• Nuqsonlar .
  • - 54 - Parchinlashda uchraydigan nuqsonlar Nusxasi Nuqsonlar Kelib chiqish sabablari
  • Rejalash uchun moslamalar
  • Pnevmatik richagli statsionar press KP-204M




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/86
    Sana03.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #129851
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   86
    Bog'liq
    Чилангарлик ўқув услубий қўлланма

    Pnevmatik richagli statsionar press KP-204M yakka choklarni hosil qilishda 
    qo’llanilib, 

    5 mm gacha bo’lgan po’lat, 

    6 mm gacha bo’lgan dyuralyumin mixlar bilan 
    plastinalarni parchinlash imkonini beradi. Havo magistralidan keluvchi qisilgan havo 
    avtomatik moylagichga filьtr orqali o’tadi. Har xil qalinlikdagi detallarni parchinlash uchun 
    tayanchni o’qi bo’ylab siljitish kerak. Tutashtiruvchi kallaklar shaklining to’g’riligi va 
    parchinlanadigan detallarning siqilishi siqqichlar vositasida amalga oshiriladi. Press tepkini 
    bosish bilan ishga tushiriladi. 
    Nuqsonlar. Parchinlashda sodir bo’ladigan nuqsonlar 5-jadvalda ko’rsatilgan. Noto’g’ri 
    qo’yilgan parchin mixning kallagi qirqib tashlab, sumba bilan chiviqni chiqarib tashlash kerak. 
    Parchin mixni kernlab kallak balandligi bo’yicha parmalanadi. 


    - 54 - 
    Parchinlashda uchraydigan nuqsonlar 
    Nusxasi 
    Nuqsonlar 
    Kelib chiqish sabablari 
    Tutashtiruvchi kallakning siljishi 
    - parchin mix toretsi noto’g’ri 
    qirqilgan 
    Material egilgan 
    - teshik diametri kichik
    Parchin mixning ikkala qalpog’i 
    siljigan 
    - teshik qiyshiq parmalangan 
    Tutashtiruvchi kallak egilgan 
    - chiviq uzun 
    CHiviqning listlar orasida 
    parchinlanishi 
    - listlar jipslashmagan 
    Kesilgan kallak 
    - qalpoq zich o’rnatilmagan 
    Qalpoqlar yetarlicha tortilmagan 
    - qalpoq zich o’rnatilmagan 
    Tutashtiruvchi kallak kichik 
    - chiviq uzunligi yetarli emas 
    Tutashtiruvchi kallak zich 
    yotmagan 
    - siqqich qiyshiq 
    Qalpoq chetlarida notekislik 
    - parchin mixning sifati yomon 
    Rejalash uchun moslamalar 
    Ishlov berish uchun faqat bir tekislikda rejalashning o’zgina kifoya qiladigan shakldagi 
    detallar uncha ko’p emas. SHakli hamda o’lchamlari har xil tekisliklarda turlicha bo’lgan va 
    shu sababli bir necha tekislikda rejlashga to’g’ri keladigan detallar ko’proq. Masalan, 
    tasvirlangan detal uchun ikki tekislikda, suhar uchun kamida uch tekislikda chiziqlar chizishga 
    to’g’ri keladi. Bunday detallar uchun fazoviy rejalash talab qilinadi. 
    Fazoviy rejalashning xususiyatlari va uning tekislikda rejalashdan farqi shugina emas. 
    Masalan, podshipnikni rejalash uchun zagotovkaning turli sirtlarida reja chiziqlarini chizish 
    kamlik qiladi. Yaroqli detal olish uchun, bundan tashqari. Teshikning o’qi asosga parallel, 
    toretslar o’qqa perpendikulyar bo’lishi, mahkamlash teshiklari to’g’ri joylashishi kerak va 
    hokazo. 
    Demak, fazoviy rejalashda har bir sirtning va shakli va o’lchamlarini, shuningdek, 
    o’zaro vaziyatini ta’minlash talab qilinadi. Fazoviy rejalashda har xil sirtlarning reja chizig’ini 
    bir-biriga bog’lash uchun zagotovka rejalash plitasiga o’rnatiladi va o’nga nisbatan joylashishi 
    aniq belgilab olinadi. Rejalash asbobi plita tekisligi bo’ylab yurgiziladi. U bilan chiziladigan 
    barcha reja chiziqlari bir tekislikka nisbatan, ya’ni plita tekisligiga nisbatan zarur vaziyatni 
    egallaydi va demak, bir-biriga bog’lanadi. 
    Fazoviy rejalashda ishlatiladigan asbob va moslamalar 
    Rejalash plitalari mayda donli zich cho’yandan tayyorlanadi. Ularning ichi bo’sh bo’lib, 
    ichida bikrlik qobirg’alari bor. Quyidagi lchamli rejalash plitalari standartlashtirilgan 
    400X400; 630X400; 630X630; 1000X630; 10001000; 1600X1000; 2000X1000; 2500X1600 
    mm. 
    Plitaning ustki tekisligi juda tekis qilib ishlanadi. O’nga zagotovka va moslamalarni 
    joylashtirish uchun bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishda chuqurligi va eni 1-2 mm li ariqchalar 
    qilinadi. Ariqchalar 200-500 mm o’lchamli kvadratlarni hosil qiladi. Plitaning yon tomonlariga 
    ham ishlov beriladi. Ular ustki tekislikka va o’zaro perpendikulyar bo’lishi kerak. 
    Rejalash plitasi ustaxonaning eng yorug’ joyiga poydevor, stol yoki domkratlarga 
    o’rnatiladi. Uning ustki tekisligi gorizontal yotishi zarur (shayton bilan tekshirib ko’riladi). 
    O’nga yupqa gafit qatlami surkash tavsiya qilinadi, shunda rejalash asbobi plita ustida bemalol 
    suriladi. 
    Fazoviy rejalashda reja chiziqlari reysmas yoki shtangenreysmoslar bilan chiziladi. 
    Reysmosda og’ir taglikka o’rnatilgan stoyka bo’ladi. Taglikning osti rejalash plitasida 
    yaxshi surilishi uchun o’nga yaxshilab ishlov 
    beriladi. Stoykada chizg’ichni o’rnatish va 


    - 55 - 
    mahkamlash uchun mo’ljallangan teshikli xomutcha harakatlanadi. Xomutcha vint yordamida 
    zarur vaziyatda mahkamlab qo’yiladi. 
    Universal reysmos chizg’ich vaziyatini rostlashga imkon beradi. Uning asosida sharnirli 
    mahkamlangan plitka bor, uni mikrometrik vint bilan ko’tarish va tushirish mumkin. Reysmas 
    stoykasi shu plitkaga o’rnatilgan. U burila oladi. Asosida prizmatik o’yiq bo’lib, reysmasni 
    tsilindrik sirtlarga qo’yishga imkon beradi. 
    Rejalash uchun shtangenreysmaslardan foydalanish ancha qulay. Yaxshi ishlov berilgan 
    asosga shtanga o’rnatilgan, unda noniusli ramka harakatlanadi. Nonius o’lchamlarni 0,05-0,1 
    mm aniqlikda qo’yishga imkon beradi. Ramkaga tutqich yordamida yassi chizg’ich 
    mahkamlanadi. Mikrometrik surish uzeli zarur o’lchamni tez va aniq qo’yishga imkon beradi. 
    SHtangenreysmaslardan ishlov berilgan sirtli detallarni rejalashda foydalanish tavsiya qilinadi.

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   86




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pnevmatik richagli statsionar press KP-204M

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish