|
Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchunBog'liq Чилангарлик ўқув услубий қўлланмаKavsharlash asboblari
Kavsharlash sanoatning tarmoqlarida keng qo’llaniladi. Mashinasozlikda undan
g’ildirak, turbina, o’tkazgich quvur, radiator, yuritgichlarning havo sovutish qovurg’alari,
velosiped ramalari, gaz apparati, sanoatda foydalaniladigan idishlar va hokazolar tayyorlashda
foydalaniladi. Elektr va asbobsozlik sanoatida kavsharlash detallarni biriktirishda yagona
usuldir. Undan radioapparaturalar, videotexnika, elektr mashina detallari va eruvchan
saqlagichlarni tayyorlashda qo’llaniladi.
Zamonaviy usullar bilan uglerodli, legirlangan va zanglamaydigan po’latlar, rangli
metallar, ularning qotishmalarini kavsharlash mumkin. Kavsharlashning quyidagi afzalliklari
bor: biriktirilgan detal qismlarining qizdirilishi tufayli metallning xossasiga putur yetmaydi;
biriktirilgan joylar (choklar)ga ishlov talab qilinmaydi; detallarning o’lchamlari va shakllari
buzilmaydi va eng muhimi birikma mustahkam chiqadi.
Kavsharlar. Birikmaning sifati, ishlatishdagi ishonchliligi birinchi navbatda
kavsharlarni to’g’ri tanlashga bog’liq. Hamma metallar va qotishmalar ham kavshar vazifasini
bajara olmaydi. Kavsharlar quyidagi xossalarga ega bo’lishi kerak:
kavsharning erish harorati materialning erish haroratidan kam bo’lishi;
erigan holatda materialga yaxshi yopishishi va uning sirtidan oqishi;
kavshar birikmaning materialga yetarli darajada qo’shilishi, mustahkamligi,
plastikligi va germetikligi;
kavsharning termik kengayish koeffitsienti biriktirilayotgan material koeffitsientig’a
yaqin bo’lishi kerak.
Uzoq muddatli izlanishlar va amaliy tajribalar asosida ishlatish uchun kavsharlarning
quyidagi guruhlari tavsiya etilgan (349-rasm).
Erish haroratig’a ko’ra kavsharlar quyidagicha tasniflanadi: qattiq (qiyin eriydigan)-
500
S dan yuqori haroratda eriydigan yuqori darajadagi qattiq kavsharlar; yumshoq (oson
eriydigan)-500
S dan past haroratda eriydigan kavsharlar.
|
| |