- 41 -
Sirtlar sidirilgan
- razvertkani har ikki tomonga
aylantirilgan;
- razvertka o’tmas bo’lib
qolgan;
- qo’yim katta qo’yilgan;
-
sovituvchi
suyuqlik
noto’g’ri tanlangan yoki kam
miqdorda foydalanilgan.
-
faqat
o’ng
tomonga
aylantirish;
- yangisi bilan almashtirish;
- qo’yimni kamaytirish;
- suyuqlikni almashtirish yoki
miqdorini oshirish.
Xavfsizlik texnikasi qoidalari
Stanokni ozoda tutish, barcha detalь va uzellar moylangan bo’lishi lozim. Ish tugagach,
stanok
stoli qirindilardan, loydan tozalanadi, artiladi va moylab qo’yiladi. Qirindilarni qo’lda
sidirish va puflash yaramaydi. Bu ishni cho’tkalar yoki latta bilan bajarish lozim.
Qo’lqop
kiyib ishlash, parmani latta bilan sovitish taqiqlanadi,
chunki ularni parma
ilashtirib ketishi mumkin. Yengi tugmalanadigan kombenizon yoki xalat kiyib ishlash kerak,
chunki stanokning aylanuvchi qismlari
tasodifan ilashtirib ketganida, gazlama osongina
yirtilishi zarur. Albatta bosh kiyimi kiyib ishlash lozim.