N. K. Dadaxonov elekòr-gaz payvandlash




Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/49
Sana25.04.2022
Hajmi2.32 Mb.
#20281
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49
Bog'liq
elektro-gaz payvandlash texnologiyasi2
1-kurs
1.6. Plazmali payvandlash
Yer sharoitida har qanday moddani uchta holatga
(qattiq, suyuq, gaz) o‘tkazish mumkin. Modda o‘ta
yuqori haroratgacha qizdirilsa, u plazma holatiga o‘tadi.
Modda 3000—5000 K haroratgacha qizdirilsa, uning
atomining xossalari o‘zgarib, yangi jarayon hosil qiladi.
Ma’lumki, modda atomlari yadrosi atrofida aylanuv-
chi tashqi elektronlar yadroga ancha bo‘sh tortilib turadi.
Atomlar to‘qnashishi natijasida tashqi elektronlar boshqa
atomlarga o‘tib ketadi, natijada atomlar musbat zaryad-
langan zaryadlarga aylanadi, ya’ni ionlashish hodisasi
sodir bo‘ladi.
Plazma 10000 K va undan yuqori haroratdagi modda-
ning bir holati hisoblanadi va u past haroratli plazma
deyiladi. Yuqori haroratli plazma uchun harorat 10
10 
K
va undan yuqori bo‘ladi.
Laboratoriya sharoitida past haroratli plazmani gazlar-
da har xil elektr razryadlaridan: chaqmoq razryadidan,
elektr yoyidan, yorug‘lik lampalari razryadidan olish
mumkin. Payvandlash va qirqish uchun plazma-yoy olish
qurilmasining sxemasi 12- a, b rasmlarda keltirilgan.
Plazma oqimini olish uchun unda maxsus gorelka yoki
plazmatron qo‘llaniladi. Plazma oqimini to‘g‘ri ta’sir ettirib
payvandlashda payvandlanayotgan mahsulot payvand
zanjiriga ulanadi. Plazma oqimini urinma yo‘nalishda ta’sir
ettirib payvandlashda mahsulot zanjirga ulanmaydi. Bu
2 —
Dadaxonov N.K.
12- rasm. Plazma-yoy olish qurilmasi.
1
5
4
3
2
7
6
à)
b)

1
5
4
3
2
6


18
sxema bo‘yicha payvandlashdan tashqari, boshqa turdagi
ishlov berishni ham amalga oshirish mumkin. Masalan,
kesish, kavsharlash, termik ishlov berish. Bunda metall
va qotishmalar bilan birga metallmaslarga, keramika va
shishalarga ham ishlov berish mumkin.
Plazma oqimini to‘g‘ri ta’sir ettirib payvandlash
usuli (12- a rasm) quyidagicha ishlaydi: plazmatronga
plazma hosil qiluvchi gaz oqimi 3 yuboriladi. Volframli
elektrod 2 va soplo 4 orasidagi yordamchi yoy yoqiladi
(o‘zgaruvchan tokli yuqori chastotali generator yor-
damida). Yordamchi yoyning tokini qarshilik 7 yordamida
rostlash mumkin. Asosiy ishchi yoyi elektrod 2 va mah-
sulot 6 orasida hosil qilinadi. Yoyning siqilgan ustuni
soploda gaz oqimini haydash orqali hosil qilinadi. Plazma
hosil qiluvchi gaz sifatida argon, geliy, azon, vodorod va
bu gazlar aralashmasi qo‘llaniladi. Mahsulotni oddiy sharoit-
da va suvda qirqish uchun havo va suv bug‘i qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda yangi texnologiyalar ishlab chiqaril-
moqda. Shulardan biri mikroplazmali payvandlash texno-
logiyasidir. Uning sxemasi 13- rasmda keltirilgan. Volframli
uchi o‘tkir elektrod 1 (0,8—2 mm diametrda) uning
diametriga mos keluvchi, suv bilan sovitiladigan soplo
2 ichiga o‘rnatilgan. Elektrod soploga chiqish diametri
masofasida aniq qilib o‘rnatiladi. Elektrod va soplo ora-
sidan plazma hosil qiluvchi gaz yuboriladi. Yordamchi
manba 6 yordamida soplo va elektrod orasida doim yonib
turuvchi kichik amperli yoy hosil qilinadi. Plazma hosil
qiluvchi gazni haydash orqali soplo teshigida plazma
oqimi chiqariladi. Mahsulot 4 ga 1—2 mm masofada
gorelkani olib kelinib, asosiy tok manbayi 5 yordamida
ishchi yoyi hosil qilinadi.
Erigan va qizdirilgan metallni himoyalash, ya’ni
plazma ustuni ustuvorligini orttirish uchun kichik diametrli
tirqish bo‘yicha suv bilan sovitiluvchi soplo va keramik
mushtuk 3 orasidan himoyalovchi gaz beriladi. Mikro-
plazmali payvandlash to‘g‘ri qutbli doimiy tok yoyida


19

Download 2.32 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish