• Namangan Institute of Engineering and Technology nammti.uz
  • Kalit so‘zlar
  • Tavfsiya etilayotgan havo kollektori




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet100/693
    Sana13.05.2024
    Hajmi15,56 Mb.
    #228860
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   693
    Bog'liq
    Тўплам

    Tavfsiya etilayotgan havo kollektori 
     
    Xulosa. Turli olimlarning sharhlariga ko‘ra, quyosh havo isitgichini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, 
    issiqlik o‘tkazuvchanligi qovurg‘alarning shakli va hajmi o‘zgarishi bilan o‘zgaradi, shuning uchun 
    quyosh havo isitgichining qovurg‘alari issiqlik uzatish koeffitsientini hisoblashda muhim rol o‘ynaydi.
     
    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1.
    Issiqlik texnikasi. Zohidov R.A. O‘zbakiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. Toshkent 
    2010. 
    2.
    Issiqlik texnikasi asoslari. T. S. Xudoyberdiyev, B. P. Shaymardanov, R. A. Abduraxmonov, A. 
    N. Xudoyorov, B. R. Boltaboyev. Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent 2008. 


    Namangan Institute of Engineering and Technology 
    nammti.uz 
    10.25.2023
    Pg.87 
    3.
    Quyosh energetikasi. I.A. Yuldashev, M.Q. Sultonov, F.M. Yuldashev. Toshkent 2021 
    HAVO KOLLEKTORINING ISSIQLIK ALMASHINUV JARAYONINI JADALLASHTIRISH. 
     
    A.U.Bulturov, A.J.Rustamjonov 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 
     
    Annotatsiya - muqobil energiya manbalaridan biri bo‘lgan quyosh havo kollektorlardan bir 
    nechta maqsadlarda foydalanish mumkin. Muqobil energiya hisoblangan quyoshning energiyasini 
    issiqlik energiyasiga aylantirib beruvchi ushbu qurilmadagi bir qator kamchilik va muammolarni 
    bartaraf etish, qurilma f.i.k orttirishiga olib keladi. Bu esa ish unumdorligi va vaqtdan yutish 
    imkoniyatlarini tug‘diradi. 
    Kalit so‘zlar: issiqlik almashinuvi, absorber, havo, energiya, kollektor. 
    Quyosh havo kollektorlari quyosh energiyasini «nuriy issiqlik almashinuvi» issiqlik uzatilish 
    usuliga ko‘ra o‘ziga qabul qiladi. Issiqlikni nurlanish orqali uzatilishi deb, jism ichki energiyasining 
    elektromagnit to‘lqinlar orqali uzatilishiga aytiladi. Quyoshdan nuriy yetib kelgan energiya 
    kollektorni qora jismida yutiladi. Kollektorning qora jismi qizib undagi energiya «konvektiv issiqlik 
    almashinuvi» usuliga ko‘ra o‘z issiqligini havoga o‘tkazadi. 
    Konvektiv issiqlik almashinish hodisasi suyuqlik (gaz) bilan uni to‘sib turgan devor orasida 
    ularning bevosita bir-biriga tegishi natijasida sodir bo‘ladi. 
    Agar 
    𝑡
    1
    > 𝑡
    2
    bo‘lsa, issiqlik oqimi: 
    Q=α (
    𝑡
    𝑠
    − 𝑡
    𝑖
    )F (1) 
    𝑡
    𝑖
    -qora jism ichki sirtining harorati, 

    ; F-qora jism devorining sirt yuzasi m

    ; α-issiqlik berish 
    koeffitsiyenti W/(m
    2
    K).
    Issiqlik oqimining zichligi
    q=Q/F, W/m
    2
    (2) 
    ekanligidan : 
    q=α(
    𝑡
    𝑑
    − 𝑡
    𝑠
    )
    . (3) 
    Issiqlik berish koeffitsiyenti α ning son qiymati o‘zgaruvchan bo‘lib , ko‘pgina omillarga 
    bo‘linadi: 
    1. Suyuqlik yoki gazning fizik xususiyatlariga, ya’ni zichligi, qovushqoqligi, issiqlik sig‘imi, issiqlik 
    o‘tkazuvchanlik va hokazoga. 
    2. Idish devoriga nisbatan suyuqlik yoki gazning tezligiga. Nisbiy tezlikning ortib borishi bilan α 
    ortib boradi (masalan, piyoladagi yoki chelakdadi issiq choyni aylantirib turilsa, choyning tez sovushi 
    ma’lum). 
    3. Idish devorining shakliga. 
    4. Idish devorining sirt tekisligiga. 
    5. Idish devoriga tegib harakatlanayotgan suyuqlikning oqish turiga (turbulent yoki laminar) 
    Yuqoridagi sabab (omil) larga ko‘ra α ning son qiymati fizik kattaliklar jadvallariga berilmaydi, 
    balki har bir aniq holat uchun tajriba yo‘li bilan aniqlanishi kerak yoki taxminiy qiymatini “o‘xshashlik 
    nazariyasi” yordamida hisoblab topish mumkin. 
    Biz quyosh havo kollektorining qizigan qora jismidagi issiqlik energiyasini havo oqimiga 
    o‘tkazilishini jadallashtirish maqsadida (1) formulaga muvofiq F yuzasini orttirish maqsadida yuzani 
    to‘lqinsimon shaklda qilib bajardik. 



    Download 15,56 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   693




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish