|
- 43 -
4-MA’RUZA
MAVZU: METALLARDA REZBA KESISH, PARCHINLASH, KAVSHARLASHBog'liq Чилангарлик ўқув услубий қўлланма- 43 -
4-MA’RUZA
MAVZU: METALLARDA REZBA KESISH, PARCHINLASH, KAVSHARLASH,
QLAYLASH VA YeLIMLAB BIRIKTIRISH. FAZOVIY REJALASH
Reja:
1. Rezba to’g’risida umumiy tushunchalar
2. Rezbani asosiy elementlari
3. Rezba kesish asboblari
4. Ichki va tashqi tezbalarni kesish
5. Rezba kesishni mexanizatsiyalashtirish
6. Singan metchiklarni teshikdan chiqarish usullari
7. Parchinlash turlari
8. Qo’lda va mexanizatsiyalash vositasida parchinlash
9. Rejalash uchun moslamalar
10. Rejalash usullari va tartibi
11. Rejalashda xavfsizlik texnikasi
12. Kavsharlash asboblari
13. Yumshoq va qattiq kavshvrlar bilan qoviyalash
14. Qalaylash, kavsharlash va ularni bajarishda sanitariya gigena va xavfsizlik texnikasi
talablari
Tayanch so’z va iboralar
Rezьba, biriktirish usuli, rezba kesish, rezbalarnining turlari, rezьba profili, rezba kesish
asboblari, metchiklar, mashina metchiklari, nuqsonlar, parchinlash, parchinlash usullari,
prchinlash turlari, fazoviy rejalash, rejalash plitasi, brak, kavsharlash, qoviyalash lampalari,
qalaylash, yelimlash, yelim tanlash.
Rezba to’g’risida umumiy tushunchalar
Mashina va mexanizm detallarini biriktirish vositalari ichida eng ko’p tarqalgani
rezьbali biriktirish usulidir. Bu usul oson, qulay, ayniqsa, mashina va apparatlarni ta’mirlash
yoki sozlashda ishonchlidir.
Rezьba kesish deb, detal zagotovkasining tashqi yoki ichki qismidan vint chizig’i
bo’ylab qirindi chiqarib kertishga aytiladi. Rezьbalar tashqi va ichki bo’lishi mumkin.
Masalan, 1-rasmda tasvirlangan detalga (a) kesilgan tashqi rezьba vint, ikiknchi detalga (b)
kesilgan ichki rezьba gayka deb ataladi.
O’ng va chap vint chiziqlarining farqini vint
va gayka misolida yaxshiroq tushunib olish
mumkin. Gaykani shpilьkaga soat mili
yo’nalishida burab kiritilsa, har ikkala detal-
gayka va shpilьkaga o’ng rezьba kesilgan
bo’ladi.
Agar
shpilьka
gaykaga,
soat
mili
yo’nalishiga teskari holda buralib kirsa,
demak chap rezьba kesilgan bo’ladi.
Mashinasozlikda ko’pincha o’ng rezьbalar
ishlatiladi.
Rezьba kesilganda kesilmay qolgan yumaloq ko’ndalang kesimi uning ichki ko’ndalang
kesimi deb, bu kesimning diametri rezьbaning ichki diametri deb ataladi. CHiviqning tashqi
diametri (d) rezьbaning nominal diametridir.
|
| |