• I BOB. BIRIKMA HOSIL QILISH
  • N. K. Dadaxonov elekòr-gaz payvandlash




    Download 2.32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/49
    Sana25.04.2022
    Hajmi2.32 Mb.
    #20281
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
    Bog'liq
    elektro-gaz payvandlash texnologiyasi2
    1-kurs
    1.1. Payvandlash tasnifi
    Payvandlash — biriktirilayotgan qismlar o‘rtasida
    o‘zaro atom bog‘lanishini, qisman yoki umuman, qizdirib
    va plastik deformatsiyalab yoki ikkala usulni birgalikda
    qo‘llab, ajralmaydigan birikma hosil qilish jarayonidir.
    Payvandlashda biriktirilayotgan qismlar o‘rtasida qattiq
    jism yoki suyuqliklar atomi, ionlari va molekulalar
    uchun xarakterli bo‘lgan bog‘lanish o‘rnatiladi. Elemen-
    tar zarracha va molekulalarning bog‘lanishi kovalentli,
    ionli, molekular va metalli bo‘lishi mumkin.
    Kovalentli va ionli bog‘lanish tabiatan kimyoviy bog‘-
    lanish bo‘lib, metallarni metall bilan payvandlashda hosil
    bo‘ladi. Molekular bog‘lanish bo‘shroq bo‘lib, plast-
    massalarni payvandlashda hosil bo‘ladi. Metalli bog‘lanish
    kristall jismlar uchun xarakterli bo‘lib, u metallarni
    payvandlashda hosil bo‘ladi. Ikkita qattiq jismni birikti-
    rish va bir butun ajralmas jism olish uchun ularning
    atomlari orasida bog‘lanishni o‘rnatish kerak. Metalli
    bog‘lanishni hosil qilish uchun ularning atomlarini kris-
    tallanish panjarasi parametriga teng masofaga keltirish
    kerak. Bunga metallning o‘ta qattiqligi, yuzasining note-
    kisligi, har xil gazlar va iflosliklarning borligi xalaqit
    berishi mumkin.
    Metall yuzasiga tashqi bosim berib deformatsiyalan-
    ganda, yuza g‘adir-budurligi tekislanadi, yuza har xil
    oksidlanish va iflosliklardan tozalanadi, natijada, atom-
    lar o‘zaro bog‘lanib, payvandlanish hosil bo‘ladi.
    Payvandlashni tasniflash uchun quyidagi belgilar
    olingan: fizikaviy, texnikaviy, texnologik.
    Fizikaviy belgisi bo‘yicha payvandlash uchta sinfga
    bo‘linadi: termik, termomexanik, mexanik. Òermik sinfga
    I BOB. BIRIKMA HOSIL
    QILISH


    6
    elektr yoki kimyoviy energiyani issiqlik energiyasiga
    aylantirib qo‘llaniladigan payvandlash turlari: yoy yorda-
    mida, elektr-shlak usulida, plazma oqimi, yorug‘lik nuri,
    induksion isitkich, gaz alangasi va lazer yordamida pay-
    vandlash kiradi. Òermomexanik sinfga biriktirilayotgan
    qismni qizdirish uchun har xil manbalarni qo‘llovchi
    payvandlash: kontaktli, gaz-pressli, diffuziyali kabi pay-
    vandlash turlari kiradi. Mexanik sinfga mexanik energiya
    va bosimni qo‘llovchi payvandlash: sovuq holda, port-
    latib, ultratovushli, ishqalanish vositasida payvandlash
    kiradi.
    Metallni himoya qilish havoda, vakuumda flus qat-
    lami ostida, flus bo‘yicha, ko‘pik ichida va kombina-
    tsiyalashgan himoyadan foydalanib payvandlash turlariga
    bo‘linadi. Himoya muhiti sifatida aktiv gazlar (karbonat
    angidrid, azot, vodorod, suv bug‘i, aktiv gazlar ara-
    lashmasi), inert gazlar (argon, geliy, argon va geliy
    aralashmasi), shuningdek, inert va aktiv gazlar ara-
    lashmasidan foydalanish mumkin.
    Jarayonlarning uzluksizligi bo‘yicha uzluksiz va uz-
    lukli payvandlash turlari, mexanizatsiyalashganlik darajasi
    bo‘yicha qo‘lda payvandlash, mexanizatsiyalashgan, av-
    tomatlashtirilgan va avtomatik payvandlash turlariga bo‘li-
    nadi.

    Download 2.32 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




    Download 2.32 Mb.
    Pdf ko'rish