|
Namangan Institute of Engineering and Technology Pdf ko'rish
|
bet | 266/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламNamangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.250
bilan ta’minlangan taqdimot materiallari) dan foydalanish fanga oid mavzularni talabalar ongiga
to‘laqonli yetkazishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi [3]. Masalan, yadro texnologiya fanidan
“Radiatsiya terapiya” mavzusiga oid jarayon va xodisalarni namoyish etish imkoniyati bo‘lmaganda,
video roliklar, virtual stendlar va animatsiya effektlari muhim pedagogik vosita sifatida xizmat qiladi.
Keltirilgan tahliliy ma’lumotlar asosida oliy ta’lim muassasalarida yadro texnologiya fanini o‘qitish
samaradorligini oshirish uchun interaktiv elektron ta’lim resurslar quyidagi imkoniyatlarni
ta’minlaydi: talabalarning faolligi, motivatsiyasini va fanga qiziqishning oshiradi; foydalanish
qulayligi, vaziyatni modellashtirish va bashorat qilish qobiliyati, sezgilarga murakkab ta’sir, audio-
vizual effektlarni kuchaytirish hamda axborot, tadqiqot, qidiruv qobiliyatining rivojlantiradi; axborot
texnologiyalari vositalari asosida an’anaviy ma’lumot berish manbalari bilan birlashtirish, o‘quv
jarayonini ajoyib, dinamik, noananaviy, qiziqarli qilish imkonini yaratadi; ta’lim oluvchini faol
hamkorlik jarayoniga jalb qilish. O‘qitishni individual va differensial shaklda o‘tkazish asosida
talabaning faol ishtiroki ta’minladi. Buning natijasida talaba o‘quv faoliyatining faol subyektiga
aylanib, yadro texnologiya bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtiradi, bu, albatta, kognitiv faollikni
oshirishga hamda kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishga olib keladi; virtual shaklda
tajribalar o‘tkazish. Yadro texnologiya fanidan laboratoriya mashg‘uloatlarini istalgan joyda va
vaqtda bir necha bor tajribalar o‘tkazish imkoniyatini yaratadi. Buning natijasida talabalarda haqiqiy
labortoriyalar o‘tkazish uchun malakalari rivojlanadi, hamda xavfsizlikka rioya qilish madaniyati
shakllanadi; mustaqil ta’lim olish tizimini takomillashtirish. Talabalar interaktiv elektron ta’lim
resurslar asosida yadro texnologiya fanini o‘zlashtiraolmagan qismlarini mustaqil o‘rganish,
shuningdek, ba’zi bir sababalarga ko‘ra mashg‘ulotlarga qatnashaolmagan mavzularni o‘rganishga
erishiladi. Bu ayniqsa imkoniyati cheklangan talabalarning ta’lim olishida muhim ahamiyat kasb
etadi; tezkor teskari aloqa muhiti ta’minlanadi (o‘quv interaktivligi); baholash va nazorat qilish
tizimini takomillashtirish. Talabalar yadro texnologiya faniga oid o‘zlashtirigan bilim, ko‘nikma va
malakalarini mustaqil baholab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar
talabalarning nazorat qilish, ularning xolisona bag‘olashga erishiladi.
Xulosa qilib aytganda, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchi va shifokor tayyorlash
sifatining yaxshilash uchun o‘qitishning innovatsion shakllari va usullari bilan birgalikda interaktiv
elektron ta’lim resurslaridan foydalanish menxanizmini takomillashtirishni taqoza etadi. Bo‘lajak
fizik o‘qituvchilarining tayyorlashda o‘qitiladigan kasbiy fanlardan, xususan yadro texnologiya fanini
o‘qitish samaradorligini oshirishda interaktiv elektron ta’lim resurslardan foydalanish muhim
hisoblanadi. Bu electron talim resuruslaridan foydalanigan Samarqan davlat tibbiyot universitetida
qo‘llanilganda ijobiy natijallar berdi.
|
| |