155
10-mavzu: Elektr uskunalarni rezervlash.
Reja:
1.
Elektr uskunalarini rezervlash.
2.
Yangi texnikaning imkoniyatlari.
3.
Rezerv fondi normativlari.
Elektr uskunalarini rezervlash. Qishloq va suv xo‘jaligini
elektrlashtirish
yangi progressiv strukturaviy o‘zgarishlarga olib keladi. Yangi texnikaning
imkoniyatlari ular elementlarining yuqori ishonchliligida namoyon bo‘ladi, eng
avvalo
elektr uskunalarda, chunki ular ishdan chiqsa texnologik jarayon
samaradorligini saqlagan holda o‘rniga boshqasi bilan
almashtirish qiyin masala
bo‘lib qoladi. Qishloq va suv xo‘jaligi sharoitida mashinaning to‘xtab qolish
faqtidan ko‘ra uning to‘xtab turish muddati muhimroq o‘rin tutadi. Ya’ni texnologik
mashinalarni to‘xtab turish muddatlari
meyoridan ortib ketsa, mahsulot sifati
buziladi, ko‘plab o‘simlik yoki chorva moli halok bo‘ladi. Oqibatda katta iqtisodiy
zarar ko‘riladi. Elektr uskunalarini ishdan chiqishida texnologik to‘xtab kolishlarni
oldini olish to‘xtab turish muddatlarini kamaytirish
uchun elektr uskunalar
rezervlanadi.
Rezerv elektr uskunalar mikdorini, nomenkleturasini to‘g‘ri
belgilash ularni
to‘xtab qolish zararlarini kamaytirib texnololgik jarayonni uzluksiz ishlashini
ta’minlaydi. Rezerv fondi normativlarda yoki optimallashtirish yo‘li
bilan
aniqlanadi. Bunda har bir jihoz uchun rezerv fondi me’yori belgilangan bo‘ladi va
shu me’yorlarga rioya qilinadi (3.7-jadval). Lekin bu erda me’yoriy hujjatlar har bir
obyekt sharoitini hisobga olmaydi va optimallashtirish uslublarigina rezerv
fondining aniq qiymatlarini aniqlaydi.
3.7-jadval
Xo‘jalikdagi elektr uskunalarning rezerv fondi me’yorlari
№
Elektr uskuna turi
Bir xil tip
o‘lchami.el
uskuna soni
Rezerv me’yorlari
Ekspl-dagi
el.uskunalardan %
mikdori.
Minimal
soni
1
3 fazali
elektr motor
20 tagacha
21-50
51-100
>100
14(1qat) 10 (2qat)
10 8 6 4
4 2,5
1
1
2
3
2
Magnit yuritkich
<20
21-200
>200
10
6
4
0
1
3
3
Avtomat ajratkich
<20
21-200
>200
10
5
3
0
1
2