• Annotatsiya
  • Kalit so’zlar
  • Namangan Institute of Engineering and Technology nammti.uz
  • O’YNAB ALGORITMIK TAFAKKURNI SHAKLLANTIRAMIZ




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet596/693
    Sana13.05.2024
    Hajmi15,56 Mb.
    #228860
    1   ...   592   593   594   595   596   597   598   599   ...   693
    Bog'liq
    Тўплам

     
    O’YNAB ALGORITMIK TAFAKKURNI SHAKLLANTIRAMIZ 
     
    M.N.Ikromova, A.I.Jo’rayev
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolada XXI asr insoni uchun zarur bilim va ko’nikmalarni dasturlash 
    kabi yondashuv asosida shakllantirish bo’yicha dunyoda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari 
    ilmiy adabiyotlar taxlili asosida keltirilgan. Shuningdek yoshlik davridan bolalarning algoritmik 
    tafakkurini shakllantiruvchi zamonaviy vositalari keltirilgan. 
    Kalit so’zlar: algoritmik tafakkur, kompyuterga ulanmagan vositalar (unplugged), raqamli va 
    dasturlovchi o‘yinchoqlar yoki robototexnika to‘plamlari, vizual dasturlash muhitlari, dasturlashni 
    o‘rgatuvchi kompyuter o‘yinlari. 


    Namangan Institute of Engineering and Technology
     
    nammti.uz 
    10.25.2023
    Pg.546 
    Raqamli texnologiyalari tez rivojlanib borayotgan davrda turgan ekanmiz, zamonaviy inson 
    uchun zarur ko’nikmalarni shakllantirish butun dunyo hamjamiyati oldida turgan dolzarb 
    masaladir [1]. Rivojlangan davlatlar ushbu bilim va ko’nikmalarni o’zida jamlagan raqamli 
    tafakkurni shakllantirish maqsadida ta’limning barcha bo‘g‘inlariga maktabgacha ta’lim tizimidan 
    boshlab dasturlashni uning ta’lim dasturlariga kiritish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bundan 
    maqsad, kichik yoshdan boshlab dastrulashning dastlabki elementlaridan biri bo’lgan algoritmik 
    tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishdir.
    Hozirda ta’limda algoritmik tafakkurni shakllantirish uchun bir nechta ta’limiy vositalardan 
    foydalanish mumkin, bular: 

    kompyuterga ulanmagan vositalar;

    raqamli va dasturlovchi o‘yinchoqlar yoki robototexnika to‘plamlari (fizik qurilma); 

    vizual dasturlash muhitlari (VPE); 

    dasturlashni o‘rgatuvchi kompyuter o‘yinlari [2,13 b.]. 
    Kompyuterga ulanmagan vositalar. Bunday vositalarga kompyuterga bog‘liq bo‘lmagan 
    holda, stol ustida, maydonchada o‘ynaladigan o‘yinlar, boshqotirmalar, topishmoqlar, pazllar, 
    xaritalar, kartochkalar ko‘rinishida topshiriqlar va mantiqiy o‘yinlar kiradi. Bunday vosita turlari 
    texnik jihatdan jixozlarni talab etmasligi bilan birga bolalarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘otishi, 
    mashg‘ulotni bolalar uchun juda qiziqarli tarzda olib borilishi va toza havoda o‘tkazilish 
    imkoniyatiga egaligi bilan ahamiyatli sanaladi. Hozirda kichik yoshdagi bolalarning algoritmik 
    tafakkurini shakllantiruvchi stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar juda ko‘p, ulardan Code & Go Robot 
    Mouse Board Game, Robot Turtles, Code & Go Robot Mouse Math kabilarni keltirish mumkin. 
    Raqamli va dasturlovchi o‘yinchoqlar yoki robototexnika to‘plamlari (fizik qurilma). Oxirgi 
    vaqtlarda raqamli fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish maqsadida ushbu vositalardan foydalanish 
    ta’limning yangi yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda va bog‘chadan tortib o‘rta maktab 
    sinflarigacha joriy etilib, ta’lim muhitini boyitish va bilimlarni ortirishga ta’sir etuvchi vosita 
    sifatida tan olinmoqda [3, 4, 5]. 
    Raqamli va dasturlovchi o‘yinchoqlar yoki robototexnika to‘plamlari maktabgacha ta’limdan 
    boshlab STEM (science – fan, texnology – texnologiya, engeneering – muhandislik, math – 
    matematika) ta’limi fan materiallarini, dasturlash elementlarini, muxandislik tushunchalarini 
    o‘zlashtirish bo‘yicha ta’lim olish imkoniyatlarini yaratadi [6, 5 b.]. Shuningdek, M.Bers va uning 
    hamfikrlari ularni bog‘cha guruhlarida qo‘llash bolalarning aqliy salohiyatini, mayda motorikasini 
    va ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga olib kelishini aytmoqdalar [7]. 
    Raqamli va dasturlovchi o‘yinchoqlar yoki robototexnika to‘plamlari ayrimlari butunlay 
    kompyuterdan uzilgan va ayrimlari kompyuter yordamida boshqarilishi mumkin. Undan tashqari 
    robototexnika vositalari pedagogik nuqtayi nazardan ikki turga bo‘linadi: robotni boshqarish va 
    robotni yaratish [5, 36 b.]. Maktabgacha ta’limda robototexnika vositalarining birinchi turi – 
    robotni boshqarishdan foydalaniladi. Bog‘cha guruhlarida bolalar robotni boshqarish jarayonida 
    algoritmlar bilan ishlash, masalalarning yechimini topish, xatoliklarni aniqlash va bartaraf etish 
    bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Ularning turli xillari turli ishlab chiqaruvchilar 
    tomonidan ishlab chiqilmoqda, ulardan bog‘cha guruhlarida va oilada eng ko‘p 
    qo‘llanilayotganlaridan: Kibo, Kubetto, Ozobot bit robotlari, Bee-bot, Matatalab, Code-a-Pillar 
    Twist dasturlovchi o‘yinchoqlar hisoblanadi. 
    Vizual dasturlash muhitlari (VPE) ba’zida vizual dasturlash tillari (VPL) deyiladi. Vizual 
    dasturlash muhiti – bu ishlab chiqilayotgan algoritmni inson idrok qilish uchun qulay ko‘rinishda 
    ya’ni obrazli va grafik tarzda namoyish qilish usulidir [2, 20 b.]. Ushbu maxsus dasturlash muhitlari 



    Download 15,56 Mb.
    1   ...   592   593   594   595   596   597   598   599   ...   693




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’YNAB ALGORITMIK TAFAKKURNI SHAKLLANTIRAMIZ

    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish