Elektr uskunalarini tamirlash

Nazorat savollari: 
1. Kabelli elektr uzatish tarmoqlari ekspluatatsiyasi? 
2. PUE va TXK bo‘yicha barcha kabel tarmoqlari montaji usullari? 
3. Kabel tarmoqlarining qo‘llanilishi qanday? 
4. Kabelli elektr uzatish tarmoqlari qanday? 


170 
 

17-mavzu: Yuklama tokini nazorat qilish. 
Reja: 
 
4. Kabelni eskirishi. 
5. Ekspluatatsion yuklama. 
6. Kabel tarmoqlari. 
 
Kabelni eskirishiga-emirilish darajasiga uning harorati va elektr maydonlari 
ta’sir qiladi. Elektr maydonlari yuqori kuchlanishli kabellarda izolyasiya qatlamini 
qalin bo‘lishiga olib keladi va ularda ruhsat etilgan harorat miqdori pastroq bo‘ladi. 
kabellarning qizish haroratining ruhsat etilgan qiymatlari kabel konstruksiyasiga 
(izolyasiya tipila), ishchi kuchlanishga, ish rejimlariga bog‘liq ravishda 
belgilanadi. Elektr uskunalar ekspluatatsiyasi qoidalariga binoan har bir kabel 
tarmog‘ida uning ruhsat etilgan qizish haroratiga qarab ma’lum bir yuklama 
hisobiy toklari belgilanadi. Bu yuklamalarga quyidagi maksimal ruhsat etilgan 
harorat (kabel simlari uchun) mos ravishda belgilab berilgan bo‘ladi: maxsus 
shimdirilgan qog‘oz izolyasiyali, kuchlanishi 1kVgacha bo‘lgan kabellar uchun -
80
0
S, kuchlanishi 10kVgacha kabellar bo‘lsa -60
0
S, rezinali izolyasiyali kabellar 
bo‘lsa -65
0
S, polixlorvinil izolyasiyali kabellar bo‘lsa-65
0
S. 5.1-jadvalda tuproq 
haroratini hisobga oluvchi to‘g‘rilash koeffitsientlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
5.1-jadval Tuproq haroratini hisobga oluvchi to‘g‘rilash koeffitsientlari
Kabel tolasining 
normal harorati, 
0

Erning haqiqiy harorati, 
0

-5
0
5
10 15 20 25 30 35
40 45
80 
1,14 1,1 1,08 1,04 1,0 0,96 0,92 0,88 0,83 0,78 0,73
65 
1,18 1,14 1,10 1,05 1,0 0,95 0,89 0,84 0,77 0,71 0,63
60 
1,20 1,15 1,12 1,05 1,0 0,94 0,88 0,82 0,75 0,67 0,57
55 
1,22 1,17 1,12 1,07 1,0 0,93 0,86 0,79 0,71 0,61 0,50
50 
1,25 1,20 1,14 1,07 1,0 0,93 0,84 0,76 0,66 0,54 0,37
Normal uzoq muddatli rejimda ishlab turgan kabel tarmoqlari uchun uzoq 
muddatli yuklama tokining miqdori ekspluatatsiya qoidalari (PUE) bo‘yicha 
jadvallardan aniqlanadi. Haroratning ruhsat etilgan miqdori kabelni montaj usuliga 
(havoda, er ostida, kabel tunelida) sovitish muhitiga, kabellarning yotqizish 
zichligiga bog‘liq bo‘ladi. Jadvallarda erga yotqizilgan bitta kabel uchun, er tuproq 
harorati +25
0
S bo‘lganida, havoda osilgan kabel uchun esa havo harorati 35
0

bo‘lganida va yonma-yon joylashgan kabel 35mm dan ortiq masofada turgan deb 
qabul qilinadi. Agar kabel tarmog‘i yuqoridagi holatlaridan farqli ravishda 
joylashgan bo‘lsa, to‘g‘irlovchi koeffitsientlar kiritiladi (5.2, 5.3-jadvallar).


171 
Kabel tolasining 
normal harorati, 
0

Havoning haqiqiy harorati, 
0
S
-5 


10 
15 
20 25 30 
35 
40 
45 
80 
1,24 1,20 1,17 1,13 1,09 1,04 1,0 0,95 0,90 0,85 0,80
70* 
1,29 1,24 1,20 1,15 1,11 1,05 1,0 0,94 0,88 0,81 0,74
65 
1,32 1,27 1,22 1,17 1,12 1,06 1,0 0,94 0,87 0,79 0,71
60 
1,36 1,31 1,25 1,20 1,13 1,07 1,0 0,93 0,85 0,76 0,66
55 
1,41 1,35 1,29 1,23 1,15 1,08 1,0 0,91 0,82 0,71 0,58
50 
1,48 1,41 1,34 1,26 1,18 1,09 1,0 0,89 0,78 0,63 0,45
5.2-jadval Havo haroratini hisobga oluvchi to‘g‘rilash koeffitsientlari
Kabellar soni
Oralaridagi 
masofa, mm 






100 
1.0 
0,90 
0,85 
0,80 
0,78 
0,75 
200 
1,0 
0,92 
0,87 
0,84 
0,82 
0,81 
300 
1,0 
0,93 
0,90 
0,87 
0,86 
0,85 
5.3-jadval. Yonma-yon joylashgan kabellar uchun to‘g‘rilash koeffitsientlari 
Tuproqning o‘rtacha hisobiy harorati deb eng yuqori o‘rtacha oylik er 
harorati (kabel ko‘milgan chuqurlikda), havoning hisobiy harorati qilib uch kun 
ketma-ket kelgan eng yuqori haroratli kundagi o‘rtacha sutkalik harorat qabul 
qilinadi. Lekin bir kabel transheyasida bir nechta kabel yotqiziladi va ularning 
ruhsat etilgan harorati uchun to‘g‘rilash koeffitsientlari kiritiladi. Agar ham 
montaj, ham harorat koeffitsientlari kiritilsa, ruhsat etilgan tok qo‘yidagicha 
aniqlanadi.
Ekspluatatsion yuklama toki miqdori yilning turli mavsumlari uchun 
hisoblanadi. Agar kabel tarmoqlari ko‘cha va yo‘llarni kesib o‘tsa ular trubalarda 
yotqiziladi. Kabellar bloklari trubalardan o‘tkazilganda qo‘shimcha to‘g‘rilash 
koeffitsientlari kiritiladi, chunki kabellarning sovitish rejimlari yomonlashadi, 
natijada yuklanish toki miqdori ham chegaralanadi. Bunda to‘g‘rilash 
koeffitsientining quyidagi qiymatlari qabul qilinadi: kabelning nominal kuchlanishi 
3; 6; 10; 20…35 bo‘lganda mos ravishda to‘g‘rilash koeffitsienti 1,09; 1,12; 1.13; 
1,18. Bu koeffitsient yordamida hisoblangan kabel yuklama toki miqdoriga muhit 
harorati koeffitsienti kiritiladi. 10kV gacha kuchlanishli kabellar normal ish 
rejimida nominal yuklanishdan kamroq tokda yuklangan bo‘lsa, ularni qisqa 
muddatlarga ortiqcha yuklanishga ruhsat etiladi. Avariya rejimlarida kabel 
tarmoqlari yuklama maksimumi vaqtida 5 sutka muttasil ortiqcha yuklanishga 
ruhsat etiladi 


172 
Dastlabki 
yuklanish 
darajasi 
O‘rnatish usuli 
Nominal yuklanishga nisbatan ortiqcha 
yuklanish koeffitsienti 
Normal rejim 
Avariyaviy rejim 
1,5 





0,6 
Yerda 
1,35 
1,30 
1,15 
1,50 
1,35 
1,25 
0,6 
Havoda 
1,25 
1,15 
1,10 
1,35 
1,25 
1,25 
0,6 
Trubada (yerda) 
1,20 
1,10 
1,0 
1,30 
1,20 
1,15 
0,8 
yerda 
1,20 
1,15 
1,10 
1,35 
1,25 
1,25 
0,8 
Havoda 
1,15 
1,10 
1,05 
1,30 
1,25 
1,20 
0,8 
Trubada (erda) 
1,10 
1,05 
1,0 
1,20 
1,15 
1,10 
5.4-jadval.Kuchlanishi 10 kV gacha bo‘lgan kabellarning ortiqcha yuklanish 
darajasi 
Ekspluatatsiyada 15 yildan ortiq bo‘lgan kabellarda 5.3-jadvalda ko‘rsatilgan 
ruhsat etilgan yuklama toklari miqdorlari 10% ga kamaytiriladi. 35 kV li kabellarni 
ortiqcha yuklanishi ma’n qilinadi.
Kabel tarmoqlarida uzoq muddatli yuklama toki miqdorini aniqlash uchun 
ekspluatatsiya davomida kabellarni harorat rejimlari nazorat qilib boriladi. Buning 
uchun kabellarning metall qoplamalari t
ob
va tolalari t
k
harorati ortishi o‘lchab
bunda: 
I

-kabelni maksimal yuklanish toki, A; 
p
-kabel tolalari soni

o‘tkazgich 
simning solishtirma qarshiligi 
Kabel haroratini eng og‘ir sharoit uchun aniqlanadi, ya’ni maksimal yuklanishda 
va eng yuqori atrof-muhit haroratida. Kabel tarmoqida o‘rtacha yuklama barqaror 
bo‘lganda kabel harorati sutka davomida har 1-2 soatda o‘lchab aniqlanadi. Bir 
vaqtning o‘zida yuklama toki va kuchlanish o‘lchanadi. Olingan natijalar bo‘yicha 
kabel yuklamasi va haroratining sutkalik 
grafigi quriladi.
5.4-rasm. 
Harorat 
farqini 
aniqlovchi 
nommogramalar, a-10kV li
tarmoq uchun, b-6kV li tarmoq uchun
Kabel 
tarmoqlarining 
haroratini 
hisobga olishda uning sutkalik harorat 
grafigidan maksimal harorat va kabeldagi 2 
soat davomidagi eng katta yuklama toki miqdori olinadi. Atrof muhit harorati 
kabel tunnelining kirishi va chiqishida o‘lchanadi; yer ostida yotqizilgan 
kabellardagi harorat kabel oxiridan 3-5 m masofada, uning yotqizilish chuqurligida 
o‘lchab aniqlanadi. Ma’sul kabel tarmoqlarida, taqsimlash qurilmalaridan 
ketayotgan kabellarda yuklama tok miqdori stansiya xodimi tomonidan nazorat 
qilib boriladi va stansiya jurnalida yozib boriladi (o‘lchov asboblarining ko‘rsatishi 
bo‘yicha). Ko‘rinib turishi uchun shchitdagi ampermetrlar shkalasida qizil chiziq 
bilan ruhsat etilgan tok miqdori belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Agar podstansiyada 
doimiy xodim bo‘lmasa, yuklama toki yilida 2-3 marta yozgi va kuz-qish 


173 
mavsumida o‘lchab nazorat qilib turiladi. Tok miqdori bilan birdaniga kabel 
kuchlanishini ham o‘lchab turiladi. Normal ekspluatatsiya
sharoitlarida 
kuchlanish nominal qiymatidan 15% dan kam o‘zgarishi zarur. yuklama 
toki, harorati va kuchlanishi miqdorini kuzatuvlari natijasi bo‘yicha injener-texnik 
xodimlar kabel tarmog‘ini avariyasiz va iqtisodiy samarali ishlashini ta’minlovchi 
chora-tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Download 5,43 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75




Download 5,43 Mb.
Pdf ko'rish