- 69 -
Ish sirti shaberlangan plitalarning aniqligi tomonlari 25 mm li kvadratdagi dog’lar
soniga qarab aniqlanadi. 00 va 0-aniqlik klassdagi plitalarda dog’lar 25 ta, 1-aniqlik klassidagi
plitalarda 20 ta bo’ladi. 3-aniqlik klassidagi plitalar rejalash plitalari, boshqa aniqlik klassidagi
plitalar tekshirish plitalari hisoblanadi.
To’g’ri va egri chiziqli sirtlarni shaberlash
To’g’ri chiziqli (yassi) sirtlarni shaberlash. Sirtning sifatli
shaberlanishiga erishmoq
uchun xomaki, yarim toza va toza shaberlash tartibiga e’tibor bermoq lozim.
Xomaki shaberlashda sirtda qolgan avvalgi ishlov izlari, chiziqlar serbar shaberlar
bilan
olib tashlanadi. Ishni eni 20-30 mm li shaberda 10-15 mm uzunlikdagi ish yo’li bilan
bajariladi. SHaberni yo’naltirishni uzluksiz o’zgartirib (har qaysi navbatdagi shtrix oldingisiga
nisbatan 90
burchak hosil qilib yo’nalishi kerak), zagotovka sirtidan 0,02-0,05 mm
qalinlikdagi qatlamni qirqib olinadi. SHaberlashni ko’zga ko’rinadigan izlarni yo’qotguncha
davom ettiriladi. Ishning sifati tekshirish taxtasidan yuqtiriladigan bo’yoqqa qarab tekshiriladi.
Har bir bo’yashdan keyin shaberning yo’nalishini o’zgartirish kerak. Dog’larning
bir tekis
joylashuviga erishilgandan keyin bo’laklashni yakunlab dog’larni ko’paytirishga kirishiladi.
Faqat bo’yalgan
sirtlarnigina emas, balki ozgina bo’yoq tekkan
yuzalarni ham shaberlash
lozim. 25x25 mm yuzada 4-5 ta dog’ qolgach, xomaki shaberlash tugaydi.