• 13-mavzu: Elektr kontaktlar diagnostikasi. Reja: 1. Tokning o‘tish joyi. 2.
  • Mutaxassislikka kirish




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/75
    Sana06.02.2024
    Hajmi5,43 Mb.
    #152291
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75
    Bog'liq
    Elektr uskunalarini tamirlash

    Nazorat savollari:
     
    1. 
    Texnik ekspluatatsiya qoidalari? 
    2. 
    Sinovlar hajmi va me’yorlari turlari? 
    3. 
    Profilaktik sinovlarga ta’rif bering? 
    4. 
    Elektr uskunalarning profilaktik sinovlari? 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    162 
    13-mavzu: Elektr kontaktlar diagnostikasi. 
    Reja: 
    1. 
    Tokning o‘tish joyi. 
    2. 
    Kontakt yuzalarning bir-biriga tegib turgan joyi. 
    3. 
    Ulovchi kontaktlar. 
    Har qanday elektr uskuna ishlab turganda, u bir necha kontakt sistemalari 
    orqali tarmoqga ulanib turadi. Uning alohida elementlari ham kontakt tizimlariga
    ega bo‘ladi. Masalan 0,4 kV li tarmoqda bitta uch fazali elektr iste’molchi 
    o‘rtacha 60 ta kontaktga ega bo‘ladi. Bu kontaktlarning birortasi yaroqsiz bo‘lsa 
    butun qurilma to‘xtab qoladi. Shuning uchun elektr uskunalarning Yuqori 
    ishonchliligini ta’minlash uchun elektr kontaktlar sistemasi doimo nazorat qilib 
    turiladi.
    Bir kontakt o‘tkazgich yoki qurilmadan ikkinchisiga tokning o‘tish joyi elektr 
    kontakt deyiladi. Kontaktlar ulovchi yoki kommutatsiyaviy bo‘lishi mumkin. 
    Ulovchi kontaktlar bir tokli qismni ikkinchisiga ulab turadi, kommutatsiyaviy 
    kontaktlar esa elektr tarmoqlarni ulash, ajratish yoki boshqacha ulash uchun 
    xizmat qiladi. Ulovchi kontaktlar konstruksiyasiga ko‘ra qismlarga ajraluvchi 
    (boltli, vintli) yoki ajralmaydigan (payvandli, ezib ulangan, paykali) bo‘ladi. 
    Kontaktlar yana qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan; geometrik shakli bo‘yicha tabiiy, 
    sun’iy; vazifasiga ko‘ra asosiy, qo‘shimcha, uchqun so‘ndiruvchi va boshqa turda 
    bo‘ladi.
    Kontaktlar holati asosiy va yordamchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlanadi. 
    Asosiylariga o‘tish qarshiligi, kuchlanishning pasayishi, kontaktlar harorati; 
    yordamchilariga kontaktlanish yuzasi, kontaktlarni yopishish (qisilish) kuchi, 
    ochilishi va o‘tib turishi bo‘lishi mumkin. Kontakt yuzalarning bir-biriga tegib 
    turgan joyining qarshiligi turli faktorlar ta’sirida ortib boradi (kontakt Yuzasining 
    kamayishi, notekisligi, gaz moy, oksid katlami paydo bo‘lishi, kontakt 
    yuzalarining ifloslanishi va hokazo). Kontakt yuzasining qarshiligi asosan uning 
    mikrorelefiga, qisilish kuchiga va materialiga bog‘liq bo‘ladi. 4.4-rasmda qisilish 
    kuchi bilan kontakt qarshiligi orasidagi bog‘liqlik ko‘rsatilgan. Grafikdan ko‘rinib 
    turibdiki, qisilish boshida o‘tish qarshiligi tez kamayadi, chunki kontakt Yuza 
    ortib boradi, keyinchalik R
    k
    ma’lum bir qiymatda barqarorlashadi. Bu kritik 
    qisilish kuchi qayd qilinadi. Qisilish kuchi kamaytirilganda egri chiziq pastroqdan 
    o‘tadi, chunki kontakt yuzasi zichlanibroq qoladi. Bu natijalardan foydalanib 
    ekspluatatsiya davrida kontakt yuzalarining qisilish kuchi me’yorlari belgilanadi
    Kontaktlarda kuchlanishning pasayishining ruhsat etilgan miqdorlari asosan 
    kontaktlar materialiga bog‘liq bo‘ladi. U 0,4kVgacha tarmoqlar uchun quyidagi 
    miqdorlar belgilangan: kumush kontaktlar uchun–0,01-0,04 V, temir kontaktlar 
    uchun-0,02…0,05 V. Ekspluatatsiya davrida kontaktlar qarshiligi ortib boradi. 
    Kontaktda doimo joul isroflari (I

    R t) bo‘lib turadi, shuning uchun kontaktlarda 
    o‘tish harorati boshqa qismlaridan Yuqoriroq bo‘ladi. Natijada kontakt yuzalarida 
    oksid qatlami (plyonka) paydo bo‘ladi va uning qalinligi ortib boradi, kontakt 
    qarshiligi ham ortib boradi. Bu esa o‘tish joyining qo‘shimcha qizishiga olib 


    163 
    keladi. Elektr maydon va harorat, mexanik kuch ta’sirida kontakt yuzasidagi 
    plyonka emirilib turadi. Bu jarayon bir necha bor takrorlanganda kontakt Yuzasi 
    notekislanib, qarshiligi ortib, qiziydi va yaroqsiz holga keladi. Kontakt yuzalar 
    ishonchli ishlab turishi uchun kommutatsiya yuzalarining harorati me’yoriy 
    qiymatlaridan ortmasligi zarur. Masalan mis kontaktlar uchun + 85
    o
    S; kumush 
    kontaktlar uchun + 240
    o
    S; apparatlarning ichki qismida joylashgan mis kontaktlar 
    uchun + 95
    o
    S; maxsus qoplamali kontaktlar 105-135
    o
    S (atrof-muhit harorati 45
    o

    bo‘lganda).
    4.4-rasm. Bosilish kuchi oshganda (1) va kamayganda (2) kontakt joyining o‘tish 
    qarshiligining o‘zgarishi.
    Kontaktlarning zichlanib turish uzasi ularning emirilish darajasi va sozlanish 
    sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Qurilma soz bo‘lsa kontakt yuzalar 70% dan kam 
    bo‘lmagan zichlanish yuzasiga ega bo‘ladi. Kontaktlarning ochilib turishi-bu 
    ularning ajralgan holda kontaktlar orasidagi masofadir (4.5-rasm) Apparat turiga 
    va xiliga qarab bu masofa 3 mm dan 50 mm gacha bo‘ladi. 
    Kontaktlarning o‘tib turishi bu ularni qo‘zg‘aluvchi kontaktning


    164 
    ulangan holatidan keyingi tegib turib harakatlanish masofasidir. Past kuchlanishli 
    apparatlar uchun bu masofa 3…6 mm ni tashkil qiladi.
    Qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas kontaktlar orasidagi botinish va o‘tib ketish 
    masofasini aniqlash: 1-qo‘zg‘almas kontakt, 2-qo‘zg‘aluvchan kontakt.
    Kontaktlarning o‘tish qarshiligi doimiy va o‘zgaruvchan toklarda o‘lchanadi. 
    Bunda M-246, F-415 tipli mikroampermetrlar ishlatiladi. Yangi kontakt joyida 
    o‘tish qarshiligi jami qurilma ekvivalent qarshiligidan 1,2 barobargacha ortishi 
    ruhsat etiladi. Ekspluatatsiya davomida kontakt qarshiligi ortadi, lekin dastlabki 
    qiymatidan 1,8 barobargacha ortishi ruhsat etiladi. O‘tish joyidagi kuchlanishni 
    aniqlash uchun kontaktlardan nominal tok o‘tkazib millivolmetr bilan potensiallar 
    farqi o‘lchanadi. yuklama sifatida turli xil stendlar ishlatiladi. Kontaktlardagi 
    kuchlanishning pasayishi jami qurilmadagi miqdoridan 1,1…1,2 qismini tashkil 
    qilishi mumkin. Lekin 1,7 dan katta bo‘lib qolsa apparat kontaktlari ta’mir qilinishi 
    zarur 

    Download 5,43 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish