|
Namangan Institute of Engineering and Technology Pdf ko'rish
|
bet | 102/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламNamangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.89
foydalanishni ta’minlaydi Ekologiya muammolarining yuzaga kelishi va uning salbiy oqibatlari
bevosita inson faoliyati bilan bog‘liq. Dunyoda kuzatilayotgan atrof-muhitning ifloslanishi, iqlim
o‘zgarishi, ko‘pgina o‘simlik va hayvon turlarining qirilib ketishi, ozon qatlamining emirilishi, ichimlik
suvining ifloslanishi va h.k. insoniyatning tabiiy jarayonlardan noto‘g‘ri foydalinishi natijasida
tabiatdagi salbiy o‘zgarishlar tufayli yuzaga kelmoqda. Ekologiya muammolari allaqachon milliy va
mintaqaviy doiradan chiqib, insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Havo massasining yer
atmosferasi atrofida aylanishi ekspertlar tomonidan turlicha baholangan. Shamollarning yillik
nazariy zahirasi yer yuzidagi barcha energiya zahiralardan 100 marta ortiq bo‘lib, 3300 x 1012 kVt/
soatni tashkil qiladi. Ammo bu energiyaning faqatgina 10–12 % idan foydalanish mumkin.
O’zbekiston Respublikasida birinchi bo’lib Chorvoq suv omborining dam olish hududida eng katta
shamol energo qurilmasi o’rnatildi. Quvvati 750 kVt/soat bo’lgan shamol energo qurilmasini
o’rnatish, Janubiy Koreyaning “Doojin Co.LTD” kompaniyasi yordamida amalga oshirildi.
Shamol energetik qurilmasi maydoniga 40 m balandlikdagi minoraga shamol tezligini
o’lchovchi anemometrlar va boshqa nazorat-o’lchov asboblari o’rnatilgan. Shamol energo qurilmasi
bir yilda 12,3 million kVt/soat elekt energiyasi ishlab chiqaradi, natijada 700 000 m
3
tabiiy gaz
tejalmoqda, shamol energo qurilmasi o’rnatilgan hududida shamolning o’rtacha tezligi 4,3 m/s ni,
qish mavsumida esa 6,6÷7,1m/s ni tashkil qiladi. Shamolning ko’rsatilgan tezliklari, shamol energo
qurilmasini barqaror ishlashini ta’minlaydi. “Inter Gopa” (Germaniya) va GEO NET (Germaniya)
kompaniyalari tomonidan uyushgan holda, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish
salohiyatini baholash hamda O’zbekiston Respublikasida shamol energiyasi salohiyatini baholash
ishlari amalga oshirildi. Ushbu ish natijalariga ko‘ra Respublikaning shamol energetikasi
salohiyatining atlasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda shamol energiya stansiyalarni ikki hududda qurish
tavsiya etilgan. “Nukus” va “Zarafshon” hududlari shamol energetikasining kelajakdagi rivojlanishi
uchun salmoqli salohiyatga egadir. Shuni hisobga olib yurtimizda shamol energiyasidan elektr
energiyasi olishni yanada rivojlantirish mumkin va bu bilan kelejak avlod uchun tabiiy gazni ma’lum
bir miqdorda tejashga erishiladi.
Hozirgi kunda shamol turbinalarinig ikkita asosiy turlari mavjud: vertikal va gorizontal aylanish
o‘qli. Vertikal o‘qli turbinalar kichik tezlikdagi shamollarda ishlaydi va ular past samarali hisoblanadi.
Shuning uchun vertikal o‘qli turbinalar juda kam qo‘llaniladi. Asosan ular uy uchun o‘rnatiladi. Uy
uchun kuriladigan shamol qurilmalarini qo‘llash tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Odatda
uncha katta bo‘lmagan uy uchun 1 kVt atrofidagi elektroenergiyani 9 m/s tezlikda esayotgan shamol
energiyasidan olish mumkin. Yurtimizning adirlik, tog’ va tog’ oldi hududlarida vertikal o‘qli
turbinalardan xonadonlar uchun shamol eneratorlari sonini ko’paytirish shamol energiyasidan
foydalanish istiqbolining rivojiga salmoqli hissa qo’shadi.
|
| |