- 59 -
Oz surmali-POSSu 61-0,5; POSSu-50-0,5; POSSu 40-0,5; POSSu 35-0,5; POSSu 25-
0,5 va POSSu 18-0,5.
Surmali-POSSu 95-5; POSSu 40-2; POSSu 35-2; POSSu 30-2; POSSu 25-24; POSSu
18-2; POSSu 15-2; POSSu 10-2; POSSu 8-3; POSSu 5-1 va POSSu 6-4.
Belgilashlar va sonlar quyidagilarni bildiradi: POS-qalay-qo’rg’oshinli kavshar; M-mis;
K-kaliy, u-surma.
Birinchi son-qalayning miqdori, % undan keyingisi mis va qalay miqdori,
%, qolganlari-qo’rg’oshin. CHilangarlik ishlarida ko’pincha POS 40 kavshari ishlatiladi.
Qiyin eriydigan kavsharlar qiyin eriydigan metallar
va ularning qotishmalaridan
tayyorlanadi. Kavsharning kerakli xossa va erish haroratini hosil qilish uchun qalayi,
marganets, alyumin, termir va boshqa metallar qo’shiladi. Mis asosidagi kavsharlarning erish
harorati 850-1150
S. bunday kavsharlar bilan po’lat, cho’yan, mis, nikel va uning qotishmasini
kavsharlash mumkin.
Qattiq kavsharlar, asosan. Misli-tsinkli va kumushli guruhlarga bo’linadi.
Standart
bo’yicha (GOST) misli-tsinkli kavsharlar 3 rusumda ishlab chiqariladi: PMTS-36 jezni,
PMTS-48 misli qotishmalarni, PMTS-54 bronza, mis, po’latni
kavsharlash uchun
mo’ljallangan. Belgidagi P harfi «kavshar» so’zini, MTS-misli-tsinkli;
raqam esa tarkibdagi
misning miqdorini (%) anglatadi.
Misli-tsinkli kasharlar 700-950
S da eriydi.