- 47 -
kvadratga parmadastani kiydirib aylantiriladi. Sozlanmaydigan parmadastalar 2 yoki 3 ta
kvadrat teshikli bo’lishi mumkin. Sozlanadiganlarida sozlanadigan teshik bo’ladi. Bundan
tashqari, toretsli turlari ham mavjud. Ular bilan noqulay joylashgan teshiklarga rezьba kesiladi.
Ichki va tashqi tezbalarni kesish
Ichki rezьba kesish. Rezьba kesishda material qisman bosiladi,
shuning uchun
parmaning diametri rezьba ichki diametri o’lchamidan kattaroq bo’lishi kerak. Yumshoq
materiallarga nisbatan qattiq va mo’rt materiallarda teshiklarning o’lchami kamroq o’zgaradi.
Rezьbabop teshiklar uchun tegishli parmalarni ma’lumotnoma jadvallaridan tanlanadi. Ulardan
foydalanish mumkin bo’lmagan hollarda metrik rezьba diametri
Р
K
d
d
a
a
formulasi bilan aniqlanadi.
Bu yerda: d
a
-parma
diametri, mm; d-rezьbaning nominal diametri, mm; K
a
-teshikni
bo’lib chiqishga bog’liq koeffitsient. (K
a
*1-1,08); R-rezьba qadami, mm.
Metchik o’lchami. Parmadastaning umumiy uzunligi va diametrining o’lchamini
5
5
,
0
100
20
D
d
D
L
formulasi bilan aniqlanadi.
Bu yerda:
L-parmadasta uzunligi. mm;
D-metchik diametri, mm; d-parmadasta dastasining
diametri, mm.
Rezьba kesish usullari. Rezьbabop teshiklarni parmalangandan
keyin detalni gira
jag’lari orasiga qisib teshik o’qining perpendikulyarligini burchaklik bilan tekshirish lozim.
CHap qo’l bilan parmadastani metchikka bosib, o’ng qo’l bilan
metchik metallga bir necha
o’ram kirib turg’un holatga kelguncha bosib aylantiriladi. SHundan keyin parmadastaning
dastasini ikki qo’l bilan ushlab aylantiriladi. Ishni osonlashtirish
maqsadida metchikli
parmadastani faqat soat mili harakati yo’nalishida aylantiravermay, bir marta to’liq,
ikkinchi
marta esa yarim aylanishda orqaga aylantirish kerak. Metchikni qaytma-aylanma harakati
tufayli qirindilarning maydalanishi birmuncha osanlashadi. Dastakli metchiklarning rezьbasini
6-10 kvalitet bo’yicha yasaladi.