Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/86
Sana03.01.2024
Hajmi3,05 Mb.
#129851
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   86
Bog'liq
Чилангарлик ўқув услубий қўлланма

Rezba kesish asboblari 
Detallarda rezьbani tokarlik dasgohlarida hamda plastik deformatsiya usulida 
(nakatlash) hosil qilinadi. Nakatlash uchun nakat roligi, rezьba keskichdan foydalaniladi. Ichki 
rezьbalarni metchiklar, tashqisini rezьba keskich (plashka), progonka va boshqa asboblar bilan 
kesiladi. 
Metchiklar qo’llanishi bo’yicha-dastakli, mashina-dastakli bo’ladi; konstruktsiyasi 
bo’yicha esa yaxlit, yig’ma (sozlanadigan) va maxsus turlarga bo’linadi. 
Metchik ikki asosiy: ishchi va quyruq qismdan tuzilgan. Ishchi qismi ko’ndalang, 
to’g’ri yoki vint ariqchaga ega bo’lgan vintdan iborat bo’lib, u rezьba kesishda ishlatiladi. 
Ishchi qism o’z navbatida kesuvchi va kalbrlovchi qismlardan iborat. Kesuvchi qismning 
to’g’ri va teskari yo’nalishdagi egriligi qirindi chiqarishni osonlashtiradi (bunday egriliklar 
o’ng rezьbada chapga, chap rezьbada o’ngga yo’nalgan). Kalibrlovchi (yo’naltiruvchi) qism 
metchikning kesuvchi elementidir. U metchikni teshikka yo’naltirib, kesiladigan teshikni 
kalibrlaydi. 
Quyruq chivig’i metchikni patronda yoki uni ish vaqtida parma-dastada ushlab turish 
uchun xizmat qiladi. Ariqchalar bilan chegaralngan rezьbali qismi metchikning kesuvchi 
tishlari deb ataladi. Ular pona shakliga ega. Kesuvchi tishlarning oldingi, orqa va o’tkirlik 
burchaklari kesuvchi va kalibrlovchi qismlarida har xil bo’ladi. O’rta qattiqlikdagi po’lat 
uchun oldingi burchak 5

, orqa burchak 6

-8

.
Metchiklarning tish profillari silliqlangan va silliqlanmagan holda ishlab chiqariladi. 
Tish profili silliqlangan metchiklar bilan ishlov berilgan rezьba sirti toza va aniq bo’ladi. 
Metchikning ichki qismi uning o’zagi hisoblanadi. Zanglamaydigan po’latlarni kesish 
uchun ishlatiladiganlarining o’zagi yo’g’onroq qilib tayyorlanadi. 
Ariqcha (kanavka)lar metchikning kesuvchi qirrasini hosil qilib, qirindilar uchun uya 


- 46 - 
vazifasini o’taydi. Metchik yasash texnologiyasini osonlashtirish maqsadida uning 
ariqchalarini to’g’ri qilib yasaladi. Ammo ayrim hollarda vintli-spiralli ariqchali metchiklar 
ishlatiladi, ularda vint ariqchaning qiyalik 8

-15

ni tashkil etadi. Berk teshiklarga rezьba 
kesishda bunday ariqchalar o’naqay bo’ladi. Ish jarayonida qirindilarning yuqoriga chiqib 
ketmasligi uchun chapaqay ariqchali metchiklardan foydalaniladi.
Diametri 22 mm gacha bo’lgan metchiklarni uch, 22 dan 52 mm gacha bo’lganlarini 
to’rt ariqchali qilib yasaladi. Maxsus metchiklarning kalibrlovchi qismida ariqchalar 
bo’lmaydi. 
Dyuymli rezьbalar kesish uchun foydalaniladigan dastakli (qo’l) metchiklar 
standartlashtirilgan, ular ikkita metchikdan to’planadi. To’plami uchtalik, ya’ni xomaki, 
o’rtacha va toza kesuvchi metchiklarning diametrlari har xil bo’ladi (5-rasm).
Xomaki dag’al rezьba kesadi, u metalldan 
60 foiz; o’rtacha metchik-30 foiz, toza 
kesuvchi metchik esa metalldan 10 foiz 
qirindi chiqaradi. Metchiklarning qaysi biri 
xomaki, o’rtacha yoki toza kesuvchi 
ekanligini quyrug’idagi raqam va doiraviy 
izlardan aniqlanadi. 
Kesuvchi 
qismining 
konstruktiv 
xususiyatlariga 
ko’ra, 
metchiklar 
tsilindrsimon 
va 
konussimon 
turlarga 
bo’linadi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   86




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muhandislik-pedagogika instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi kasb-hunar kollejlari uchun

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish