• Qalaylash, kavsharlash va ularni bajarishda sanitariya gigena va xavfsizlik texnikasi talablari Qalaylash .
  • Sirtni qalaylashga tayyorlash .
  • Qattiq kavsharlar bilan qoviyalash




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/86
    Sana03.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #129851
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86
    Bog'liq
    Чилангарлик ўқув услубий қўлланма

    Qattiq kavsharlar bilan qoviyalash. Mustahkam va issiqqa chidamli birikmalar hosil 
    qilish uchun qattiq kavsharlar bilan qoviyalanadi. Qoviyalash quyidagi bosqichlarda bajariladi. 
    Qoviyalanadigan buyum, masalan, tsilindrsimon chiviq yaxshilab tozalanib, uning oksid 
    qoplamalari olib tashlanadi, moysizlantiriladi, keyin ko’rsatilganidek gira jag’lariga qisib 
    egovlanadi. Moslashtirilgan sirtlarga flyus surkaladi va qoviyalanadigan yuzaga mis plastinani 
    qo’yib, uni yumshoq sim bilan mahkamlanadi. Tayyorlangan detallarni qoviyalash lampasi 
    yoki elektr pechda qizdiriladi. Kavshar erigach, detalni o’tdan olib, uni shunday ushlash 
    kerakki, kavshar chokdan oqib tushmasin. Keyin detal sovutiladi. Uni suvda sovutish uchun 
    plastinani olib tashlash kerak, aks holda birikmaning mustahkamligi kamayishi mumkin. 
    Qoviyalashning boshqa usulida tayyorlangan detalni qizdirib o’nga bur sepiladi keyin 
    yana qizdirib jez yoki mis simni eritib chokka quyiladi. Qoviyalangan detal sovugach, uni 
    suvda yuvib, quruq latta bilan artib quritiladi, chokdagi ortiqcha kavsharlar qumqog’oz bilan 
    jilvirlab olib tashlanadi. 
    Qalaylash, kavsharlash va ularni bajarishda sanitariya gigena va xavfsizlik texnikasi 
    talablari 
    Qalaylash. Detallarni sirtini yupqa qilib metall qatlami bilan qoplashga qalaylash deb 
    ataladi. Odatda, detallarni koviyalashga tayyorlash maqsadida qalaylanadi, ayrim hollarda 
    metallarni zanglashdan saqlash uchun ham qalaylash mumkin. Qalaylashda detalga flyus 
    surkab, ustidan qalay quyiladi, bunda qalay detal sirtida yupqa parda hosil qiladi. Detal siridagi 
    qalayi pardasini poluda deb ataladi. Ular kavsharlar singari tayyorlanadi. Poluda sifatida qalayi 
    va uning qotishmasidan foydalanish mumkin. 
    Sirtni qalaylashga tayyorlash. Sirtni qalay bilan qoplash uchun uni cho’tka bilan 
    tozalab, moyini ketkazib xurushlanadi. Ishlov berishdan oldin buyumni toza suv bilan yuvish 
    kerak (ishni tezlashtirish maqsadida yuvishda qum, pemza va ohak ishlatiladi). 
    Notekisliklarni yumaloq charx tosh bilan tekislasa bo’ladi. Sirtni kimyoviy usulda 
    tozalash uchun kaustik sodaning suvdagi eritmasini (1 l suvga 10 gr soda) metall idishda 
    qaynatib, o’nga buyumni 10-15 minut solib qo’yiladi. So’ngra detalni issiq suvda yuvib, 
    quritiladi. 
    Elimlash. Mashina detallari, qurilish konstruktsiyalari va boshqa buyumlarni yelimlab 
    biriktirish ham mumkin. Yelimlangan birikmalar suv va moy o’tkazmaydi, yuqori darajada 
    germetik, titrash va zarblarda bardoshli bo’ladi. Yelimlab biriktirish parchinlash, payvandlash, 
    kavsharlash bilan biriktirish usullarining o’rnini bosa oladi. Yelimlab biriktirish turli usullar 
    yordamida amalga oshiriladi. 
    Har xil turdagi yelimlovchi moddalar bo’lib, ular orasida BF yelimi eng ko’p tarqalgan. 
    Bu yelimlar BF-2, BF-4, BF-6 va boshqa rusumlarda ishlab chiqariladi. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish