Iqtisodiy mezonlar bo‘yicha tanlash




Download 5,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/75
Sana06.02.2024
Hajmi5,43 Mb.
#152291
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75
Bog'liq
Elektr uskunalarini tamirlash

Iqtisodiy mezonlar bo‘yicha tanlash. 
Elektrotexnik sanoatimiz o‘zaro almashtiruvchi turli xil tip-o‘lchamli elektr 
jihozlar ishlab chiqarmoqda. Ularni texnik mezonlar bo‘yicha tanlanganda bir xil 
ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishimiz mumkin. yanada mukammalroq tanlanshi uchun 
elektr uskunaning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisobga olinadi va eng samarali 
echimlar qabul qilinadi. Bu holda faqat mazkur uskunani emas, undan foydalanish 
oqibatida yuzaga keladigan texnologik obyektlar, elektr ta’minot tarmoqlari 
ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar ham hisobga olinadi. Ya’ni elektr uskuna tanlashda 
iste’molchi elektrtexnologiya-texnologik jarayon - xizmat ko‘rsatish kompleksi 
yaxlit ko‘rib chiqilishi zarur. Bunda birlanchi ma’lumotlar 4 guruhga ajratiladi: 1-
elektr ta’minot sharoitlari (ta’minlovchi transformator quvvati past kuchlanishli 
tarmoq uzunligi va sim markasi…)


121 
2 – foydalanish sharoitlari (vazifasi, quvvati, aylanishlar soni, sutka, yil 
davomida yuklanishi, bandligi, to‘xtab qolish muddatlari (ruhsat berilgan), to‘xtab 
qolishdan yuzaga keluvchi zarar).
3 – ravon ishlab turishini buzuvchi omillar (iqlim-sharoitlari-atrof muhit 
sharoitlari avariya rejimlar ko‘pligi, strukturasi).
4 – texnik ekspluatatsiya ko‘rsatkichlari (texnik xizmat ko‘rsatish harajatlari, 
to‘xtashlar soni, to‘xtab qolishlar davomiyligi).
Ikki xil variantni ko‘rib chiqamiz.
1 – umumiy sharoit uchun ishlangan elektr motor
2 – ishonchliligi oshirilgan qishloq va suv xo‘jaligi uchun maxsus ishlangan 
motor.
Elektr uskunalarning balans qiymati - K1va K2 .
Ta’mir harajatlari - Z
r
1,Z
r

To‘xtab qolishdan texnologik zarar - U1,U2.
Ishonchliroq elektr motor qimmatroq bo‘ladi: K2 K1, lekin ta’mir
Z
r
1 Z
r
2va texnologik zarar ko‘proq U1 U2 bo‘ladi, chunki ikkinchi variantda 
motor kamroq to‘xtab qoladi, ta’mirlar kam bo‘ladi. Bularni hisobga olib birinchi va 
ikkinchi variantlardagi keltirilgan harajatlar quyidagicha bo‘ladi:
Demak, qishloq va suv xo‘jaligi sharoitida qo‘shimcha harajatlar 
ekspluatatsion harajatlardan kam bo‘lsagina samarali bo‘ladi. Odatda bo‘lsagina 
iqtisodiy jihatdan samarali deb hisoblanadi.
Yillik harajatlarni to‘xtashlar intensivligi bilan bog‘lab ko‘ramiz.
Kapital ta’mir qiymati K
k.r.1
va K
k.r.2
bo‘lsa, harajatlarnisbiy texnologik zarar
U-to‘xtashdan kelgan zarar miqdori K
2
-kapital ta’mir harajatlari.
Iqtisodiy nuqtai nazardan samaraliroq elektr uskunalar tanlash mezonlari faqat 
atrof muhit sharoiti ko‘rsatkichlariga bog‘lik bo‘lmay, balki elektr uskunalarning 
to‘xtab qolishlari intensivligi bilan, almashtirilgan samaradorli uskunalar salmog‘i 
bilan, to‘xtab qolishlari oqibatida yuzaga keluvchi texnologik zarar bilan aniqlanadi. 
Elektr uskunalarning bajarilishini iqtisodiy mezonlar bo‘yicha tanlash uchun 
3.4formuladan yangi ishlanishli qurilmaning ruhsat etilgan qimmatlashish miqdori 
aniqlanib, yangi qurilma narhlarining hisobiy qiymatlarini haqiqiy (preyskurant 
bo‘yicha) qiymatlari bilan solishtirib ko‘riladi, natijada takomillashtirilgan va 
nisbatan yangi elektr qurilma olinadi.
Hisoblarga asoslanib ishlab turgan motorlardan 15–20% qimmatroq bo‘lgan 
qishloq va suv xo‘jaligi elektr motorlari uchun samarali foydalanish zonalari 
aniqlangan (3.1-rasm).
Grafikdan
ko‘rinib 
turibdiki, 
yangi qishloq va suv xo‘jaligi elektr 
motorlarning qo‘llanilishi har qanday 
to‘xtab qolishlar intensivligi va to‘xtab 
qolishlarning
kamayish miqdorida 
iqtisodiy samarali bo‘ladi, qachonki 
texnologik zarar u 1 
bo‘lsa, 


122 
ya’ni
mas’ul texnologik tizimlarda.
Elektr uskunalarni quvvati bo‘yicha tanlash elektr uskunalar quvvatini 
tanlash masalasini keltirilgan harajatlar mezoni bo‘yicha bajarilishi mumkin. 
Ularning texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tanlanganda elektr motor quvvatini 
texnologik mashina quvvatiga mos tanlash har doim ham to‘g‘ri aniq 
bo‘lavermaydi, ya’ni elektr uskuna quvvati katta yoki teng bo‘lishi mumkin. 
Ko‘plab uskunalar qabul qilinganda bu farq katta zararga olib kelishi mumkin. 
Kamroq quvvatli kurilish qabul kilinsa ishonchliligi pasayadi, kattaroq quvvatli 
qabul qilinsa, kapital harajatlar ortadi energetik ko‘rsatkichlar pasayadi. Iqtisodiy 
mezon har bir tipo‘lchamli elektr uskunaning maqsadga muvofiq yuklanish 
diapazonini aniq belgilash imkonini beradi. Bu diapazon yuklanishning iqtisodiy 
samarali diapazoni deyiladi. Bu diapazon har bir elektr uskunaning kutiladigan 
ekspluatatsiya sharoitidan, tip-o‘lchamidan (razmeridan) kelib chiqib, keltirilgan 
harajatlar tenglamasi tahlilidan kelib chiqib aniqlanadi.
Bu diapazon quyidagi 3.3 va 3.4-jadvallarda keltirilgan.
3.3-jadval
Asinxron motorni yuklanishining iqtisodiy samarali oraliqlar
Motorning 
nominal quvvati, kVt 
Ekspluatatsiya sharoitlarida yuklanish oraliqlari, 
(kVt) 
Yengil 
O‘rta 
Og‘ir 
1,1 
0,60-1,10 
0,50-1,00 
0,45-0,95 
1,5 
1,11-1,50 
1,01-1,40 
0,96-1,30 
2,2 
1,51-2,20 
1,41-1,90 
1,31-1,90 
3,0 
2,21-3,00 
1,91-2,80 
1,91-2,60 
4,0 
3,01-4,00 
2,81-3,70 
2,61-3,50 
5,5 
4,01-5,50 
3,71-5,20 
3,51-5,00 
7,5 
5,51-7,50 
5,21-6,30 
5,01-6,00 
11,0 
7,51-11,00 
6,31-10,00 
6,01-9,20 
15,0 
11,10-15,00 
10,10-13,00 
9,21-12,50 
18,5 
15,10-18,50 
13,10-17,00 
12,60-
16,00 
22,0 
18,60-22,00 
17,10-20,00 
16,10-
19,00 
Elektr uskunalarning iqtisodiy samarali 
yuklanish 
oraliri 
keltirilgan 
xarajatlar 
chiziqlarining kesishish nuqtalari bo‘yicha 
aniqlanadi (3.2-rasm). Ya’ni shu iqtisodiy 
interval oralig‘ida shu elektr uskuna eng 
kam keltirilgan xarajatlarga ega bo‘ladi.
3.2-rasm. Elektr motorning iqtisodiy 
samarali yuklanish oralig‘ini aniqlash uchun 
grafiklar. R

-motor quvvatlari; S-xarajatlar.


123 
3.4-jadval
6-10/0,4 kV kuchlanishli ta’minlovchi transformatorlarni
yuklanishining iqtisodiy samarali oraliqlari 
yuklama turi 
Transformator nominal quvvati, kVA 
25 
63 
16 

400 
Kommunal-maishiy 
iste’molchilari 
45 gacha 
76-120 
151-315 
346-630 
Ishlab chiqarish obyektlari 
45 gacha 
86-125 
161-320 
356-620 
Aralash 
50 gacha 
86-115 
151-295 
331-565 
Tovuq fermasi 
45 gacha 
86-115 
151-295 
331-560 
Sut tovar fermasi 
45 gacha 
86-115 
146-300 
331-570 
Cho‘chqa boqish fermasi 
50 gacha 
91-125 
151-295 
331-560 
Issiqxona 
55 gacha 
96-130 
171-360 
401-740 
Don tozalash punkti 
65 gacha 
111-155 
206-405 
451-820 
Qishloq va suv xo‘jaligidagi elektr yuritmalar ekspluatatsiyasida turli 
avariyali holatlar yuzaga keladi; jumladan texnologik ortiqcha yuklanish, to‘liqsiz 
fazada qolishi va fazalar nosimetriyasi, rotorni siqilib qolishi, sovitish sharoitini 
yomonlashuvi, izolyasiyasining namlanishi va boshqalar. Bu avariya holatlarda 
elektr uskunalar (motor) ishdan chiqmasligi uchun u ishonchli himoya qilinishi va 
tarmoqdan o‘z vaqtida ajratilishi zarur. Elektr motorlarning texnologik ortiqcha 
yuklanishi deb texnologik mashinalarning qarshilik momenti yoki tezligi o‘zgarishi 
oqibatida motorlarda ortiqcha tok bo‘lishiga aytiladi. Bu holda motorlar qizib 
ishlaydi, izolyasiyasi ortiqcha qizishdan eskiradi, o‘zining izolyasiyalovchi 
xususiyatlarini yo‘qotadi, elastikligi ketadi, sekin asta emiriladi va yaroqsiz holga 
keladi. To‘liqsiz fazada ishlash rejimi biror fazasi uzilganda, yoki eruvchi saqlagich 
erib ketganda, ulanish joylarida nosozliklar bo‘lganda yuzaga keladi. Bu holda 
fazalar orasida tok va kuchlanishlar qayta taqsimlanadi, motor tez ishdan chiqadi, 
ishlab tursada, u qizib ketadi. To‘liqsiz fazada ish rejimiga ayniqsa kam va o‘rta 
quvvatli motorlar sezgir bo‘ladi. Masalan R 20kVt li motorlar uchun ortiqcha 
yuklanish 50% bo‘lganda xavfli bo‘lsa, R 20kVt quvvatli motorlarda 25% ortiqcha 
yuklanish xavfli rejimlardan hisoblanadi. Motor bu holda qisqa tutashuv rejimida 
qoladi. Motor tezda kuyib ketadi, chunki chulg‘amlardan (57)I
n
toki og‘adi. 10-15 
sek. da motor harorati ruhsat berilgan qiymatidan ortib ketadi. Kichik va o‘rta 
quvvatli motorlada qizish doimiysi kichik bo‘ladi va rotorning to‘xtab qolishi katta 
xavf tug‘diradi. Himoya vositalariga qo‘yiladigan asosiy talab shundan iboratki, ular 
elektr motorni turli nonormal va avariya rejimlarida qizishiga yo‘l qo‘ymasliklari, 
tarmoqni o‘z vaqtida ajratishlari lozim. Himoya vositasi motorni ortiqcha 
yuklanishida uning quvvatidan to‘laroq foydalanish imkoniyatini berishi, ya’ni 


124 
ruhsat berilgan haroratga yaqin haroratda ishga tushishi zarur. Qisqa muddatli 
ortiqcha yuklanish rejimlarida esa motor ishonchli ishlab turishi lozim. Shu bilan 
birga himoya vositalari o‘ta yuqori yuklanishlarda motorni tarmog‘dan o‘z vaqtida, 
tez ajratishi va tez sovib yana qayta ishga tushirilishiga tayyor bo‘lib turishi lozim. 
Ular qishloq va suv xo‘jaligi sharoitlarida ishonchli ishlab turishlari, foydalanishga 
qulay bo‘lishlari, turli rejimlarda universal bo‘lishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Bizga himoya vositalarining ko‘plab turlari ma’lum. Ular vazifasiga ko‘ra uch 
guruhga bo‘linadi.
1. 
Maxsus himoya vositalari, ma’lum bir ko‘rsatkich bo‘yicha ishga tushadi, 
biror xil avariya rejimidan himoya qiladi.
Bu kurilmalarga EL-8, EL-10, E-511, ROF, RNF kiradi, ular to‘liqsiz fazada 
yoki fazalar nosimmetriyasidan himoya qiladi.
Saqlovchi muftalar-rotorni to‘xtab qolishidan himoya qiladi.
ZOUP, RUD-izolyasiya qarshiligi me’yordan pasayib ketganda tarmog‘ni 
ajratadi.
2. 
Universal vositalar bir necha avariya rejimlaridan himoya qiladi. Bunda 
motorning biror bir kattaligi, masalan tok bo‘yicha nazorat qilinishi mumkin. bu 
guruh vositalariga RTT, RTL, TRN, TRA-issiqlik relelari, UVTZ, FUZ va boshqa 
qizishdan himoya vositalari.
3. 
Uchinchi guruh himoya vositalariga kompleks himoya vositalari kiradi, ular 
barcha avariya rejimlarida elektr motorlarni himoya qiladi, bir necha ko‘rsatkichlar 
bo‘yicha ishga tushishi mumkin. Bu guruhga UZ-1, ShEP-5802 boshqarish 
stansiyasi «KASKAD» va boshqalar kiradi. Nazorat qilinayotgan kattalikka qarab, 
barcha himoya vositalari bo‘lishi mumkin tok, issiqlik, harorat, fazaviy, kuchlanish 
va kompleksli bo‘ladi. Himoya vositalarini texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha tanlash. 
Himoya vositasini tanlash uchun avariya rejim strukturasini aniqlash kerak. Avariya 
rejimidagi eng muhim ko‘rsatkichni belgilab olib, konkret elektr kuch qurilmasining 
kattaliklari va qiymatlari bo‘yicha himoya vositasining ishga tushish holati
(ustavka) aniqlaniladi. Izlanishlar natijasida har bir ximoya vositasining samarali 
foydalanish oraliqlari belgilangan. Nisbatan doimiy, kam o‘zgaruvchi yuklamali 
elektr motorlarda issiqlik relesi tavsiya qilinadi. Doimiy yuklanishli motorlar uchun 
faza o‘zgarishlariga sezgir himoya vositalari o‘rnatiladi (nasos, ventilyatorlar uchun) 
4. 
Agrosanoat 
majmuasida 
turli 
texnologik 
mashinalar
elektr yuritmalari uchun quyidagi himoya vositalari tavsiya etiladi
T.r.
Korxona,
obyekt nomi 
Ish mashinasining 
nomlanishi 
Elektr motor 
quvvati R, kVt 
Tavsiya
etiladigan
himoya vositasi 

Chorvachilik 
fermalarida 
Ozuqa tarqatish va 
go‘ng tozalash 
transportyorlari 
R < 1,1 
R > 1,1 
RTL, RTT 
FUZ-M, UVTZ-
1M 
Minorasiz suv 
nasoslari 
R < 1,1 
R > 1,1 
RTL, RTT FUZ-



125 

Nasos stansiyalari 
Minorali suv nasoslari 
R > 11 
R < 11 
RTL, TRN, RTT 
FUZ-M 
Ventilyator, 
elektrokalorifer 
R < 4 4 < R < 
11 R > 11 
RTL, TRN, RTT 
RTL, RTT 
FUZ-M 
Vakuum nasosi 
har qanday 
RTL, RTT, FUZ-


Ozuqa sexi, ochiq 
maydonlar 
Transportyor 
R < 1,1 
R > 1,1 
RTL, RTT, FUZ-
M UVTZ-1M 
Ozuqa maydalagich, 
ezgich, aralashtirgich 
har qanday 
UVTZ-1M 

Parnik, issiqxona 
Nasos 
R < 1,1 
R > 1,1 
RTL, RTT FUZ-

Tuproqqa ishlov berish 
mashinalari 
R < 1,1 
R > 1,1 
RTL, RTT FUZ-


Tovuq fermasi, 
inkubator 
Transportyor 
R < 1,1 
R > 1,1 
RTL, RTT, FUZ-
M UVTZ-1M 
Ventilyator 
R > 1,1 
R < 1,1 
RTL, RTT FUZ-


Xo‘jalik xususiy 
sug‘orish 
nasoslari 
Nasos, jumladan suv 
ostida ishlovchi 
R < 1,1 
R > 1,1 
RTL, RTT FUZ-


Download 5,43 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75




Download 5,43 Mb.
Pdf ko'rish