• Dastakli ko’chma pnevmatik press PRP5-2
  • Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/86
    Sana03.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #129851
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   86
    Bog'liq
    Чилангарлик ўқув услубий қўлланма

    Parchinlash turlari va usullari. Qo’l bilan parchinlashning ikki turi bor: bir tomonlama 
    va ikki tomonlama. Agar parchinlanadigan detalning orqa tomonidan erkin harakat qilish 
    imkoni bo’lsa ikki tomonlama, aksincha bo’lsa, bir tomonlama parchinlanadi. SHunga ko’ra, 
    parchinlashning ochiq, to’g’ri, berk va teskari usullari bor. 
    To’g’ri parchinlash usulida bolg’aning zarbasini to’g’ridan to’g’ri chiviqning 
    tutashtiruvchi uchiga beriladi. Bu usul listni teshish yoki parmalashdan boshlanadi. Parchin 
    mix cho’ktirilgan detalning orqa tomoniga, ya’ni kallak ostiga tutib turgichni qo’yib 
    tutashtiruvchi tomonida shakl hosil qilinadi. Parchinlanadigan listlarga bolg’a zarbasi qalpoq 
    bo’ylab beriladi. 
    Teskari parchinlash usulida bolg’a zarbasi mixning kallagidan beriladi, portlaydigan va 
    quvurli parchin mixlar ishlatiladi. Bu usul tutatshtiruvchi tomonda parchinlash operatsiyasini 
    bajarib bo’lmaydigan hollarda qo’llaniladi. 
     
    Mashinada parchinlash. Mashinada parchinlashning: mehnat unumdorligi va 
    parchinlash sifatining yuqoriligi, kallakning sifatli chiqishi, ishlovchilar sonining kamligi, 
    barcha operatsiyalarning mashinada bajarilishi kabi qator afzalliklari bor. 
    Parchinlash mashinalarining statsionar va ko’chma turlari ishlab chiqariladi. Statsionar 
    mashinalarning ish unumdorligi yuqori bo’lish bilan birga kamchiliklari ham mavjud. 
    Masalan, hajmi juda katta bo’lib, ularni ish joyiga keltirish uchun qo’shimcha maxsus 
    konveyerlar, uskunalar kerak bo’ladi. Pnevmatik mashinalar gidravliklariga nisbatan arzon 
    tushadi. Asosan, ko’chma modellari ishlab chiqiladi, ammo ular statsionar vazifasini bajarishi 
    mumkin. 
    Dastakli ko’chma pnevmatik press PRP5-2 yakka choklarning qo’l yetmaydigan 
    joylarini parchinlashda keng qo’llaniladi. Uning ish unumdorligi pnevmatik bolg’aga nisbatan 
    5 marta yuqori. Bu pressda 4 mm qalinlikdagi listlarni uzunligi 4 mm gacha bo’lgan po’lat 
    parchin mixlar bilan parchinlash mumkin. Pressning pnevmatik tsilindri va ponali mexanizmi 
    bo’lib, porshenning harakati qisqichning ish harakatiga aylanadi. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   86




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish