• Rejalashda xavfsizlik texnikasi - 58
  • Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/86
    Sana03.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #129851
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   86
    Bog'liq
    Чилангарлик ўқув услубий қўлланма

    Brakning oldini olish tadbirlari. Rejalashda chizmani noto’g’ri o’qish, bazani noto’g’ri 
    tanlash o’lchamlarni e’tiborsizlik bilan qo’yish va reja chiziqlarini palapartish chizish, noaniq 
    rejalash plitasi hamda asboblaridan foydalanish, sifatsiz zagotovkani rejalash brakka sabab 
    bo’lishi mumkin. 
    Brakning oldini olish uchun, avvalo, chizmani diqqat bilan o’rganib chiqish, 
    rejalanadigan detalni yaxshi tasavvur qilmay turib rejalashga kirishmaslik kerak. Fazoviy 
    rejalashga tayyorlanishda eng muhim moment baza tanlash hisoblanadi. Baza tanlashda 
    yuqorida aytilgan qoidalarga rioya qilish, baza tanlashning turli variantlarini va ularning 
    yasaladigan detal aniqligiga ta’sirini tahlil qilish lozim. 
    Zagotovkani sinchiklab ko’zdan kechirish kerak. Ko’zdan kechirish va sinashda 
    aniqlanmagan nuqsonlar ishlov berishda ma’lum bo’ladi. SHuni esda tutish kerakki, quyma 
    zagotovkalarda po’k joylar va boshqa nuqsonlar, odatda, chiqiqlar, bobishkalar va flanetslar 
    bor joylarda bo’ladi. Rejalovchi quymaning shu xususiyatlarini bilishi va nuqsonlar 
    zagotovkaning olib tashlanadigan joylarida qoladigan qilib rejalashga intilishi darkor. 
    Rejalashda xavfsizlik texnikasi 


    - 58 - 
    Rejalash plitalari asosiy rejalash jihozi bo’lib, rejalash sifati ularning aniqligiga bog’liq. 
    SHuning uchun ularni juda ehtiyot bo’lib ishlatish kerak: plita sirtini shikastlamaslik uchun 
    detalni plita ustiga ohista qo’yish, plitaga sirtlari ishlanmagan zagotovkalarni qo’ymaslik, 
    plitaga zarb bilan urmaslik va uning ustida detallarni surmaslik lozim. Plita aniqligini 
    yo’qotmasligi uchun uning butun sirtidan foydalanish kerak. Hadeb plitaning bir joyidan 
    foydalanilaversa, shu joyi tezroq yeyilishi mumkin. Rejalash tugagandan so’ng plita sirtini 
    yaxshilab artish, mashina moyi bilan moylash va yog’och kojux bilan yopib qo’yish zarur. 
    Rejalovchining ish o’rni yaxshi yoritilishi lozim. Ish o’rnini deraza yaqiniga 
    joylashtirgan ma’qul, lekin o’nga quyosh nuri to’g’ri tushmaydigan bo’lsin, aks holda soyalar 
    paydo qilishi mumkin.. yorug’lik plita va chizma sirtiga bir me’yorda va sochilib tushishi 
    kerak. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   86




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish