MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISHNI RIVOJLANTIRISHDA KICHIK QUVVATLI
GIBRIT ELEKTRSTANSIYALARIDAN FOYDALANISH
M.E.To’lqinov, J.S.Qodirjonov
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Annatatsiya. Maqolada kichik quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalarini birgalikda
ishlatish orqali ishlash samaradorligini oshirish, chekka xududlarda elektr energiya ta’minotiga
bo`lgan talabni qoplash va tabiatan mavjud energiyalardan samarali foydalanish haqida so`z
yuritilgan
Kalit so`zlar: Quyosh energiyasi, shamol energiyasi, shamol patensiali,quyosh patensiali,
invertor, shamol generatori, fotoelektrik o`zgartirgich.
Hozirda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini asosiy qismi issiqlik va
gidroelektr stansiyalarga to’g’ri kelmoqda. Tabiiyki buning natijasida esa tabiiy energiya
resurslaring kamayishi xolati tezlashadi.Tabiiy energiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni
iloji boricha tejash kelajak avlod uchun saqlab qolish maqsadida mamlakatimizda keng ko’lamli
Namangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.128
ishlar olib borilmoqda.Jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni
kengaytirish 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida o’z aksini topganligi bunga misol bo’ladi.
Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish bo’yicha quyidagilar ko’zda
tutilgan, 2025-yilga kelib elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlari tarkibida qayta tiklanuvchi
energiya manbalarining hissasini 12,7 foizdan 19,7 foizga , jumladan, gidroelektrostansiyalar
bo‘yicha 12,7 foizdan 15,8 foizga, quyosh energetikasi bo‘yicha 2,3 foizga, shamol energetikasi
bo‘yicha 1,6 foizga, ko’tarish ko’zda tutilgan. Bu rejalashtirilgan ishlarning barchasi qayta
tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko’lamini ko’paytirishga qaratilgan. [1]
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni axoli o’rtasida ommalashtirish, ularni
qayta tiklanuvchi manbalardan foydalanishini kengaytirish ham bu sohani rivoji uchun juda katta
ahamiyat kasb etadi.Bizni mamlakatimiz relyefi jihatdan shunday joylashganki shamol deyarli
uzluksiz bo’lib turadigan viloyatlar, tumanlar va qishloqlar ko’plab topiladi.Ana shunday
hududlarda Shamol generator va quyosh elementli ikkisi umumlashtirilgan kichik elektr
stansiyalarni qurish va shu asnoda muqobil energiyalardanfoydalanish darajasini rivojlantirish
kerak.Buning natijasida elektr energiyasida bo’ladigan uzilishlar ,elektr energiyasiga bo’ladigan
talabning eng yuqori paytlarida sodir bo’ladigan avariya xolatlarini kamayishiga erishiladi.[2]
Quyosh elementi va shamol generatori umumlashtirilgan kichik elektr stansiyani soda
variantini ko’rib chiqaylik :
Bunday gibritniy elektr stansiyaning strukturaviy tuzilishi quyidagicha bo’ladi. (1-sxema)
1- sxema
Quyosh panelini quvvatini bitta elementini quvvatidan kelib chiqib xisob kitob qilamiz.
SHamol generatorini tanlashda quyidagi omillarga tayangan holda amalga oshiramiz. Buning
uchun avval havo oqimining quvvat formulasini tahlil qilaylik:
𝑃 =
𝑟 ∙ 𝑉
3
∙ 𝑆
2
[Vt]
r - havo zichligi (normal sharoitda = 1,225 kg / m
3
);
V - havo oqimining tezligi, m / s;
𝑆 = 𝜋 ∙ 𝑅
2
=
𝜋∙𝐷
2
4
- shamol oqimining maydoni, m
2
.
Shamol generatorining quvvatini hisoblash uchun hech bir turbinada 100% shamol
energiyasidan foydalanilmasligi sababli, 0,2-0,5 qiymatga ega bo'lgan formulaga k turbinasining
samaradorlik koeffitsientini kiritish kerak bo’ladi:[3]
|