|
Namangan Institute of Engineering and Technology Pdf ko'rish
|
bet | 187/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламNamangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.172
O‘z navbatida sohada texnologiyalarni yangilash yoki ta’mirlashda investitsiyalarni jalb qilish
dolzarbligicha qolmoqda. Chunki o‘tgan yillarda energetika sanoatida bir necha yirik avariyalarni boshdan
kechirdi. Misol uchun 2022-yil 25-yanvar kuni Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston elektr tizimlarida
sodir bo‘lgan yirik avariyani keltirish mumkin. Oqibatlarni bartaraf qilish esa to‘rt kun vaqtga qadar cho‘zildi.
Albatta bularning barchasi tizimdagi xavflarning qay darajada yuqori ekanligini baholashga yordam
beradi. So‘ngi yillarda elektr energetikasida ishlab chiqarish bosqichida xom ashyo taqchilligi ham yirik
muammo shaklida namoyon bo‘lmoqda.[4]
O‘sib borayotgan aholi iste’moli nafaqat elektr energiyasini balki tabiiy gazni ham talab qiladi.
O‘zbekistonda elektr energiyasining salmoqli qismi tabiiy gaz hisobiga ishlab chiqarilishi, iste’molchilarning
tabiiy gazga bo‘lgan o‘suvchi ehtiyoji sharoitida ko‘proq bosimga duch keladi. Bunday gaz taqchilligi fonida
esa elektr energetika sanoati cho‘kishda davom etaveradi.[4] Bu motor-generator tarmog‘ini eslatib
yuboradi. Vaqt utishi bilan har ikkisining potensiali so‘nishda davom etaveradi. Ulardan qaysi biriga ta’sir
ko‘rsatilsa jarayon yanada tezlashadi. Buning yechimini quyidagilarda ko‘ramiz:
sohada bozor munosabatlarini to‘liq hajmda joriy qilish (tabaqalashtirilgan narx shaklida bo‘lsa ham)
xususiy sektorda tartibsiz va zo‘rma-zo‘raki joriy qilinayotgan quyosh panellarini nazoratga olish va
tizimga ta’sirini baholash
eng zaruriy hollarda foydalanish uchun yer osti omborlarida gaz zahirasini saqlash
Kichik ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish sektorlarida, mahalliy hokimliklar ta’siri ostida
qolayotgan ta’lim muassasalari tomonidan hech qanday hisoblarsiz, loyihalashsiz xo‘ja o’rsinga keng
miqyosda o‘rnatilayotgan quyosh panellarining umumiy ulushini elektr tizimiga ta’sirini baholash zarur.
Uning samaradorligini va ishonchlilikka qanday ta’sir qilishi so‘roq ostida qoladi va bir qator savollarni
o‘rtaga tashlaydi.
Xulosa o‘rnida aytganda elektr taʼminoti ishonchliligi tizimning uzluksiz barqaror ishlashi bilan
xarakterlanadi, buni esa saqlash tizimdagi har bir elementning ishonchlilik indekslari bilan baholanadi.
|
| |