- 51 -
Parchinlash quyidagi jarayonlardan iborat:
parchinlab biriktiriladigan detallarni teshish yoki parmalash;
teshiklardan parchin mix kallagiga moslab rax hosil qilish;
yashirin kallaklari uchun zenkovkalash usuli bilan konus sirt yasash;
teshikka parchin mixlarni qo’yish;
parchin mixning biriktirilgan detaldan chiqib turgan uchini pachoqlab unga shakl
berish.
Parchinlash ikki usulda-qizdirish va sovuq usulda bajarilishi mumkin. CHilangarlik
ishlarida parchinlashning faqat sovuq usulidan foydalaniladi. Qizdirish usuli maxsus tsehlarda
qo’llaniladi. Bunda parchin mixni 1000
-1100
S da qizdirib teshikka tiqiladi. Parchin mix
sovugandan keyin biriktiriladigan metallar tortiladi. Mixning uchida qattiq zarb berish yoki
presslash yordamida kallak hosil qilinishi mumkin.
Qo’llaniladigan asbob, jihoz hamda parchin mixga beriladigan zarba yoki bosim
turlariga ko’ra parchin mixlar uch turga bo’linadi:
dastakli asboblar zarbasi uchun;
pnevmatik bolg’alar zarbasi uchun;
press usuli uchun parchin mixlar;
Parchin mixlar hisobiga detalning og’irlashuvi, zarb ta’sirida teshiklarda parchin
mixlarning bo’shashib qolishi, detallarni biriktirishda operatsiyalarni zenkovkalash, ishlashda
ortiqcha shovqin va tebranishlarning odam organizmiga salbiy ta’siri detallarni parchinlab
biriktirishning kamchiliklari hisoblanadi. SHuning uchun ham parchinlash usulini
takomillashtirish bilan birga ishlab chiqarishda yig’ish-biriktirishning maqbul usuli bo’lgan
elektr-gaz payvandlari keng qo’llaniladi. Bundan tashqari, issiqqa chidamli yelimlar (VK 32-
200, VK 32-250, IP-9) bilan detallarni yopishtirib birikmalar hosil qilinadi.