|
Ta’lim tizimida mediasavodxonlik va axborot madaniyatining ahamiyati Pdf ko'rish
|
bet | 591/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламTa’lim tizimida mediasavodxonlik va axborot madaniyatining ahamiyati Mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi asosiy islohotlar o‘z navbatida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga
qo‘yiladigan talablarga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Oliy ta’lim muassasasi yangi sharoitlarda
bitiruvchining kasbiy malakasi uchun ahamiyatga ega jihatlarini shakllantirishda nafaqat ma’lum
bilim va ko‘nikmalar to‘laligiga, balki mustaqil ravishda o‘z bilimlarini boyitib borish, turli xil
muammolarni qo‘yish va ularni hal qilish, muqobil yеchimlarni taklif etish, ular orasidan eng
samaralisini tanlab olish mеzonini ishlab chiqish kabilariga ham yo‘naltirishi lozim. Bu
maqsadlarga erishish ma’lum darajada axborot madaniyati saviyasiga bog‘liqdir.[4]
Shaxsning axborot tayyorgarligi tarkibiy tuzilishi quyidagicha: o‘zining axborot ehtiyojini
ifodalash, axborot so‘rovlarini shakllantirish qobiliyati; axborot rеsurslari bilimi; kutubxonalar
imkoniyatlarini bilish va ulardan foydalanish qobiliyati; axborot qidiruvini amalga oshirish
qobiliyati; axborotlarni qayta ishlash bilim va ko‘nikmalari; axborotlarga tanqidiy yondashish,
ularni tushunish va baholash hamda ulardan ijodiy foydalanish ko‘nikmalari; zamonaviy axborot
kommunikatsiya tеxnologiyalaridan foydalana bilish.
Demak bo‘lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida mediasavodxonlik va axborot madanyatini
shakillatirish juda muhim masala hisoblanadi.Hozirgi kuda Respublikamizdagi oliy ta’lim
muassasalarda bo‘lajak o‘qituvchilarda mediasavodxonlik va axborot madanyatini shakillantirish
borsasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda ta’lim yo’nalishlariga “Mediasavodxonlik va
axborot madanyati” darslari qo‘yilgan bu darslardan asosiy maqsad bo’lajak o’qituvchilarda
mediasavodxonlik va axborot madanyatini shakillantirishdir.
Axborot madaniyatini madaniyatning alohida jihatlariga nisbatan o‘ziga xosligini tushinib
olish rеal voqеlikni bilishga, axborotlashgan jamiyat haqidagi tasavvurlarning rivojlanishida
|
| |