• 12-mavzu: Elektr uskunalarning profilaktik sinovlari. Reja: 4. Texnik ekspluatatsiya qoidalari. 5.
  • Mutaxassislikka kirish




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/75
    Sana06.02.2024
    Hajmi5,43 Mb.
    #152291
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75
    Bog'liq
    Elektr uskunalarini tamirlash

    Nazorat savollari:
    1. 
    Elektr motorlarini ishdan chiqishi? 
    2. 
    Og‘ir atrof muhit sharoiti qanday? 
    3. 
    4A, 5A, A02-SX seriyali motorlarga ta’rif bering? 
    4. 
    Elektr uskunalarning ishonchliligini oshirish usullari? 


    159 
    12-mavzu: Elektr uskunalarning profilaktik sinovlari. 
    Reja: 
    4. 
    Texnik ekspluatatsiya qoidalari. 
    5. 
    Sinovlar hajmi va me’yorlari. 
    6. 
    Profilaktik sinovlar. 
    Elektr uskunalar turli puxtalikka ega bo‘lgan bir necha qismlardan iborat 
    bo‘ladi. Uning biror qismining yaroqsiz holga kelishi butun elektr uskunaning 
    to‘xtab qolishiga olib keladi, ishlab chiqarishga zarar etkaziladi, ish mashinalari va 
    agregatlar turib qoladi. Ayniqsa kutilmagan to‘xtab qolishlar xavfli bo‘ladi. Bunday 
    to‘xtab qolishlarni oldini olish uchun, ko‘rsatkichlari pasayib ketgan elementlarni 
    o‘z vaqtida topish va almashtirish uchun profilaktik diagnostika tadbirlari o‘tkazib 
    turiladi. Energetika tizimlarida bunday diagnostika profilaktik sinovlar yoki 
    tekshirish o‘lchovlari deyiladi. Texnik ekspluatatsiya qoidalariga ko‘ra va 
    korxonalarda elektr uskunalarni ekspluatatsiyasini tashkil qilish bo‘yicha uslubiy 
    qo‘llanmalarga asosan texnik xizmat ko‘rsatish va ta’miridagi sinovlaridan tashqari 
    mustaqil tadbirlar sifatida profilaktik sinovlar o‘tkazib turiladi. Sinovlar hajmi va 
    me’yorlari zavod tayyorlab bergan yo‘riqnomalari va elektr uskunalar 
    ekspluatatsiyasi tajribalariga asoslanib aniqlanadi. Bu sinovlar texnik ekspluatatsiya 
    qoidalarining tarkibiy qismi bo‘lib qolgan va korxonalarning energetika xizmati 
    tomonidan bajarilishi majburiydir. Profilaktik sinovlarda birinchi navbatda elektr 
    uskunalarning izolyasiyasiga e’tibor beriladi, chunki izolyasiya ularning eng nozik 
    elementi bo‘lib, eng tez eskiradi, yaroqsiz holga keladi.
    Qishloq va suv xo‘jaligida ekspluatatsiyada bo‘lgan asosiy elektr uskunalar 
    izolyasiyasining profilaktik sinovlari uchun ko‘rsatmalar 4.1jadvalda keltirilgan. 
    Izolyasiyasini qarshiligini o‘lchash bilan birga elektr uskunaning profilaktik 
    sinovlarida uning boshqa ko‘rsatkichlarini ham o‘lchab olinadi. Kuch 
    transformatorlarining izolyasiyasi tekshirilganda R
    60
    ifodadan aniqlanadi. K
    ab
    miqdori absorbsiya koeffitsienti K
    ab 
    R15 zavodda belgilangan qiymatidan 30% dan 
    ko‘proq kamayishi izolyasiyaning nam torta boshlaganini, K
    ab 
    1,3 bo‘lsa, uning 
    ekspluatatsiyaga yaroqsiz ekanligini bildiradi. Izolyasiya quritilib, keyin 
    transformator tarmoqqa ulanadi. Yana cho‘lg‘amlarining qarshiligi doimiy tokda
    o‘lchab ko‘riladi, uning miqdori me’yoridan ±2% dan kam farq qilishi kerak. Havo 
    quritish filtrlarining silikageli holati tekshiriladi. Silikagel zarrachalari bir tekis havo 
    rangda bo‘lishi zarur.
    Quvvati
    630 kVA dan
    yuqori
    termosifon
    filtrli
    kuch
    transformatorlarining moyi 5 yilda bir sinab turiladi. Bunda moyning elektr 
    mustahkamligi mexanik aralashmalar miqdori, kislotali raqami, alanga olish harorati 
    o‘lchab ko‘rib aniqlaniladi.
    4.1-jadval
    Elektr uskunalarning izolyasiyasining qarshiligini profilaktik o‘lchash muddatlari va 
    me’yorlari


    160 
    T. 
    r. 
    Elektr o‘tkazgich va 
    jihoz turi, 
    nomlanishi 
    Izolyasiya qarshiligini 
    tekshirish uslubi 
    bo‘yicha yo‘riqnoma 
    (megommetr kuchlanishi, 
    o‘lchash davriyligi va h.k.) 
    Qarshilik me’yori, 
    M Om 





    Kuch va yoritish 
    tarmoqlari; 
    taqsimlash 
    vositalari, shchitlar; 
    0,38…0,66 kV li 
    elektr jihozlar 
    1000 V. Quruq binolarda 6-
    yilda bir marta o‘lchanadi. 
    O‘ta zax, issiq xonalarda, 
    ochiq atmosferada 
    o‘rnatilgan va kimyoviy faol 
    moddalar bo‘lgan muxitda 
    yilda bir. Biror faza bilan er 
    oralig‘ida o‘lchanadi. Elektr 
    tarmoq uziladi 
    0,5 

    1 kV gacha 
    kuchlanishli kuch 
    kabel tarmoqlari 
    2500 V. Muqobil ishlovchi 
    elektr uskunalarida 5 yilda 
    bir, mavsumiy ishlaydigan 
    elektr uskunalarda-mavsum 
    oldidan o‘tkaziladi 
    0,5 

    35 kV gacha bo‘lgan 
    kuch 
    transformatorlarda 
    2500 V. Muddati 
    yo‘riqnomalar bo‘yicha 
    ekspluatatsiya sharoitidan 
    kelib chiqib aniqlanadi 
    Avvalgi miqdoridan
    70% dan ko‘p 
    bo‘lishi kerak 

    U =0,66 kV li elektr 
    motorlarda (stator 
    chulg‘amlarida) 
    1000 V. PPREsx bo‘yicha 
    kamida 2 yilda 1 marta 
    1,0 - t = 20°C 0,5 - t 
    =60°S 

    Qo‘lda ishlatiladigan 
    asboblar va ko‘chma 
    yoritgichlar 
    500 V. Muddatlari PPREsx 
    bo‘yicha kamida 6 yilda
    1 marta o‘tkaziladi 
    0,5 
    Elektrodli suv qizdirgichlarda (elektrodli qozonlarda) suvning solishtirma 
    qarshiligi o‘lchanadi, 20
    0
    S haroratli suvning solishtirma qarshiligi 10…50 Om·m 
    bo‘lishi kerak. Elektr qozondagi himoya vositalarining ishlashi ham tekshirib 
    ko‘riladi. Havo elektr uzatish tarmoqlari uchun gabarit o‘lchamlari, izolyatorlari, 
    simlarning 
    ulangan 
    joylari, 
    yog‘och 
    tayanchlardagi emirishlar, 
    himoya 
    elementlarining holati tekshiriladi.
    Erga ulanish qurilmalari qarshiligining profilaktik o‘lchovlari POOR 
    sistemasi bo‘yicha, kamida 3 yilda bir marta bajariladi. O‘lchovlar yilning eng 
    quruq mavsumlarida bajariladi. Erning solishtirma qarshiligi 
    ρ≤100 Om·m 
    bo‘lganda qayta erga ulanishlar qarshiligi R
    ≤30 Om, transformatorlarning 


    161 
    neytrallari qarshiligi R
    ≤40 Om bo‘lishi zarur. Potensiallarni tekislovchi qurilmalar 
    ham har yili tegib ketish kuchlanishi miqdorini o‘lchab tekshiriladi.

    Download 5,43 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish