|
Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchunBog'liq Чилангарлик ўқув услубий қўлланмаKichik o’lchamli isitgich lampa yupqa devorli korpus, uning toretsida 0,2 mm li
sozlovchi teshik, tiqin, rezina qistirma va jez lappakdan tuzilgan. Tampa bir marta quyilgan
benzin (B-70) bilan 20-25 min ishlashi mumkin. Yonish harorati 1000-1200
S ga yetadi.
Korpus ichidagi benzinning kengayishi tufayli hosil bo’lgan bosim benzinni bulg’atib
yuboradi. Keyinchalik bosim issiqlik tufayli bir maromda saqlanib turadi. Lampadan montaj,
avtota’mirlash, chilangarlik-yig’ish va boshqa ishlarda foydalaniladi, uni gorizontal va vertikal
holatda ishlatish mumkin.
Qoviyalash asboblari
Qoviya-qoviyalash ishlarini bajarishdagi asosiy asbobdir. Qizdirilish usuliga ko’ra
qoviyalar davriy, uzluksiz qizdiriladigan turlarga bo’linadi. Qoviyalarni qizdirilishi va
konstruktsiyalaridan qat’iy nazar ularning asosiy vazifasi kavsharni eriguncha qizdirish, erigan
kavsharni birikmaga qo’yish, qoviyalanadigan joyni qizdirish, erigan ortiqcha kavsharlarni olib
tashlashdan iborat.
Davriy qizdiriladigan qoviyalar burchakli va to’g’ri xillarga bo’linadi. Birinchisi ko’p
ishlatiladi. To’g’ri qoviyalar qo’l yetmaydigan joylarni qoviyalashda qo’llaniladi. Qoviya
ma’lum shaklga ega bo’lgan mis kallak va unga o’rnatilgan dastali chiviqdan tuzilgan. Davriy
qizdiriladigan qoviyalar qatoriga gaz va benzinda ishlaydigan qoviyalar kiradi.
Benzin bilan ishlovchi qoviyaning ish kallagi benzin alangasida qiziydi. Qoviya dastasi
benzin rezervuari vazifasini bajaradi. Rezervuarning to’rtdan uch qismini benzin bilan
to’ldirilib, ventilni mahkam burab qo’yiladi. BENZIN rezervuarini o’t oldida to’ldirish man
etiladi.
Elektr qoviyalar keng tarqalgan bo’lib, oddiy va foydalanishga qulayligi bilan
boshqalaridan ajralib turadi. Ish jarayonida zararli gazlar chiqmaydi va qoviyalanadigan joy bir
tekis qiziydi, bu holat ish sifatini oshiradi. Elektr qoviyalar 2-8 daqiqa ichida qiziydi. Ular
to’g’ri, burchakli shaklda ishlab chiqariladi.
Qalay-qo’rg’oshinli kavsharlashg’r uchun quyidagi elektr qoviyalardan foydalaniladi:
PTSN-10; PTSN-16; PTSN-25; PTSN-40; PTSN-65; PTSN-100; PTSN-160; PTSN-250 (P-
elektr koviya; TS-chivig’i almashtirilmaydigan koviya; N-ishlash rejimi uzluksiz).
|
| |