Parmalash uchun detalni o’rnatish va mahkamlash




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/86
Sana03.01.2024
Hajmi3,05 Mb.
#129851
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   86
Bog'liq
Чилангарлик ўқув услубий қўлланма

Parmalash uchun detalni o’rnatish va mahkamlash 
Parmalash jarayonida aniqlikni ta’minlash maqsadida ishlov beriladigan detalni 
parmalash dastgohining stoliga mahkam qilib o’rnatiladi. Buning uchun turli moslamalardan 
foydalaniladi. Ular ichida eng ko’p tarqalgani boltli tutqich, mashina giralari (vintli, 
ekstsentrikli, pnevmatik), prizma, tirgak, burchaklik, kondo’qtor va boshqalardir.
Mahkamlash uchun tutqichlar to’rt xil-barmoqsimon, vilkasimon, taxtali va egilgan 
shaklda bo’lishi mumkin. Katta bo’lmagan detalni taxtaga ishonchli qilib mahkamlashda bir 
tutqich kifoya, yirik detallar uchun esa ikki va undan ortiq tutqich kerak bo’ladi. 
Mahkamlash boltlari. Barcha turdagi parmalash dastgohlarining stollari T shakldagi 
o’yiqlarga ega. Ulardan stol va zagotovkani bolt bilan mahkamlab qo’yish uchun 
foydalaniladi. Oddiy mahkamlash ishlarida kvadrat kallakli boltlar ishlatilib dastgoh stolini 
o’yiqlarning istalgan joyiga siljitish mumkin. 
Zagotovkalarni parmalash dastgohida o’rnatib bo’lmaydigan hollarda burchakliklar 
qo’llaniladi. 
 
Oddiy burchaklik 
Oddiy burchakliklar ishlov berilgan ikkita tokchadan 
iborat bo’lib, ularning birinchisidan detalni dastgoh 
stoliga mahkamlash uchun, ikkinchisidan esa ishlov 
beriladigan 
detalni 
o’lchash 
uchun 
foydalaniladi.Universal burchakliklar dasgoh stoliga 
nisbatan har xil burchak ostida joylashgan detallar va 
zagotovkalarni taxtaga o’rnatish uchun xizmat qiladi. 
Bunday burchakliklarning har ikkala tokchasi bir-biri 
bilan sharnir usulida mahkamlangan bo’lib, ularning 
birini 
ikkinchisiga 
nisbatan 
hohlagan 
burchakka 
o’zgartirish mumkin. Zagotovkalarni burchakliklarning 
tegishli joylariga siqqich plankalar va bolt yordamida 
o’rnatiladi. 
Pog’onali 
tirgaklar 
(piramidalar)ning 
ikki 
xil 
konstruktsiyasi bo’lib, ular pog’onalarining soni bilan 
farqlanadi.

Download 3,05 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   86




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Parmalash uchun detalni o’rnatish va mahkamlash

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish