-rasm. Sovuq holda payvandlash usuli. 2-rasm




Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/49
Sana25.04.2022
Hajmi2.32 Mb.
#20281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
elektro-gaz payvandlash texnologiyasi2
1-kurs
1-rasm. Sovuq holda
payvandlash usuli.
2-rasm. Sovuq holda
payvandlash usuli.
ð
ð
Å
Å
b)
à)
ð
Å
Å
ð


8
Diffuziyali payvandlash jarayonini quyidagi uchta
bosqichda ko‘rish mumkin:
— birinchi bosqichda yuzalar orasida fizik kontakt
hosil bo‘ladi (3-a, b rasm);
— ikkinchi bosqichda kimyoviy bog‘lanish hosil
bo‘ladi (3- d rasm);
— uchinchi bosqichda kontakt zonasida hajmiy
bog‘lanish hosil bo‘ladi(3- e, f rasm).
Uchinchi bosqichda metallning qayta kristallanishi
sodir bo‘ladi. Ya’ni metallni qizdirish natijasida plastik
deformatsiya ta’sirida mustahkamlangan donalar qaytadan
kristallanadi. Yuzada har xil iflosliklarning bo‘lishi do-
nalarning mustahkam birikishiga xalaqit beradi. Shuning
uchun diffuziyali payvandlashda mayda donalarning yirik
donalarga aylanishiga xalaqit beruvchi jarayonlarning
oldini olish kerak. Uni vakuumda bajarilsa, yaxshi natija
beradi.
Diffuziyali payvandlashning afzalligi shundan ibo-
ratki, biriktirish jarayonining hamma bosqichlarida biri-
kish zonasiga oraliq materialni kiritish mumkin. Kiritilgan
qo‘shimcha material biriktirish jarayonining o‘sha
bosqichini osonlashtirish va tezlatishga yordam beradi
yoki materialni chegaralab, hajmiy birikishini to‘xta-
tishi mumkin. Bu usul diffuziyali payvandlash imkonini
kengaytiradi.
Diffuziyali payvandlash maxsus dastgohlarda amalga
oshiriladi (4-rasm). Ventil 2 da ulanuvchi suv bilan so-
vitiladigan vakuum kamerasi 1 ga payvandlanayotgan
detallar 6 qo‘yiladi. Nasoslar 3 yordamida vakuumdagi
havo bosimi 10
–2 
— 10
–5 
mm simob ustuniga keltiriladi.
3-rasm. Diffuziyali payvandlash jarayoni.
a)
b)
d)
e)
f)


9
Havo so‘rib olingandan so‘ng
yuqori chastotali generator
4 ga ulangan indikator yor-
damida detallar qizdiriladi.
Detallarni siqish gidrosistema
5 yordamida amalga oshirila-
di. Siqish jarayoni detalni ke-
rakli haroratda qizdirib bo‘-
lingandan so‘ng amalga oshi-
riladi. Siqib turish vaqti mate-
rialning payvandlanish xu-
susiyatiga, bosimga va boshqa
omillarga bog‘liq bo‘ladi. Pay-
vandlangan detallar vakuum-
da sovitiladi.
4-rasm. Diffuziyali
payvandlash dastgohi.
4
5
1
2
6
3
Diffuziyali payvandlash jarayonining asosiy nazorat
qilinadigan ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: harorat,
siqish bosimi, vakuum va detalni ushlab turish vaqti.
Bir xil materiallarni diffuziyali payvandlashda biriktirish
harorati metallni eritish haroratining 0,50,7 qismiga
teng bo‘ladi. Har xil tarkibdagi metallarni payvandlash
harorati oson eruvchi metall harorati bo‘yicha olinadi.
Payvandlash jarayonida haroratni ko‘tarish atomlar dif-
fuziyasini tezlatish va kontakt yuzaning plastik de-
formatsiyasini yaxshilash uchun zarurdir. Payvandlashda
payvandlash (ushlab turish) vaqtini o‘zgartirmay turib
harorat ko‘tarilsa, birikma mustahkamligi ortib boradi.
Siqish bosimi ma’lum miqdorgacha ko‘tarilsa ham birik-
ma mustahkamligi ortadi, ma’lum chegaradan so‘ng esa
u kamayadi. Mo‘rt metallarni juda ham ko‘p vaqt ushlab
turish birikish zonasida g‘ovaklar paydo bo‘lishiga olib
kelishi mumkin.
Diffuziyali payvandlashning afzalligi shundan iborat-
ki, bunda payvandlash biriktirilayotgan detallar qalin-
ligiga bog‘liq emas. Diffuziyali payvandlashda metall bi-
lan metallmas materiallarni oson va sifatli payvandlash


10
mumkin. Bu esa har xil uskuna detallarini, bimetallar
va murakkab kompozit materiallarni payvandlash imkonini
beradi (5- a, b, d rasm).

Download 2.32 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Sovuq holda payvandlash usuli. 2-rasm

Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish