• Yumshoq kavsharlar uchun flyuslar .
  • Bor kislotasi
  • Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet62/86
    Sana03.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #129851
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   86
    Bog'liq
    Чилангарлик ўқув услубий қўлланма

    FlyuslarHaroratning oshishi bilan kavsharlanadigan sirtlarning oksidlanish tezligi orta 
    boradi, buning natijasida kavsharning detal sirtiga yopishishi yomonlashadi. Oksidlarni 
    yo’qotish uchun-flyuslar qo’llaniladi. Flyuslar kavsharlarning kavsharlanadigan sirtga 
    yopishishiga yordam beradi. Ular yumshoq va qattiq kavsharlar uchun alohida tayyorlanadi. 
    Bo’lardan tashqari alyumin qotishmasi, zanglamaydigan po’lat hamda cho’yan uchun maxsus 
    flyuslar ishlatiladi. 
    Yumshoq kavsharlar uchun flyuslar. Bu xildagi kavsharlar uchun xlorli, tsinkli, 
    nashatir, kanifol, kavsharlash pastalari ishlatiladi. 
    Xlorli tsinkning flyuslash xossasi kuchli bo’lib, qora, rangli metallar (tsinkli, 
    tsinklangan detallar, alyumin hamda uning qotishmasidan tashqari)ni kavsharlashda 
    qo’llaniladi. Zanglashning oldini olish uchun flyusga sut ranggi yo’qolguncha nashatir spirti 
    qo’shiladi. 
    Nashatir (xlorli alyuminiy)-oq rangli, achchiq-sho’r modda bo’lib, tuzning ta’mini 
    beradi. U tarkibga kukun yoki kristall holida qo’shiladi. Nashatirni qizdirilganda undan sog’liq 
    uchun zararli oq gaz ajraladi, shuning uchun kavsharlashda toza nashatir bilan emas, balki 
    uning suvdagi aralshmasidan va ozgina xlorli tsinkdan foydalaniladi. 
    Kanifol sarg’ish-jigarrang smola bo’lib, archa smolasini haydash yo’li bilan olinadi. 
    Uning flyuslash xossasi boshqa flyuslarga qaraganda kuchsiz, ammo zangbardoshligi kuchli. 
    Kanifolning kukuni, tayoqchasi yoki spirtdagi eritmasidan foydalanish mumkin. 
    Qoviyalash pastasi suyuq holda bo’lib, uni tayyorlash uchun kraxmalni suvda eritib, 
    keyin yopishqoq bo’lgo’nga qadar qaynatiladi. Kraxmal kleysterini sovuq holda xlorli tsink 
    yoki xlorli tsink yoki xlorli ammoniy bilan aralashtirib yopishqoq suyuqlik hosil qiladi. 
    Zanglamaydigan va issiqqa chidamli po’latni kavsharlashda 50% eritilgan bo’r va 50% 
    bor kislotasining xlorli tsinkdagi eritmasidan tayyorlangan pastadan foydalaniladi. qo’lrang 
    cho’yanni kavsharlashda bo’rga xlorli kaliy, marganets perekis yoki temir oksidi qo’shiladi. 
    Qoviyalash uchun qoviya pastasini yuzaga bir tekis qilib surkaladi. Qoviyalashdan keyin 
    qoldiqlarni qilli cho’tka bilan suvda yuvib tashlash kerak. 
    Bor kislotasi o’zining flyuslash xossasi bilan burdan yuqori turadi, ammo 
    qimmatbaholigi tufayli undan kamroq foydalaniladi. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   86




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish