• 1.3. Diffuziyali payvandlash
  • ASOSIY PAYVANDLASH ÒURLARI




    Download 2.32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/49
    Sana25.04.2022
    Hajmi2.32 Mb.
    #20281
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
    Bog'liq
    elektro-gaz payvandlash texnologiyasi2
    1-kurs
    ASOSIY PAYVANDLASH ÒURLARI
    1.2. Sovuq holda payvandlash
    Metallarning ajralmas birikmasini olishning eng sodda
    yo‘li sovuq holda payvandlashdir. Bunda ikkita payvand-
    lanayotgan qismlarni ularni qizdirmasdan katta yuklanish
    ostida o‘zaro deformatsiyalab amalga oshiriladi. Metallni
    sovuq holda payvandlashni suyuq azot haroratida ham
    amalga oshirish mumkin. Metallarga xos bo‘lgan atomlar
    orasidagi metall bog‘lanish, deformatsiya natijasida de-
    tallarni bir-biriga bir necha angstrem (10
    –8 
    sm) ga


    7
    yaqinlashtirganda, elektronlarning qo‘shilishi sodir bo‘ladi
    va atomlar orasida bog‘lanish kuchi paydo bo‘ladi. Nati-
    jada birikma hosil bo‘ladi. Sovuq holda payvandlash (1,
    2- a, b rasmlar) metallni plastik deformatsiyalab, P
    kuch ta’sirida amalga oshiriladi. P kuch biriktirish yuzasiga
    normal yo‘naltiriladi, plastik deformatsiya esa yuzaga parallel
    bo‘ladi. Deformatsiyalanishning bunday yo‘nalishida yuqo-
    ri qatlamning atomlari oson surilib, metall ichiga chuqur-
    roq kiradi.
    Sovuq holda payvandlashga o‘ta plastik bo‘lgan metall
    va qotishmalar moyildir, jumladan: aluminiy, mis, ku-
    mush, oltin, nikel, platina, qo‘rg‘oshin, temir.
    Payvandlashdan oldin detal yuzalaridagi yirik g‘adir-
    budurliklar tekislanadi, maydalarini esa tekislash shart
    emas. Sovuq holda payvandlashning asosiy afzalliklari:
    kam energiya sarflanadi, unumdorligi yuqori, sodda va
    plastik metallar yaxshi payvandlanadi.
    1.3. Diffuziyali payvandlash
    Diffuziyali payvandlash bosim ostida payvandlash
    turiga kiradi. Unda biriktirilayotgan yuzalardagi diffu-
    ziyali birikishda uzoq vaqt yuqori haroratda va kuch-
    sizroq plastik deformatsiyalab amalga oshiriladi. Birik-
    tirilayotgan yuzalar siquvchi kuch ta’sirida, atomlararo
    kuchlarning ta’sirlashuvigacha yaqinlashtiriladi, metallni
    qizdirish esa plastik deformatsiyalanishiga yordam beradi.

    Download 2.32 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




    Download 2.32 Mb.
    Pdf ko'rish