Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/86
Sana03.01.2024
Hajmi3,05 Mb.
#129851
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
Bog'liq
Чилангарлик ўқув услубий қўлланма

Tekisliklarni ishqalash. Qichik tekisliklar qo’zg’almas ishqalagichlarda ishqalanadi. 
Dastlabki ishqalash uchun ariqchali plitalardan foydalaniladi. Buyumni barcha barmoqlar bilan 
ushlab (quyidagi rasm, b), butun ishqalagich sirtida ilgarilama-qaytma va aylanma 
harakatlantiradi. Mayda detallar faqat bosh va ko’rsatkich barmoqlar bilan ushlanadi (quyidagi 
rasm, v). Uzil-kesil ishqalashda ariqchalari bo’lmagan silliq ishqalagichlardan foydalaniladi.


- 75 - 
Asosiy ishqalash usullari 
Katta 
tekisliklarni 
dastlabki 
ishqalashda 
aylanuvchi 
disklardan 
foydalangan ma’qul. Bunda diskning 
butup sirtidan foydalanish uchun 
detalь 
O’ng qo’l bilan radial 
yo’nalishda 
bushgina 
harakatlantiriladi. 
Aylanma 
tezlik 
diskning chetidan o’rtasiga borgan 
sari 
o’zgarib 
borganligi 
uchun 
detalning markazdan uzoqroq yotgan 
joylari tezroq ishqalanadi. SHu sababli 
buyumni vaqt-vaqti bilan burib turish 
kerak. Bunday detallar qo’zg’almas 
yassi 
ishqalagichlarda 
uzil-kesil 
ishqalanadi. Ensiz detallarga ishlov 
berganda tayapch sirtni kattalashtirish 
uchun ularga kubik yoki prizmalar 
qo’shib 
ishqalanadi 
(rasm,g). 
Buyumni kubikka bo’shgina siqish 
lozim. SHuida asosiy bosim kubikka 
emas, detalga tushadi. Aks holda 
kubikning 
tagi 
ishqalanib, 
tezda 
yeyiladi va u detalь bilan birga 
qiyshiq chiqadi. Ko’pipcha, bir necha 
ensiz detallar strubtsina yoki parchin 
mixlar yordamida biriktirilib, paket 
tarzida 
ishqalanadi 
(rasm, 
d). 
Burchaklar va ensiz chuqurchalar 
qiya 
plastinkalar 
shaklidagi 
ishqalagichlarda 
o’lchamiga 
yetkaziladi (rasm, d).  
Yon tomonda turgan buyum qiyshayib ketmasligi uchun uning qarama-qarshi tomoniga 
posangi kiydiriladi. Qeng sirtli yupqa buyumlarni ishqalash uchun ularni yog’och plitkaga mix 
bilan mahkamlab, ishqalagich ustida shu plita bilan birga xarakatlantiriladi (rasm, ye). 
TSilindrik va konussimon detallarni ishqalash. Ishqalagich sifatida qisqichli qirqma 
vtulkadan foydalanilganda u buyumga kiydiriladi. Buyum sekin aylantiriladi (buning uchun 
tokarlik stanogidan foydalanish mumkin), ishqalagich uning o’qi bo’ylab harakatlantiriladi. 
Ishqalash jarayonida vtulka qisib turiladi. 
Yassi ishqalagich egov kabi ishlatiladi, u aylanib turgan buyum sirtida u yog’dan bu 
yoqqa yurgiziladi. 
Teshiklarni o’lchamiga yetkazish uchun ishqalagich sekii aylantiriladi. Ishqalanadigan 
vtulka ishqalagich bo’ylab oldinga va orqaga yurgiziladi (yuqoridagi rasm, j). Agar ishqalagich 
rostlanadigan bo’lsa, ishqalash davomida o’lchami kattalashtirib turiladi. 
Konussimon teishklar konussimon cho’yan ishqalagichlar bilan ishqalanadi. Dastlabki 
ishqalash uchun ishqalagichlarga aylanish yo’nalishiga teskari yo’nalishda spiral ariqchalar 
qilinadi (aks qolda abraziv material asosga tomon suriladi). Uzil-kesil ishqalashga 
mo’ljallangan ishqalagichlar silliq bo’ladi. 
Ishqalagichni dastasidan ushlab, dam soat strelkasi yo’nalishida, dam unga teskari 
yo’nalishda yarim aylanishdan bir oz ko’proq masofaga aylantiriladi va vaqt-vaqti bilan 
ko’tarib turiladi, aks holda bir joyi ishqalanaverib, halqasimon chiziqlar hosil bo’lishi mumkin. 


- 76 - 
Ko’zgu kabi yaltiraydigan sirt qosil qilish. Buning uchun sirt mayii GOI pastasi bilan 
ishlanadi; ishlatilgan abraziv materiallar qoldiqlarini moy yoki kerosinda qorib ishqalanadi; 
benzin bilan suyultirilgan krokus yoki alyuminiy kukuni yordamida ishqalanadi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish