|
Namangan Institute of Engineering and Technology nammti uz Pdf ko'rish
|
bet | 186/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq Тўплам
Annotatsiya: Elektr ta’minoti ishonchliligi saqlash mamlakat iqtisodiyoti, sanoat sektori, sog‘liqni
saqlash, transport, aloqa, qishloq xo‘jaligi, ta’lim tizimi va boshqa har qanday bo‘g‘inida tartibli va davomli
ishlashini ta’minlaydi. Bu maqola bilan ishonchlilikni ta’minlashdagi asosiy muammolar haqida so‘z
yuritilgan.
Kalit so’zlar: Elektr ta’minoti ishonchliligi, elektr energiya, energiya tizimi, uzluksiz ta’minot.
O‘zbekiston elektr energetikasi hozirgi holati mamlakatda so’ngi 10 yilliklarda sodir bo‘lgan jarayonlar
bilan belgilanadi. So‘ngi yillarda energetika jiddiy yangilanish yuz bermoqda. Qisman bo‘lsada
erkinlashtirilgan elektr energetikasi bozori tashkil etildi.
Ammo elektr ta’minoti ishonchliligini ta’minlash nuqtai nazaridan salbiy qarashlar paydo bo’lmoqda
va o‘sib bormoqda. Elektr qurilmalarining ishlash muddati tugashi, ya’ni elektr energetikasida ishlab
chiqarish fondlarining eskirishi (standart ishlash muddatidan oshib ketishi) muammosi nihoyatda
keskinlashmoqda. Ko‘plab xizmat muddatini o‘tagan elektr qurilmalar ishlab chiqarishdan allaqachon
olingan. Ularni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar yetishmaydi yoki tugagan. Yangilari esa kamdan kam
holatlarda sotib olinmoqda. Bularning barchasi EET samaradorligi va ishonchliligining pasayishiga olib
keladi.[1,2]
Sanoatda elektr uskunalarning eskirgan yoki eskirgan deb tasniflash uchun me’yoriy huquqiy baza
yuqligini e’tiborga olsak, xizmat muddatini o‘tagan elektr qurilmalarning nafaqat ish holatda saqlash
qiyinchilik to‘g‘duradi, balki ta’miri o‘z vaqtida to’liq amalga oshirilmasa bunday qurilmalar ishdan
chiqishning texnik xavfi ortadi. Elektr tizimida eskirgan qurilmalar jiddiy elektr uzilishining yuqori xavfi
yuzaga keladi.
Elektr tizimi ishonchliligi undagi alohida qurilmalarning ishonchliligi bilan xarakterlanadi. Elektr
qurilmalarini ishonchliligini ta’minlash ularga doimiy texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirni talab qiladi.
Ta’mirlashni muntazam amalga oshirilishini nazorat qilish sifatni ta’minlash imkonini yaratadi. Boshqa
tomondan maxsus o‘qitilgan malakali xodimlar, ta’mirlash uskunalari va ehtiyot qismlari zahirasi
mavjudlikligi talab etiladi.
Qurilmalarni ta’mirlash va ularni holatini nazorat qilish ishonchlilikni ta’minlashning muhim yo‘nalishi
ekanligini e’tiborga olinsa hozirgi vaqtda sohada joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha yagona axborot bazasi
mavjud emas, qurilmalarning holati va ta’mirlash faoliyati natijalari to‘g‘risida to’liq va ishonchli
ma’lumotlar mavjud emas. ETT da keng subsidiyalash yillar davomida energetika sanoatida investitsiyalar
oqimi yo‘lida eng katta to‘siq bo‘lmoqda. Ta’mirlash va yangilash uchun mablag‘ yetishmasligi esa davomiy
uzilishlarga olib kelmoqda. Buni yaqqol misoli ekstimal ob-havo sharoitlaridir. Xususan 2023-yil qishki
anomal sovuq va yozgi noodatiy anomal issiq nafaqat uzulishlar va ishdan chiqishlarga olib keldi balki elektr
energiyasi iste’moli eng yuqori cho‘qqisiga chiqishi kuzatildi.
Hatto qishloq hududlarida yomg‘irli va shamolli ob-havo holatlarida ishdan chiqishlarni oldini olish
uchun quyi toifali iste’molchilar elektr ta’minotidan uziladi. Buning asosida esa elektr ta’minoti korxonalari
tomonidan yillar davomida elektr uzatish, tarqatish tuzilmalariga sifatli texnik xizmat ko‘rsatilmagan balki
10/0.4 kV li transformator podstansiyalari hamda 10 kV va 0.4 kV tarqatish liniyalari tashqi ta’sirlardan holi
saqlanmagan.[4]
|
| |