- 49 -
buyumlarni yig’ish, montaj qilish ishlarini bajarish uchun maxsus dastakli asboblar,
chunonchi, elektr va pnevmatik yuritmali rezьba keskichlardan foydalaniladi.
Elektr yuritmali rezьba keskich elektryuritgich,
reduktor, reversiv mexanizm va ko’krak tayanchidan
tuzilgan. Elektryuritgich valiga (1) tishli g’ildirak
mahkamlangan bo’lib u korpus ichida joylashgan.
Tishli g’ildiraklar (2, 3, 4, 5, 6)
orqali harakat
shpindelga
(7)
uzatiladi.
Metchikni
teshikka
kiritishdan avval uni yaxshilab moylanadi. Rezьba
keskichni teshikka qo’yilganda metchik teshik o’qiga
perpendikulyar bo’lishi kerak. Elektryuritgichni ishga
tushirish
uchun
o’ngdagi
dastaning
uchiga
joylashtirilgan ulab-uzgichning qalpog’ini buriladi.
SHundan keyin korpus
muftasiga bir oz kuch bilan
bosib rezьba kesiladi. Ish tugagach asbob korpusini
yuqoriga tortib, reversiv
mexanizm bilan aylanish
yo’nalishini o’zgartiriladi. Bunda metchik aylanib
chiqa boshlaydi.
Rezьba kesib bo’lingandan keyin uni toza latta bilan artib sifatini
rezьbali halqa bilan
nazorat qilinadi.
Parmalash dastgohlarida rezьba kesish uchun saqlagich patrondan foydalaniladi (6-
rasm). Berk teshiklarga rezьba kesilayotgan metchik teshik tubiga qadalishi bilan asbob
avtomatik usulda o’z-o’zidan to’xtaydi. Saqlagich patronni dastgoh
shpindeliga oddiy patron
singari quyrug’i bilan o’rnatib, metchikni patron tsangiga kiyma gayka (1) bilan
mahkamlanadi. Parmalash dastgohining tezligini 5-8 m
min aylanishga sozlash kerak.
Elektryuritgich ulangach metchikning tepishi tekshirib ko’riladi,
keyin uni moylab rezьba
kesiladi. Metchikni ruxsat etilgan kuchlanishga yumaloq gayka (2) yordamida sozlanadi va
vint mahkamlab qo’yiladi. Bunday asboblardan foydalanilganda
ish unumi dastakli usulda
rezьba kesishga qaraganda yuqori bo’ladi.