|
Namangan Institute of Engineering and Technology Pdf ko'rish
|
bet | 138/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламNamangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.125
эффективность использования солнечной батареи до 98,0…99,5 %.
Список литературы
1. Шиняков Ю.А. Экстремальное регулирование мощности солнечных батарей
автоматических космических аппаратов // Вестник Самарского государственного
аэрокосмического университета им. академика С.П. Королева. – 2007. – Вып. 1 (12). – С. 123–
128.
2. Шиняков Ю.А., Шурыгин Ю.А., Аркатова О.Е. Повышение энергетической
эффективности автономных фотоэлектрических энергетических установок // Доклады
Томского государственного университета систем управления и радиоэлектроники. – 2010. –
№ 2 (22). – Ч. 2. – С. 102–107.
LINTER QURILMASINI TAKOMILLASHTIRISHDA ENERGIYA SAMARADORLIKNING ULUSHI
A.A.Obidov, M.E.Shamshitdinov
Namangan muhandislik-texnalogiya instituti
Annotatsiya: Paxtani dastlabki qayta ishlash sanoatda ishlab chiqarish hajmini energiya
tejamkor usullar bilan oshirish hamda paxta sanoatida avtomatlashtirish usullarining tez joriy
etilishi jarayonni yaxshiroq boshqarish talabini oshirdi. Bu boshqariladigan mexanizmlarning tezligi
va momentini boshqarish uchun o'zgaruvchan tezlik drayverlari invertor uchun ko'plab yangi
ilovalarga olib keldi. O'zgaruvchan tezlikli drayverlar invertor shuningdek, muayyan ishga tushirish
va to'xtatish talablarini qondirish uchun ishlatiladi.
Kalit so'zlar: Linter qurilmasi, elektrodvigatel, invertor, chastota o’zgartgich, avtomatik
boshqaruv, samaradorlik, reaktiv quvvat, kondensator qurilmasi, kompensatsiyalash.
Respulikamizda yetishtirilayotgan paxta xomashyosidan yuqori sifatli tola ishlab chiqarish va
uni qayta ishlash asosida keng assortimentdagi yuqori sifat va past tannarxga ega bo’lgan
to’qimachilik va yengil sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarish va raqobatbardoshligini oshirish
bo’yicha kompleks chira tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2022-2026 yillarga mo’ljallangan yangi
O’zbekistoning strategiyasida[1], jumladan, Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o’sish
sur’atlarini ta’minlash bo’yicha: To’qimachilik sanoati maxsulotlari ishlab chiqarish xajmini 2
barobarga ko’paytirish hamda sanoat tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish dasturlarini keng
joriy qilish vazifalari belgilab berildi. Ushbu vazifalar amalga oshirishda, jumladan paxta tozalash
sanoatida ishlab chiqarilayotgan paxta tolasini tabiiy xususiyatlarini saqlash hamda resurstejamkor
mahalliy texnalogiyalardan foydalanib linter qurilmasining energiya samaradorligini oshirish hamda
paxtani chiqindidan ajratib olishdagi texnik xususiyatlariga ta’sir o’tkazish zamonaviy ishlab
chiqarishning muhim masalalaridan hisoblanadi.
Linter qurilmasini takomillashtirishda tolalarning xarakatlanishi qanday xolatda bo’lishini
inobatga olish kerak. Chunki momiq ajratish qurilmasining samarali ishlashi yoxud bundan salbiy
natija chiqishi baraban tomonidan ajratib berilayotgan tolalarning bir maromda yoki tartibsiz
xarakatlanishiga xar xil omillar: barabanlarning o’zaro joylashishi, arrali ishchi organlar tishlarining
qiyalik burchagi hamda bir nechta kuchlar ta’sir qiladi. Tekshirishlar natijasida tolalar
xarakatlanishining zarur yo’nalishda joylashishini ta’minlash hamda ta’sir qiluvchi kuchlar
ta’sirlashish xolatlari va darajalarini aniqlashtirish lozim bo’ladi[2].
|
| |