- 67 -
Tekisliklarni shaberlashda yassi shaberlar ishlatiladi.
Ular bir tomonlama va ikki
tomonlama, yaxlit va o’rnatma plastinkali xillarga bo’linadi.
Bir tomonlama yaxlit shaberlar. U12A markali po’latdan 150-300
mm uzunlikda
tayyorlanadi. Ko’pincha, ular tishlari yeyilgan eski egovlardan yasaladi.
Ikki tomonlama shaberlar dumaloq chiviqlardan ishlanadi. Buning uchun chiviqlarning
uchlari temirchilik usulida yassilanadi. Ularning uzunligi 350-400 mm.
O’rnatma plastinkali shaberlar samaraliroqdir. Ularda tezkesar po’lat
va qattiq
qotishmalardan qilingan plastinkalar qo’llaniladi va o’tmaslashganlari almashtirib turiladi.
Ko’p yoqli plastinkalar har bor. Ularning bir yog’i utmaslashsa, ikkinchi yog’ini o’girish va
shu tariqa xizmat muddatini ancha uzaytirish mumkin. Yassi shaberlarning eni:
dastlabki
(xomaki) shaberlash uchun-20-25 mm, yarim tozalab shaberlash uchun-12-16 mm. Uzil-kesil
shaberlash uchun-5-10 mm; shaberning qalinligi 2-4 mm.
O’tkir burchak hosil qiluvchi uchun yarim dumaloq shaberlar ishlatiladi.
Egri sirtlar uch yoqli shaberlar bilan ishlanadi. Ularning yon yoqlari ish qismi
hisoblanadi. CHarxlashni osonlashtirish uchun yoqlari bo’ylab ariqchalar qilinadi.
Uch yoqli
shaberlar ko’pincha eski uch yoqli egovlardan tayyorlanadi.
Podshipniklar vkladishlari yeyilgan konussimon rolikli podshipniklarning tashqi
halqalaridan yoki porshen halqalaridan tayyorlanadigan
shaberlar-halqalar bilan shaberlanadi.
Noqulay joylarni shaberlashda
egik va qoshiqsimon shaberlar ishlatiladi.
Novatorlar tekisliklarni shaberlash uchun
diskaviy shaberlarni taklif qilishgan. Bunday
shaberlar diametri 50-60 mm va qalinligi 3-4 mm li diskdan iborat bo’lib, dastaga mahkamlab
qo’yiladi. O’tmaslashgan sari disk burib turiladi. Dumaloq disk o’rniga uch yoqli va olti yoqli
plastinalar ham qo’llaniladi.
Quyidagi
yig’ma shaberlar konstruktsiyasi ishlab chiqilgan: tekisliklarni (plitalar,
lineykalar, yo’naltiruvchilar, burchaklarni) shaberlash uchun yassi to’g’ri, radiusli yassi; qattiq
qotishmadan
qilingan plastinkali yassi; egri sirtlarni ishlash uchun-uch yoqli; o’tkir
burchak
ostida yotgan sirtlarni ishlash uchun-qoshiqsimon. Ularning ish qismi U12A markali po’latdan
tayyorlanadi. Ular M10 rezьbali quyrug’i bilan ichi bo’sh dastaga mahkamlanadi.