|
Ishqalab moslash ishlarini mexanizatsiyalash
11Bog'liq Чилангарлик ўқув услубий қўлланма10. Ishqalab moslash ishlarini mexanizatsiyalash
11. Moslashtirish va pripasovkalash
Tayanch so’z va iboralar
SHaberlash, tekisliklarni shaberlash, yaxlit shaberlar, yig’ma shaberlar, shaberlar
qanday charxlanadi, tekshirish va rejalash plitalari, pnevmatik shaberlar, elektromexanik
shaber, o’lchamga yetkazish, abraziv materiallar, ishqalagichlar, tekisliklarni ishqalash,
ishqalab moslash, ishqalashda xavfsizlik texnikasi.
Umumiy tushunchalar
SHaberlash toblanmagan sirtlarga ishlov berishning oxirgi operatsiyasi bo’lib, unda
shaberlar deb ataluvchi asboblar bilan yupqa qirindi qiriladi. U yig’ish va remont ishlarida
tutashuvchi sirtlarning bir-biriga yaxshi moslashuvini ta’minlash, tekisligi hamda to’g’ri
chiziqliligining yuqori darajada bo’lishiga erishish lozim bo’lganda (staninalarning
yo’naltiruvchilari, stollar, karetkalar, sirpanish podshipniklariga ishlov berishda) qo’llaniladi.
SHaberlashda yuqori aniqlikka: 25X25 mm li kvadratda 30 ta dog’, sirtning g’adir-budirligi
ko’pi bilan Ra*0,32 bo’lishiga erishiladi.
SHaberlashning mohiyati. Tekshirish asbobi
(plita chizg’ich) yupqa qilib bo’yaladi. O’nga
ishlov beriladigan buyumni qo’yib, doiraviy
yo’nalishda harakatlantiriladi. SHunda sirtning
chiqiq joylariga bo’yoq tegadi. Kichik detallar
tiskiga mahkamlab, yirik zagotovkalar esa
turgan
joyida
shaberlanadi.
SHaber
ishlanadigan sirtga 15-20
burchak ostida
qo’yiladi, o’ng qo’l bilan dastasidan ushlab,
chap qo’l bilan qirquvchi qirrasi yaqinidan
qisiladi. SHaberni oldinga harakatlantirganda
qirquvchi tig’i yupqa qirindi qiradi, ketinga
harakatlantirganda
esa
qirindi
qirmaydi.
SHaber bir gal surilgandan so’ng sirt qirindidan
tozalanadi, yana bo’yaladi va bo’yoq tekkan
(chiqiq) joylari yana shaberlanadi.
Sirt birligiga to’g’ri keladigan dog’lar soni normaldagiga yetguncha operatsiya
takrorlanaveradi. Dog’lar soni qancha ko’p bo’lsa. CHiqiq va botiqlar shunchalik mayda
bo’ladi hamda sirt shunchalik aniq chiqadi.
|
| |