- 57 -
perpendikulyar ikkita markaz chiziqlari-koordinata o’qlari, keyin boshqa o’lcham va chiziqlar
chiziladi.
Andazalar bo’yicha rejalash. Har bir sirt uchun zarur shaklli andaza tayyorlab olinadi.
Zagotovkada joylashtirish uchun unda uchlariga kertiklar qilingan markaz chiziqlari bo’ladi.
Reysmas vositasida zagotovkaga markaz chiziqlari chiziladi. Andazadagi markaz chiziqlari
zagotovkadagi markaz chiziqlariga to’g’ri keladigan qilib andaza
zagotovkaga taqaladi va
chizg’ich bilan uning konturi chizib olinadi. Andazadan foydalanish natijasida rejalashga
ketadigan vaqt ancha qisqaradi va rejalash osonlashadi.
Namuna bo’yicha rejalash. Bu usul, asosan, remont ishlarida qo’llaniladi. Eski detal
(namuna)ni plita ustiga qo’yib, yoniga rejalanishi kerak bo’lgan zagotovka o’rnatiladi, barcha
harakterli chiziq va nuqtalar reysmas yordamidan namunadan
rejalanadigan detalga
ko’chiriladi. Eski detal va zagotovkani birin-ketin burib va har gal ularning vaziyatini
tekshirib, namunadagi barcha chiziqlar zagotovkaga ko’chiriladi.
Joyida rejalash. Bu usul bilan, odatda, ikki tutash detaldagi mahkamlash teshiklari
rejalanadi. Oldin bitta
detaldagi teshiklar ishlanadi, so’ngra shu teshiklar ikkinchi detalga
ko’chiriladi. Ayrim sirtlar konturlarini ham ikkinchi tutash detalga shu tariqa ko’chirish
mumkin.
Rejalashning ilg’or metodlari
Ish o’rnini va mehnatni to’g’ri tashkil qilish, samaraliroq ish o’rinlaridan foydalanish va
eng yangi asboblarni ishlatish hisobiga rejalash unumdorligini oshirish mumkin.
Ishlab chiqarish novatorlari rejalash ishlarini tezlashtiradigan asbob va moslamalarning
har xil konstruktsiyalarini taklif qilishgan. Masalan, novator slesar K.F.Kryuchekning ko’p
ignali reysmasi to’rtta chizg’ich bilan ta’minlangan. CHizg’ichlarning har biri ma’lum
o’lchamga o’rnatiladi. Bu esa ulardan istaganini navbati bilan ishlatishga imkon beradi.
SHunda rejalash jarayoni, ayniqsa, detallar partiyasini rejalash jarayoni ancha tezlashadi.
Novator A.A.Dmitriev konstruktsiyasidagi reysmas egri sirtlarga
vertikal chiziqlar
chizishga, chiqib turgan qismlari bor detallarni rejalashga imkon beradi. Bu reysmasda
chizg’ich buriladigan barabanga o’rnatilgan. Baraban stoyka o’yiqlarida vertikal yo’nalishda
ham surila oladi. Bunday konstruktsiya egri sirtda harakatlanayotgan chizg’ichni burishga
imkon beradi.
Novatorlar detallar partiyasini tayyorlashda bir yo’la bir
necha zagotovkani rejalab
olishni taklif etishdi. Reysmasning bir vaziyatida barcha detallardagi bir xil chiziqlar chiziladi
so’ngra reysmasning o’rnini o’zgartirib, boshqa chiziqlar chiziladi. SHunda rejalash ancha
tezlashadi.