- 38 -
mm gacha bo’lishi mumkin. Razvertkaning bo’yni teskari konusning orqasida bo’lib, u
frezalashda frezani hamda charxlashda silliqlash asbobni chiqarib olishga xizmat qiladi.
Dastakli razvertkalarning kvadrat shakldagi quyrug’i parmadasta bilan ishlashga
mo’ljallangan. Mashina razvertkalarining quyrug’i
10-12 mm li tsilindrsimon shaklda,
yiriklari esa konus shaklida yasaladi.
Razvertkaning tishlari uning kesuvchi elementi hisoblanadi (rasm, a, b). Tishning orqa
burchagi 6
-15
, o’tkirlik burchagi 0
-10
. Tishlar aylana bo’ylab bir tekis yoki tartibsiz
joylashishi mumkin. Qo’l bilan ishlashda tishlari bir tekis joylashmagan razvertkalardan
foydalaniladi, masalan, 8 tishli razvertkadagi burchaklar 42, 44, 46 va 48
ni tashkil etadi
(rasm, v). Tishlarning bunday tartibda joylashishi teshik sirtining toza bo’lishini ta’minlaydi.
Mashina razvertkalarining kesuvchi tishlari aylana bo’ylab bir xil burchak ostida
taqsimlanadi (rasm, g). Ular juft sonlardan (6, 8. 10 va h.k) iboratdir. Binobarin, tishlar qancha
ko’p bo’lsa, ishlov shuncha sifatli bo’ladi.
Dastakli va mashina razvertkalari to’g’ri, spiral va ariqcha tishli shaklda tayyorlanadi.
Vint ariqchalarining yo’nalishi bo’yicha ular o’ng va chap turlarga bo’linadi (rasm, a, b).
Ammo bunday razvertkalarni tayyorlash, ayniqsa, charxlash juda murakkab jarayon bo’lgani
uchun ular faqat ariqchali teshiklarni razvertkalashda ishlatiladi.