- 63 -
tikuvchilikda gazmollar, rezina, fetrlar yelimlab yopishtiriladi.
Epoksid yelimlar (ED-5, ED-6, ED-40) bilan mustahkam birikmalar hosil qilish
mumkin. Bunday yelimni tayyorlashda epoksid smolaga qotirgich (polietilen-yarimsmola)
qo’shiladi. Epoksid yelimining tarkibi o’n hissa qotirgich, yuz hissa epoksid smolasidan iborat.
O’nga to’ldirgich
sifatida alyumin yoki bronza, portland tsementi, cho’yan kukuni,
shisha
tolalarni qo’shish mumkin. To’ldiruvchilar yelimning qayshqoqligi va mustahkamligini
oshiradi.
Issiqqa chidamli yelimlar titrash, yuqori harorat sharoitida ishlovchi metallar va
nometall materiallarni biriktirishda ishlatiladi. VK 32-200 yelimi bilan biriktirilgan detal 60
dan 120
S
gacha haroratda ishlash mumkin, 200
S dan ortiq haroratda uzlo’qsiz ishlashga
bardosh beradi. Yelim birinchi marta surkalganda 15-20 minut 20
S da,
ikkinchi marta
surkalganda esa 90 minut quritiladi. Yelim suv, benzin va moyga chidamli.