104
2-mavzu: Elektr uskunalarining ko‘rsatkichlari.
Reja:
1.
Elektr uskunaning sifat xossalari.
2.
Nominal ko‘rstakichlar.
3.
Ishchi ko‘rsatkichlari.
Elektr uskunaning u yoki bu ekspluatatsion
talablarga javob bera
oladiganligini ko‘rsatuvchi sifat xossalari va ko‘rsatkichlari ekspluatatsion
ko‘rsatkichlar (EK) deyiladi. Ular xossalariga ko‘ra nominal, ishchi, yakuniy
bo‘lish mumkin.
Nominal ko‘rstakichlar bu elektr uskunaning yasalgan (tayyorlangan)
zavoda, pasportida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlaridir. Bu ko‘rsatkichlar sinab ko‘rib,
uskunaning konstruktiv ishlanishidan kelib aniqlanadi.
Ishchi ko‘rsatkichlari-elektr uskunaning ma’lum bir ish sharoitida
ekspluatatsiya qilinayotganligida ko‘rsatgan kattaliklaridir.
Yakuniy ko‘rsatkchilar-bu elektr uskunaning ma’lum bir mavsum yoki
ekspluatatsiyasi muddatlaridagi o‘rtacha ko‘rsatkichlaridir.
Ishonchlilik-berilgan rejim va ekspluatatsiya sharoitlarida elektr
uskunaning
o‘z nominal (ish) ko‘rsatkichlarini saqlab, texnologik jarayonda o‘z funksiyasini
bajarish qobiliyatidir.
Ishonchlilik holatiga qarab elektr uskuna bo‘lishi mumkin.
Soz holatda-barcha ish ko‘rsatkichlari konstruksiyasidan kelib chiqib
belgilangan nominal ko‘rsatkichlariga mos bo‘ladi.
Nosoz holatda-biror ko‘rsatkichi nominal ko‘rsatkichlariga mos kelmagan.
Ish bajara oladigan holatda-biror vazifani bajarishi uchun zarur ko‘rstakichlari mos
keladi. Ish bajara olmaydigan holatda-ish bajara oladigan holatning biror
ko‘rsatkichi mos emas.
Uskuna ish bajara oladigan, lekin nosoz bo‘lsa u
zararlangan deyiladi. Uskuna ish bajara olmaydigan holatda bo‘lsa, u to‘xtab
qolgan bo‘ladi.
Uskunadagi nosozlik yo‘qotila olinsa, u tuzatishga yaroqli, aks holda
tuzatishga yaroqsiz deyiladi. Elektr uskunaning soatlarda yoki yillarda ko‘rsatilgan
ish vaqti uning resursi deyiladi. Elektr uskunaning ma’lum bir muddatda o‘z ishchi
holatini saqlab, texnologik jarayonda ish bajara olishi to‘xtamay ishlashi bilan
xarakterlanadi.
Chidamlilik-elektr uskunaning konstruksiyasi
imkoniyatlari darajasida
ta’mirgacha ishchi holatini saqlay olish qobiliyatiga aytiladi; u xizmat muddati va
resursi bilan xarakterlanadi. Xizmat muddati-elektr uskunaning konstruksiyasi yo‘l
qo‘yganicha ishlatilish vaqti. Resurs– emirilishigacha mumkin bo‘lgan ishchi
muolajalar soni yoki bajarishi mumkin ish hajmi.
Elektr uskunaning emirilish holati (yoki ta’mir holati)
uning texnik va
iqtisodiy mezonlari bilan xarakterlanadi. Texnik mezonlari bu elektr uskunaning
konstruktiv emirilish ko‘rsatkichlaridir (zazorlar, kontakt Yuzalari, izolyasiya holati
va boshqalar). Iqtisodiy mezoni keltirilgan harajatlar miqdori bilan baholanadi.
105
bu erda Z-keltirilgan xarajat; E
n
-kapital mablag‘larni qoplanish me’yoriy
koeffitsienti, K-kapital xarajatlar; I-ekspluatatsiya xarajatlari.
Ko‘pincha elektr uskunaning ekspluatatsiya sharoitiga qarab uning
ekspluatatsion ishonchliligi konstruktiv ishonchliligidan farq qilishi mumkin. Elektr
uskunaning ishonchli ishlashini baholashda uning to‘xtab
qolishlari soni muhim
o‘rin tutadi. Bu kattalik obyektiv va sub’ektiv sabablarga ega, bundan tashqari
elektr uskunaning to‘xtab qolishining konstruktiv,
ishlab chiqarish va
ekspluatatsiyaviy
sabablari
bo‘lishi
mumkin.
Konstruktiv
sabablari
loyihalashtirishda yo‘l qo‘yilgan xatolardan kelib chiqadi (zapas koeffitsienti
kamaygan, material notug‘ri tanlangan, standart buzilgan va h.k.). Ishlab chiqarish
sabablari elektr uskunani yasashda yo‘l qo‘yilgan xatoliklardan kelib chiqadi. Bu
nosozliklar va to‘xtab qolish sabablari dastlabki sinovlar va tekshirishlarda yuzaga
chiqadi. Ekspluatatsiya davridagi to‘xtab qolishlar elektr uskunaning ishlatilishi
qoidalarining buzilishi, elektr xizmat xodimlarining
malakasini pactligi, jihozning
tabiiy eskirishi oqibatida Yuzaga keladi.
Har bir elektr uskunaning to‘xtab qolishi u yoki bu obyektiv va sub’ektiv
omillar ta’sirida asosida bo‘lishi mumkin (1.3-rasm). Masalan asinxron elektr
motorda izolyasiyaning namlanishi (-25%), to‘liqsiz fazada qolishi (-20%), ortiqcha
Yuklanishi (-20%), rotor tormozlanib qolgan bo‘lishi (15%) va boshqa sabablar (-
20%) uning to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladi. To‘xtashlarning sabalari yana elektr
uskunaning ishlatilish sharoitiga ham bog‘liq bo‘ladi.
To‘xtab qolishlar yuzaga kelish xarakteriga ko‘ra qo‘qqisdan yuzaga keluvchi
va sekin-asta yuzaga keluvchi bo‘lishi mumkin. Agar elektr
uskuna konstruktiv
nosozlikka ega bo‘lsa, xizmat ko‘rsatuvchi xodim qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ysa, ish
rejimi to‘satdan o‘zgarsa, u o‘z holatini tez o‘zgartiradi va qo‘qqisdan to‘xtab
qoladi. Ekspluatatsiya davomda elektr uskunaning qismlari sekin-asta eskira boradi
va uning ishdan chiqishiga olib keladi
Profilaktik sinov va tekshirishlar eskirgan qismlarni o‘z vaqtida almashtirish
bunday to‘xtab qolishlarning oldini oladi.