• SHaberlashda xavfsizlik texnikasi
  • Ishqalash materiallari
  • SHaberlashni ishlov berishning boshqa turlari bilan almashtirish




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/86
    Sana03.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #129851
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86
    Bog'liq
    Чилангарлик ўқув услубий қўлланма

    SHaberlashni ishlov berishning boshqa turlari bilan almashtirish ishlab chiqarish 
    unumdorligini oshirishning samarali yo’llaridan shaberlashni yupqa randalash va silliqlash 
    bilan almashtirishdir. 
    Yupqa randalash metallarga ishlov berishda keng qo’llaniladi. Ayniqsa, bu usul uzun, 
    yassi sirtlarni randalashda iqtisodiy jihatdan foydalidir. Zagotovkalarga randalash 
    dastgohlarida ishlov berishga sarflanadigan vaqt oddiy shaberlashga nisbatan o’n marta kam. 
    Yupqa randalash keng tig’li (40 mm gacha) tezkesar po’lat yoki qattiq qotishmalardan 
    yasalgan keskichlarda bajariladi. Tig’ning kesish chuqurligi dastlabki ish yo’llarida 0,01-0,25 
    mm, uzil-kesil randalashda 0,05-0,1 mm bo’ladi. Dastgohlarning keskichlari tezkesa po’lat 
    yoki qattiq qotishmalardan yasaladi. Zagotovkani yupqa randalaganda sirtning g’adir-budirligi 
    Ra 1,25-0,63 bo’lib, to’g’ri chiziqlilik va joiz tekislilikning og’ishi saqlanib qoladi. Ammo 
    bunday ishlov berishning foydali tomonlari bilan birga ayrim kamchiliklari bor, masalan, 
    dastgohga detalni o’rnatish, to’g’rilash. Mahkamlash, keyin uni yechib olishga ko’p vaqt 
    sarflanadi. 
    SHaberlashda xavfsizlik texnikasi 
    SHaberlashda ish o’rni yaxshi yoritilgan bo’lishi kerak. Tekshirish asbobi va detalga 
    yorug’lik bir me’yorda tushishi, aks va soyalar bo’lmasligi kerak. Yaxshi ko’rinmagan sirlar 
    yaxshi ishlanmaydi.
    SHaberlashda nuqsonsiz va uchmagan dasta bo’lishi zarur. Ikki tomonlama shaber bilan 
    ishlayotganda uning ikkinchi tig’i shkastlanishidan extiyot bo’lishi lozim. SHaberlashda og’ir 
    tekshirish asboblari va detallar bilan ishlashga to’g’ri keladi. SHuning uchun ish o’rnini 
    ko’tarish qurilmalari bilan jixozlash maqsadga muvofiq.
    Ishqalash materiallari 
    Ishqalash va o’lchamiga yetkazish so’nggi operatsiyalar hisoblanadi. Bu operatsiyalar 
    sirtni 0,0001 mm niqlikda ishlashga imkon beradi 
    Sirtlarning bir biriga zich tegishini ta’minlash uchun ularni abraziv materiallar kukuni 
    yoki pastalar bilan ishlash operatsiyasi ishqalash deb ataladi. Bu operatsiya klapanlar, 
    jo’mraklar, plunjerlar, tiqinlar, zolotniklar va shunga o’xshash detallarda zich hamda germetik 
    birikmalar hosil qilish uchun qo’llaniladi. 
    O’lchamga yetkazish-tozalash, pardozlash operatsiyasi bo’lib, buyumning aniq 
    o’lchamlari va shakllari ta’minlashga, sirtni juda toza ishlashga imkon beradi. Odatda 
    ishqalashning ikki turi: etalon sirtlar (ishqalagichlar) yordamida ishqalash va bir detalni 
    ikkinchisiga ishqalash usullari qo’llaniladi. 
    Ishqalash sifatini yaxshilash va ish unumini oshirish uchun dastlabki ishqalashga 0,02-
    0,05 mm, uzil kesil ishqalashga 0,003-0,005 mm qo’yim qoldiriladi. 
    Metallarga ishlov berish uchun mo’ljallangan tabiiy yoki su’iy moddalar abraziv 
    materiallar deb ataladi. Ular donadorlik nomeri bilan ifodalanadi. Bu materiallar uch 
    gruppaga: jilvirlash donlariga, jilvirlash kukunlariga, mikrokukunlarga bo’linadi. 
    Jilvirlash donlari va jilvirlash kukunlari uchun donadorlak nomeri donlarning 
    millimetrning yuzdan bir ulushidagi o’lchamini ko’rsatadi. Mikrokukunlardagi raqamlar 
    donlarning mikronlardagi o’lchamini ifodalaydi. Jilvirlash donlaridan jilvirlash doiralari va 
    brusoklari, jilvirlash qog’ozlari tayyorlanadi. 
    Yumshoq abraziv materiallar har xil metallarning oksidlari hisoblanadi. Ularga xrom 
    oksid, temir oksid (krokus), alyuminiy oksid kukunlari kiradi. 
    Qattiq abraziv materiallardan po’latni ishqalash uchun normal oq va xromli 


    - 72 - 
    elektrokorund hamda monokorund kukunlari; cho’yan va mo’rt materiallarga ishlov berish 
    uchun kremniy karbid; qovushgan qattiq qotishmalar hamda boshqa qiyin ishlanadigan 
    materiallar uchun bor karbid va sintetik olmos kukunlari ishlatiladi. 
    Yumshoq abraziv materiallar bilan yumshatilgan po’lat, cho’yan, mis va alyuminiy 
    qotishmalari ishqalanadi. 
    Qattiq abraziv materiallar bilai ishqalash jarayonida sirtdan mexanikaviy usulda qirindi 
    yo’niladi, ya’ni qirqish jarayoni ro’y beradi. Yumshoq abraziv materiallar bilan ishqalash 
    jarayonida ximiyaviy-mexanikaviy ishlov yuz beradi: sirt-aktiv moddalar ta’sirida yupqa oksid 
    pardasi hosil bo’ladi, keyin bu parda abraziv donlari vositasida yo’qotiladi. SHu tarzda oksid 
    pardalari hosil qilish va ketkazish yo’li bilan sirt zarur aniqlik hamda tozalikka erishilguncha 
    ishlanadi. 
    Ishqalash va o’lchamiga yetkazish uchun mo’ljallangan moylash materiallari metall 
    yo’nish jarayonini tezlashtiradi, abraziv donlarining o’tkirligini saqlaydi, ishlovning aniqligi va 
    tozaligini oshiradi, detalь sirtini sovitadi. Quyidagi moylash-sovitish suyuqliklari: kerosin, 
    yengil mineral moylar, benzin, sodali suv tavsiya qilinadi. Po’lat va cho’yanni ishqalash uchun 
    ko’pincha kerosin ishlatiladi. Kerosinga 2,5% olein kislota va 7% kanifol qo’shilsa, ish unumi 
    keskin oshadi. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    SHaberlashni ishlov berishning boshqa turlari bilan almashtirish

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish