• Vibratsion konveyerlar. 185 5. Pnevmatik yuk tashuvchi qurilmalar Umumiy ma’lumotlar
  • Havo so‘ruvchi pnevmatik qurilma sxemasi.
  • N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 4,17 Mb.
    bet55/57
    Sana15.11.2023
    Hajmi4,17 Mb.
    #99118
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
    Bog'liq
    KO‘TARISH, TRANSPORT majmua

    Vibratsion konveyerlar

    Vibratsion konveyerlarda material tebranuvchi quvur yoki nov ichida, tasma, vint, qirg‘ich, kovsh singari moslamalarsiz tashiladi.
    Vibratsion konveyer yuk tashuvchi elementining mahkam- lanish bo‘yicha osma va tayanchli, quvur yoki nov soniga qarab bir va ikki quvurli bo‘ladi. Tebranish markazdan qochma yoki elektromagnitli vibrator va ekssentrikli yuritmalar yordamida hosil qilinadi.
    Osma vibratsion konveyer (130-rasm, a) nov yoki quvur 1, prujinalar 2, vibrator 4, yuklovchi 5 va bo‘shatuvchi 3 moslama- lardan iborat.
    Tayanchli vibratsion konveyer (130-rasm, b) nov yoki quvur 1, elastik tirkagich 3, vibrator 4, amortizator 5, yuklovchi 6 va bo‘sha- tuvchi moslama 2 dan iborat. Elastik tirkagichlar ressora, spiral prujinalar, rezina konstruksiyalar yoki richag-tebratgichlar ko‘ri- nishida ishlanadi. Tayanchli vibratsion konveyerlarning uzunligi 10...35 m gacha, quvur diametri 160...400 mm yoki eni 200...1000 mm gacha, ish unumdorligi 6 dan 200 m3/soat gacha bo‘ladi.

    130-rasm. Vibratsion konveyerlar.
    185
    5. Pnevmatik yuk tashuvchi qurilmalar

      1. Umumiy ma’lumotlar

    Pnevmatik qurilmalar ma’lum namlikdagi kukunsimon, mayda tolali, sochiluvchan donali, qirrali, yopishqoq bo‘lmagan materiallarni gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda tashishda ish- latiladi.
    Bu qurilmalarda materiallar truboprovod (quvursimon nov) uchlaridagi bosimlar farqi hisobiga harakatlanadi. Qurilma unum- dorligi tashiladigan materiallarning kimyoviy va fizikaviy xossa- lariga, moslama turiga, harakatlanish trayektoriyasiga bog‘liq.
    131-rasmda so‘ruvchi qurilma sxemasi ko‘rsatilgan. Bu qurilmada vakuum nasos 9 qurilmadagi havo bosimini siyrak- lashtiradi (kamaytiradi). Atmosferadagi havo tuynuk (soplo) 2 dan yuqori tezlikda bostirib kiradi va tuynuk ostidagi yukni shlang 3 va truboprovod 4 orqali yuk to‘plovchi bo‘lim 5 ga uzatadi. Yuk to‘plagichda havo tezligi kamayadi va o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi. Yuk to‘plagich bo‘limiga tushgan yuk o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida to‘plagich tagida joylashgan yuk bo‘shatish qismi 6 ga tushadi. Yuk to‘plagich bo‘limidagi havo filtr 7 da tozalanib, vakuum nasos 3 yordamida atmosferaga uzatiladi. Filtr 7 da qolgan yuk kukun- lari zatvor 8 orqali chiqarib yuboriladi.
    132-rasmda havo haydovchi qurilma ko‘rsatilgan. Bunda kompressor 1 yordamida yuqori bosimdagi havo resiverga tushadi. Resiverdagi havo truboprovod orqali yuk to‘plagich 4 ga haydaladi. Resiverdagi havo truboprovoddan o‘tayotganda zatvor 3 dan tushayotgan yukni o‘zi bilan tortib ketadi. Yuk to‘plagichda havo yukdan ajralib, filtrga tushadi. Filtrda tozalangan havo atmosferaga chiqarib yuboriladi.

    131-rasm. Havo so‘ruvchi pnevmatik qurilma sxemasi.
    186


      1. Download 4,17 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




    Download 4,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 4,17 Mb.